Rekombinatsiya lyuminestsentsiyasi - qo'zg'alish va yorug'lik chiqaradigan harakatlar turli joylarda sodir bo'ladi .
Lyuminessentsiyaning kvant va energetik unumlari . Lyuminessensiyaning eng muhim qonuniyati qo`zg`atuvchi elektromagnit nurlar intensivligi bilan lyuminessensiya shulalanish intensivligining bog`liqligidir. Lyuminessensiya nur energiyasining (Ee) yutilgan nur energiyasiga (Ek) nisbati lyuminessensiyaning energetik unumini:
tashkil etadi. Lyuminessensiyaning energetik va kvant unumlari yutilgan nurning qancha qismi lyuminessensent energiyaga aylanganligini ko`rsatadi. Bu qiymatlar o`zaro quyidagicha bog`langan:
S.I.Vavilov lyuminessensiya energetik unumi bilan uni hosil qiluvchi qo`zg`atuvchi nurning to`lqin uzunliklari orasidagi bog`lanishni o`rganib quyidagi qonunni ta’rifladi: “Yutilish spektrining qisqa to`1qinli jismi ta’siridan lyuminessensiya qo`zg`atganda, uning energetik unumi qo`zg`atuvchi nurning to`lqin uzunligiga mos ravishda o`sadi, so`ngra yutilish hamda chiqarish spektrlarining ustma-ust tushish sohasida keskin kamayadi”. 18. chizma. Shunday qilib, spektrning muayyan sohasida lyuminessensiyaning kvant unumi to`lqin uzunligiga bog`liq emas. 18 chizma. Boshqacha qilib aytganda, lyuminessensiya molekulaning energetik pog`onalari to`plamiga bog`liq bo`lib molekulaning qo`zg`atishda aynan qaysi yorug`lik kvantlari qatnashganiga bog`liq emas. Shuning uchun ham, ko`pincha spektrning katta energiyaga bog`liq bo`lgan ultrabinafsha sohasi ishlatiladi. Bu, tabiiyki energiyaning yorug`likka emas issiqlikka aylanadigan ulushini ko`paytiradi. Analitik maqsadlarda bu ahamiyatga ega emasligi uchun analizga amalda ta’sir ko`rsatmaydi. Lyuminessensiya kvant unumi usulining sezuvchanligini fodalaydi. Kvant unumi qancha katta bo’lsa, usulning sezuvchanligi shuncha yuqori bo`ladi. Lyuminessensiyaning intensivligi shulalanuvchi zarralar soniga mutanosibdir:
Bu yerda, x–mutanosiblik koeffitsenti. Yutilgan kvantlar soni yutilgan nur intevsivligiga mutanosibdir:
Bu yerda, x’–mutanosiblik koeffitsenti. Ushbu tenglamaga intensivlikning Buger–Lambert–Ber qonunidagi ifodasini qo’yib:
Hosil bo`ladi. Tegishli o`zgartirishlardan keyin εcl≤10-2 bo`lganda:
Tenglamani olish mumkin. Bu tenglamadagi barcha qiymatlarini k bilan belgilasak:
Bundan, lyuminessensiya kvant unumi, qo’zg’atuvchi nurning intensivligi, yutish qatlami va boshqalar doimiy bo’lganda, lyuminessensiyaning mutanosib bo’lishi ravshan. Bu tenglama kichik konsentratsiyalar uchun haqlidir.