E p i g r a f - muxtasar bayon
Bu so’zning ma’nosiga “O’zbek tilining izohli lugati” da shunday ta’rif beriladi: «Epigraf - adabiy asar yoki asar qismining boshida beriladigan va uning mazmunini ifodalaydigan sitata, ibora, maqol va shu kabilarni anglatadi4.” Inshoda ham epigraf mavzuning mazmunini muxtasar tarzda ochib beruvchi, uning g’oyasini anglatuvchi hikmatli so’z, sitata, maqol va shu kabilar bo’lishi mumkin. Demak, epigraf, mavzudan so’ng o’ng tarafga yozilishi zarur. Lekin M. Qodirov, H. Ne’matov va boshqalar hammualliflikda nashr etilgan 8-sinflar uchun mo’ljallangan “Ona tili” darsligida epigrafni rejadan so’ng, matndan oldin yozilishi maqsadga muvofiqligi aytilgan. Muhimi, epigrafni matnning qayeridan o’rin olishi emas, balkim uning mavzuga mos tanlanishidir, ya’ni, ma’lum ma’noda epigraf mavzuning g’oyasini, uning mazunini ochib beroishga xizmat qilishi lozim.
Epigrafdan o’quvchilar insho yozishda foydalanadilar. Ammo ular tanlagan epigraflar hamisha ham inshoning mazmuniga mos kelavermaydi. O’qituvchi, epigraf - inshoning mazmunini o’zida mujassamlashi keragligi haqida ma’lumot beradi. Har bir inshoda epigrafdan foydalanish shart, degan noto’g’ri fikrga chek qo’yish kerak. Epigraf o’quvchining insho mavzusiga mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko’rganligidan, unda aytmoqchi bo’lgan fikrini aniq tasavvur qilganligidan dalolat beradi. «Adabiyot — hayot darsligi», «San’atsiz hayot vahshiylikdir» kabi mavzular mohiyatini umumiy tarzda ifodalovchi epigraflarni yozish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun o’qituvchi faqat inshoning saviyasini ko’tarishga xizmat qilgan epigraf yozgan o’quvchilarni rag’batlantiradi. O’quvchilar «Hamid Olimjon — shodlik va baxt kuychisi» mavzusidagi inshoga:
«Shodlik yo’lga boshladi meni, Baxtiyorlik bo’ldi odatim, Shuning uchun shodlik va baxtni kuylamaklik zo’r saodatim(H. Olimjon.)
«Mehnat — baxt keltirar» mavzusidagi inshoga: «Mehnat — mehnatning tagi rohat» maqolini epigraf qilib keltiradilar. Bizningcha, ular topgan she’riy misralar va maqol inshoning mazmuniga mos keladi va bu epigraflar inshoning saviyasini ko’tarishga xizmat qiladi. Xullas, inshoga epigraf tanlash tamoman ixtiyoriydir. Ammo, inshoda epigraf keltirilishi o’quvchining bilim saviyasi boshqalarnikidan yuqoriroq ekanligini ko’rsatishga xizmat qiladi. Buning qanchalik ahamiyatliligini esa o’quvchilarga yetkazish shu soha vakillarining vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |