LYUMINESSENSIYANING SO`NISHI
Turli omillar ta’siridan modda chiqaradigan shulaning intensivligi kamayadi. Bunday hodisaga lyuminessensiyaning so`nishi deyiladi. Eritmalar konsentratsiyalari oshganda lyuminessensiya oldin oshadi, muayyan qiymatdan so`ng to`g`ri chiziqli oshish kuzatilmaydi, katta konsentratsiyalarda esa u keskin kamayadi. Bunday hol lyuminessensiyaning konsentratsion so`nishi deyiladi. S.I.Vavilov lyuminessensiyani so`nishi ikki turga ajratiladi. Lyuminessensiyaning yo`nalishi birinchi turga hatto molekulalar qo`zg`atilmagan holatda ham uning ichki qayta guruhlanishi kiradi. Bunday holda lyuminessensiyaning so`nishi shulalanishning doimiyligi bilan bog`liq bo`lmasdan, u kimyoviy reaksiyalar 60 natijasida shulalanuvchi moddaning shulalanmaydigan moddaga aylanishi bilan bog`liq. Bunday yutilish va lyuminessensiya spektrlarining o`zgarishini ko`ramiz. Lyuminessensiyaning ikkinchi tur so`nishida yutilishida va lyuminessensiyaning spektrlari o`zgarmaydi. Ikkinchi tur so`nishi modda hosil bo`lishi bilan yuzaga keladi. Ko`pchilik hollarda, lyuminessensiya so`nishining sabablari ma’lum emas. Lyuminessensiyaning so`nishiga konsentratsiyadan tashqari, harorat pH va boshqalar ta’sir qilishi mumkin. Sifatiy va miqdoriy lyuminessensent analiz. Ayrim anorganik [(samariy, yevropiy, gadoloniy, terbiy, disproziy, taliy (I), qalay (II), surma (III), qo`rg`oshin (II), vismut (III), indiy (III))] va organik (vazelin moyi, paraffin, kanifol, tozalangan asfalt va boshqalar) moddalar shulalanish hossasiga ega. Bunday moddalarni o`z lyuminessensiyasi asosida topish mumkin. Shulalanmaydigan moddalarning turli xil reaksiya yordamida shulalanadigan birikmalarga aylantirib aniqlaydilar. Sifatiy lyuminessent analiz uchun lyuminessensiyaning so`nishidan foydalanish mumkin. Masalan: Aniqlanadigan modda biror moddaning lyuminessensiysiani so`ndirsa, bu sifat ko`rsatkichi sifatida ishlatilishi mumkin. Shulalanmaydigan moddalarni shulalantirish uchun ularga activator (kristallofosforlar) qo`shiladi. Kristallofosforlar shulasining intensivligi bo`yicha kirishmalarni topish mumkin. Ba’zan moddalarni topish uchun ularni shulasini vizual kuzatishi yetarli. Agar aralashmalar tekshirilayotgan bo`lsa, shula yorug`lik filtridan o`tkaziladi. Miqdoriy lyuminessent analizda Ie=Kc bog`lanishdan foydalaniladi. Tekshiriladigan moddani shulalanuvchi moddaga aylantirilganda uning to`lig`icha shu shaklga o`tkazilishiga e’tibor berish kerak. Lyuminessensiyaning intensivligini vizual yoki fluorimetrlar yordamida o`lchash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |