Moyli xom ashyoni qabul qilish
Moy ishlab chiqarish korxonalarida moyli xom ashyolarini qabul qilishni asosiy vazifasi ularni sifatini tezkor baholash, miqdorini aniqlash (tortish), kelgan transportdan yuklab chiqarish va korxona omborlariga to‘g‘ri joylashtirishdan iborat. Moyli urug‘larni qabul qilish me'yoriy xujjatlarga muvofiq ravishda sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun namuna olishdan boshlanadi. Moyli xom ashyoning bosh1ang‘ich holatidan (namligi, ifloslanish darajasi va boshqalar) kelib chiqib, urug‘lar bevosita qayta ishlashga yoki saqlashga jo‘natiladi (1-rasm).
Korxona ichida nazorat qilishni barcha holatlarida berilgan bosqichda o‘rtacha namunani to‘g‘ri olish bo‘yicha ishlar muhim hisoblanadi. Mutaxassislar qanday tajriba va aniq usullarga ega bo‘lishmasin, olingan namuna butun partiyadagi tahlil qilinayotgan moddani aniq ifodalamasa, olib borilayotgan ishlarni biron bir natijasi bo‘1maydi.
Namuna olish jarayoni bir necha bosqichdan iborat: ishlab chiqarish oqimlaridan elementar namunalarni olish, ulardan bosh (o‘rtacha) namuna tashkil qilish, uni laboratoriya namunasi xajmigacha kamaytirish, laboratoriya namunasini esa tahlil uchun mo‘lja11angan namuna hajmigacha kamaytirishdan iborat.
Namunalar olishda doimiy ravishda noaniqliklar kelib chiqib, ular xom ashyoning turli xilliligi, transport elementlarida (shneklar, lentalar, oqimlar) harakatlanish davrida qatlamlanishi natijasida kelib chiqadi. Bu holatlarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish kerak.
1-rasm. Moyli xom ashyoni qabul qilishni strukturaviy sxemasi
Sochiluvchan materiallarni bosh namunasini qisqartirish turli konstruksiyali apparatlarda (Gusev yoki Rjexin ajratgichi) yoki qo‘l mehnati yordamida diagonal bo‘lish orqali amalga oshiriladi.
Diagonal bo‘lish jarayoni metall tagliklarda amalga oshiriladi. Bosh namuna taglikka to‘qilib, ikkita aralashtirgich yordamida aralashtiriladi. So‘ngra material bir tekis qatlam holida yoyilib, so‘ngra yana aralashtiriladi. So‘ngra material yana bir tekis, kvadrat shaklidagi qatlam holida yoyiladi. Keyin kvadrat diagonal bo‘ylab 4 ta teng uchburchakka bo‘linadi. Ikkita qarama-qarshi uchburchak olib tashlanadi, materialning qolgan qismi yana bo‘lishda davom ettiriladi. Bo‘lish ikkita qarama-qarshi uchburchaklardagi materialni zarur bo‘lgan miqdorigacha amalga oshiriladi.
Suyuqlik namunalarini qisqartirishda bosh namuna biron-bir idishda yaxshilab aralashtiriladi, so‘ngra yana qayta aralashtiriladi va zarur material miqdori oz-ozdan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |