Tarixshunoslik: Bu davrda yashab ijod etgan muarrixlarning asarlarda o’sha zamon tarixiy voqealarining mufassal tafsilotlari, sharxlardan tashqari ularning chuqur ijtimoiy moxiyati, mazmuni o’zining butun ziddiyatliligi va murakkabliligi bilan ifoda etilgan.
Bu davr tarixchilaridan Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Xofizu Abruning «Zubdat at-tavorix», Sharofiddan Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Fosih Xavofiyning «Mujmali Fashiy», Abdurazzoq Sa-marqandiyning «Matla sa`dayn va majmai baxrayn» («Ikki saodatli yudduzning chiqishi urni va ikki azim daryoning kuyilishi joyi»), Ibn Arabshoxding «Amir Temur tarixi» («Ajoib al-makdur fi tarixi.Taymur»), Riyosiddin Alining «Amir Temurning Xindistonga qilgan gazo urushi», Mirxondning yetty jildli «Rav-zat us-safo» («Poklik boki»), Xondamirning «Mako-rimul axloq», «Xabib as-siyar» hamda Amir Temur xuzuriga tashrif buyurgan ispan elchisi Rui Gon-sales de Klavixoning «Temurbek saroyiga sayohat kundaligi» singari asarlarini keltirib o’tish joizdir.
Xattotlik: Temuriylar davrining eng tanikli xattotlari orasida Sultonali Mashxadiy, Abdujamil Kotib, Dar-vish Muxdmmad Tokiy, Mirali Kilqalam, Ali ibn Nur, Sulton Muhammad Xandon, Ali Xijroniy, Buxoro xattotlik maktabining yirik vakili Muhammad Ali as-Sultoniy nomlari ko’zga alohida tashlanib turadi.
Xattotlik san`atida o’ziga xos maktab yaratgan Sultonali Mashxadiy (1432—1520) nastaliq xatining mislsiz ustozi, Alisher Navoiyning kotiblaridan biri sifatida sharaf topgan edi. U Nizomiy, Farididdin Attor, Xuja Xofiz, Sa`diy, Xusrav Dexlaviy, Abdu-raxmon Jomiy, Xusayniy (Xusayn Boyqaro) va boshqa mualliflarning asarlarini kitobot qilgan. Sultonali tomonidan ko’chirilgan 50 dan ziyod kitoblar nusxasi bizgacha yetib kelgan.
Tasviriy san’at: Temuriylar davrida yetishib tasviriy san`at dongini olamga taratganlar jumlasiga ustoz Shamsiddin Abdulhay, Muhammad Nur, Shayx Turoniy, Abdulla Xiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir, Pir Sayid Axad Bog’ishamoliy va boshqa musavvir va naqshdoshlarni kiritish mumkin. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralariyoxud jang tafsilotlari o’zining tabiiyligi, tiniqligi va originalligi bilan kishini xayratga soladi. Tadqiqotchilar Samarqandda qadimdan musavvirlar mahallasi mavjud bo’lganligini ta`kidlaydilar. Xusayn Boyqaro davriga kelib esa Xirot tasviriy san`at maktabi yuqori cho’qqiga ko’tarildi. Bu yerda Miroq Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Ustod Muhammadiy, Muzaffar Ali, Shoh Muzaffar singari yetuk va zukko musavvirlar ijod qildilar. Temuriylar davri tasviriy san`atining ulkan namoyandasi, tengsiz talant soxibi, o’nlab moxir musavvirlarning ustozi, benazir ijodi hozirgacha ham insoniyat axlini lol qoldirib kelayotgan muyqalam sexrgari Kamoliddin Behzod (1455-1537) ham Xirot ijodiy muhitida faoliyat ko’rsatdi.
Adabiyot: Amir Temur va temuriylar davri madaniyatining to’laqonli mazmuni, — badiiy adabiyotda yaqqol namoyon bo’ldi. Ko’plab zabardast adibu shoirlar, daxr ijodkorlar yetishib chiqdilar. Eng muhimi shundaki, bu davrda badiiy tafakkurda an`anaviy bayroqdor bo’lib kelgan fors-tojik adabiyoti bilan yonma-yon turkiy-o’zbek adabiyoti ham rivojlanib, uning namoyandalari safi ko’payib bordi. Bu o’rinda o’zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan Lutfiy, Xaydar Xorazmiy, Durbeq Ga-doiy, Atoiy, Sakkokiy, Xusayniy singari badiiy suz sexrgarlari nomini aloxida tilga olib utish joizdir. Ularning ko’plari forsiy va turkiy tillarda ham bab-baravar ijod qildilar. Lutfiyning «Gul va Navruz», «Zafarnoma», Xaydar Xorazmiyning «Maxzunul asror» («Sirlar xazinasi»), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari, shuningdek Atoiy, Gadoiy va Sakkokiylarning nafis g’azallari, she`riy meroslari o’zbek adabiyoti tarixida muhim o’rin tutadi.
Ulug’ o’zbek shoiri, mumtoz she`riyatimiz sultoni Alisher Navoiyning katta ijodi ham shu tarixiy davr bilan borliqdir. Alisher Navoiy (1441—1501) ijodiga nazar tashlar ekanmiz, bunda yuksak insonparvarlik, vatanparvarlik, yurtparvarlik va erksevarlik g’oyalari butun tarovati bilan namoyon bo’ladi. Ayniqsa bu yuksak goyalar uning mashxur «Hamsa»siga kirgan «Xayratul abror», «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin» dos-tonlarida tuda kuch bilan barq urib turadi. Navoiy she`riy ijodining cho’qqisi bo’lgan «Xazoinul ma`oniy», «Muxokamatul lug’atayn» («Ikki til bahsi»), «Majo-lisun nafois» («Nafis majlislar») singari nasriy asarlari o’zbek (turkiy) tilining badiiy ko’rki va kudrati dovrug’ini olamaro taratishda mislsiz voqea bo’ldi.
Shoirning Xuroson xukmdori, bolalik do’sti Xusayn Boyqaroning vaziri, eng yaqin maslakdoshi sifatida mamlakat obodonchiligi, xalq farovonligi, ilmu urfon ravnaqi yo’lidagi benazir sa`y-harakatlari ham minnatdor avlodlar tahsiniga sazovordir.
2.2 Temur va uning vorislari musiqa san’atiga bo`lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |