Kirish Monopoliya mohiyati va uning turlari



Download 110,03 Kb.
bet15/20
Sana29.07.2021
Hajmi110,03 Kb.
#131876
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kurs ishi draft 1

Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni oshiruvchi stimul yo’qligini ta’kidlaydi.

  • Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini ushlab qolish uchun qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu xarajatlar odatda iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan.


    II. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monopol tashkilotlar.

    Rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida o’zimizni ham qo’shsak bo’ladi va yurtimizdagi monopol tashkilotlar haqida so’z yuritamiz.

    O’zbekiston hududidagi monopol tashkilotlar deganda ko’z oldimizga, “UzAuto Motors” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “O’ztransgaz” AJ, “Kvarts” AJ kabilar keladi. Ushbu tashkilotlarning hozirgi kundagi faoliyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

    UzAuto Motors” AJ 1993 yil O’zavtosanoat va Janubiy Koreaning Daewoo motors kompaniyalari hamkorligida tashkil qilingan. Avtomobil ishlab chiqarish 1996 yildan boshlangan. 1996-2008-yillarda “UzDaewoo Motors”, 2008-2019-yillar oraligída “GM Uzbekistan” va 2019 yildan boshlab “UzAuto Motors” deb nomlandi. Asosiy ishlab chiqarish zavodi Andijon viloyatining Asaka shahrida joylashgan, yillik ishlab chiqarish hajmi yiliga 200 000 avtomobilni tashkil qiladi. Hozirgi kunda bu kompaniya “Ravon” va “Chevrolet” brendlari ostida “Nexia”, “Spark”, “Gentra”, “Cobalt”, “Malibu”, “Tracker”, “Traverse”, “Equinox” kabi avtomobillarni O’zbekiston va bir qancha MDH mamlakatlari bozorlari uchun ishlab chiqarmoqda.

    Asaka shahrida joylashgan zavodda “Matiz”, “Gentra”, “Nexia”, “Cobalt” avtomobillari ishlab chiqarilsa, Toshkentda “Malibu”, “Malibu 2” va “Captiva”, Xorazm viloyati Pitnak shahrida “Damas”, “Labo” avtomobillari ishlab chiqariladi. Bu kompaniya 1996 yildan o’z faoliyatini boshlagani bilan, hali 100% mustaqil avtomobil ishlab chiqarishga o’tgani yo’q. Hozirgi kundagi lokalizatsiya(mahalliylashtirish) darajasi umumiy miqdorda 40 % ni tashkil qiladi. Lokalizatsiya darajasini ko’tarish maqsadida yildan yilga islohotlar amalga oshirilayapti. Ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan avtomobillar narxlari­- “Spark”-7000$, “Cobalt”- 9000-10000$, “Malibu 2”- 30-32 000$, “Trailblazer”- 40000$, “Tahoe”- 80000$ va hokazo. Amerika va boshqa mamlakatlar bozorlarida esa ularning narxlari deyarli ikki baravar kamni tashkil qiladi.

    Uzbekistan Airways” AJ 1992 yil 28 yanvar sanasida “O’zbekiston havo yo’llari” nomi bilan tashkil qilingan. Birinchi aviaqatnovi London shahriga bo’lgan. 2018 yilgacha bu kompaniya ham soha regulyatori, ham aviatashuvchi sifatida faoliyat yuritdi. Shu yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farminiga muvofiq kompaniya “Uzbekistan Airways” deb nomlandi va aeroportlar uning tarkibidan chiqarildi, Transport vazirligi tashkil qilindi. Endilikda bu vazirlik havo yo’llarini, temir yo’l va quruqlik yo’llaridagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash nazorat qilish kabi faoliyat bilan shug’ullanadi. Dastlab, bu kompaniya o’z aviaqatnovlarini Il-86, Il-62, Tu-154, An-24, Yak-40 kabi samolyot modellari bilan amalga oshirgan va 2004 yildan boshlab bu modellar ekspluatatsiyadan chiqarilib, o’rniga “Airbus” va “Boeing” avialaynerlar olib kelingan. Hozirgi kunda kompaniya parki shu havo kemalari bilan to’ldirilgan. Hozirgi kundagi uzluksiz aviaqatnovlar Yevropa, Osiyo va Amerika shaharlaning 60 dan ortiq marshrutlarini qamrab olgan. Charter reyslar esa barcha qit’alarga(dan) amalga oshiriladi. Aviaqatnovlar chet mamlakatlariga 200$ dan boshlab bir necha ming dollargacha boradi. Boshqa chet davlatlarda parvoz qilmoqchi bo’lsangiz bu mablag’ga bir necha kishi bilan uchishingiz mumkin.

    O’ztransgaz” AJ ning tarixi 1950 yillarga borib taqaladi. O’zbekiston hududidagi ilk gaz 1953 yilda Setalantepada qazib olingan. Bu kompaniya aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash, transportirovka qilish, transit va eksport qilish kabi vazifalarni o’z zimmasiga oladi. Ishlab chiqarish hajmi 2020 yil rejasiga 41 mlrd. kub metrni tashkil qilgan. Shu yil 9 oy davomida 27 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib olindi va shundan 7 mlrd. kub metr gaz aholi ehtiyoji uchun yo’naltirildi. 2021 yilda esa qazib olish, aholiga yetkazib berish va eksport uchun ishlab chiqarish hajmi yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan.

    KVARTS” AJ 1975 yil tashkil qilingan bo’lib, oyna ishlab chiqarish, shisha mahsulotlari, konserva bankalari, avtomobillar uchun oyna ishlab chiqarish, o’tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish sohalarida Respublikamizda yetakchi kompaniya hisoblanadi. Bu kompaniyaning bozordagi ulushlari, shisha bankalar sohasida- 95%, qurilish materiallari bozorida- 60%, va shisha butilka ishlab chiqarish bozorida- 50% ni tashkil qiladi. Korporativ axborot portal chop etgan ma’lumotlarga ko’ra 2018 yilda olgan sof foydasi – 82.58 mlrd. so’mni tashkil qilgan, shu foydaning 56.50 mlrd. so’m miqdori ustav fondini oshirishga yo’naltirildi. Bu kompaniyaning sohalar bo’yicha ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:



      • O’tga chidamli g’isht ishlab chiqarish – 994 tonna;

      • Shisha bankalar – 269 mln. dona;

      • Shisha butilkalar – 110 mln. dona;

      • Silliqlangan oyna – 10 mln. metr kvadrat.

    2017-2021 yillar oralig’ida KVARTS kompaniyasi o’z modernizatsiya dasturini ishlab chiqqan va bu davr mobaynida silliqlangan oyna, shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga ortishi nazarda tutilgan.

    2017 yil fevral oyida Parij shahrida o’tkazilgan BID Xalqaro sifat konferensiyasida “KVARTS” AJ Sifat va Innovatsiya yo’nalishida Xalqaro e’tirof mukofoti “International Star in Leadership in Quality” (ISLQ) “Oltin” toifasiga loyiq topildi.




    Download 110,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish