Moyli urug‘1ar holatini hayotiy xossalari bo‘yicha tavsifı
Moyli urug‘1ar sifatini hayotiy xossalariga ko‘ra baholash A.M.Go1dovskiy bo‘yicha organizmlar holatini sinflash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mazkur klassifikatsiyada modda almashinuvi intensivligi, assimiliyasiya va dissimiliyasiya jarayonlarini (moddalar almashinuvining parchalovchi va sintetik jarayonlar) intensivligining nisbati, shuningdek organizmni tashqi muhit faktorlarining ta'siriga javoban organizmlarni hayot faoliyatini o‘zgarishi kabi reaktivlik ko‘ratkichini hisobga oladi (1-jadval).
Hayotiy xossalariga ko‘ra organizmlarning barcha holatlari quyidagilarga bo‘linadi:
hayotiy faoliyat:
bioz — to‘liq hayotiy faoliyat;
gipobioz — hayotiy jarayonlar intensivligini vaqtinchalik kamayishi cheklangan va sekinlashtirilgan hayotiy faoliyat;
hayotiy bo‘lmagan faoliyat:
anabioz — hayotiy faoliyatni butkul bo‘1masligi;
mezabioz — anabiotik holat (abioz) va hayotiy faoliyat orasidagi oraliq holat.
Urug‘1arni saqlash uchun yuqorida sanab o‘ti1gan holat turlaridan anabioz va mezabioz holatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Anabiozning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan turlari farqlanadi. Birinchi holatda barcha biokimyoviy jarayonlar kechishi to‘xtaydi, struktura hayot faoliyatini namoyon qilmaydi, lekin hayotiy xossasini saqlab qoladi. Fermentativ va gaz almashinuv jarayonlarining kechishi to‘xtaydi. Ushbu holatda kimyoviy tabiatga ega jarayonlar kichik tezlikda sodir bo‘ladi. To‘liq anabioz holati urug‘larni chuqur quritish yoki sovutish natijasida kelib chiqadi. Bunday holatda urug‘lar juda uzoq vaqt saqlanishi mumkin va hattoki urug‘lar sifatini yo‘qotmagan holda yuz yillab saqlangan holatlar ham ma'lum.
To‘liqsiz anabiozda parchalanish reaksiyalarining intensivligi juda past bo‘ladi. Bunda urug‘lar hayotiy xossalarini uzoq vaqt saqlab qoladi, lekin ularni saqlanuvchanlik muddati to‘liq anabiozdagi saqlanish muddatidan kamroq bo‘ladi. Bu holatda kimyoviy jarayonlar tezligi yuqori bo‘1ib, bunda urug‘larni nafas olishi bilan bog‘1iq bo‘lmagan gaz almashinuvi ham kuzatilishi mumkin. To‘liqsiz anabioz holati quruq urug‘lar uchun xos. Lekin to‘liq va to‘liqsiz anabioz holatlari orasida chegara mavjud emas.
1-jadval
Organizmlar holatini belgilovchi faktorlar
Organizmlar holatini belgilovchi jarayonlar
|
Hayotiy holatlar
|
Hayotiy bo‘1magan holatlar
|
bioz
|
Gipobioz
|
anabioz
|
mezabioz
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Almashinuv jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari
|
Assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlarining uyg‘un1igi
|
Dissimilyasiya
holatiga kirmaydigan sezilarsiz darajadagi parchalanish
jarayonlari
|
Dissimilyasiya (moddalarni parchalanishi jarayonlari)
|
Xujayralarni hayotiy strukturalarining faoliyati
|
To‘1iq
|
Cheklangan va kuchsiz
|
Faoliyatsiz
|
Strukturani
fermentativ faol bo‘lim1arining bir tomonlama katalitik harakati
|
reaktivlik
|
To‘liq
|
Giporeaktiv
|
Areaktiv
|
Areaktiv
|
Urug‘1arni anabioz holatidan hayotiy faoliyat holatiga o‘tishi mezabioz zonasi orqali amalga oshiriladi. Bu holat urug‘lar tarkibidagi namlik miqdori anabioz holatidagi namlik miqdoridan oshib ketganda kelib chiqadi, lekin oshgan namlik miqdori urug‘larni unishi uchun etarli emas. Mezabiozda bir tomonlama almashinuv — parchalovchi dissimilyasion jarayonlar sodir bo‘lib, assimilyasiya jarayonlari kuzatilmaydi yoki oz darajada namoyon bo‘ladi.
Urug‘1arni saqlashda mezabioz holatini kelib chiqishiga yo‘1 qo‘ymaslik kerak, chunki bu holat urug‘larni sifat va miqdor yo‘qotilishlariga olib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |