Inshoda mavzuning tutgan o’rni
Mavzu inshoning nima haqida yozilishini belgilaydi. Mavzu o’quvchiga tushunarli tarzda tuzilishi lozim. Odatda, insho mavzusi sodda va atov gaplardan tuziladi. Uning aniq va izchil tarzda tuzilishi inshoning ijobiy natijasini ta’minlaydi. Mavzu bilan tanishgan o’quvchi inshoning kompozitsiyasini,
tuzilishini, nimalar haqida fikrlash lozimligini tasavvur etishi kerak. Aks holda, insho mavzudan tashqari masalalarga bog’lanib qolishi mumkin.
Insho mavzularini tavsiya etishda o’quvchilarning bilim saviyasini, qiziqishini, adabiy asarlarning qanchalik o’zlashtirilishini hisobga olish kerak. Qachonki, o’quvchi o’zining bilimi, qiziqishi va saviyasiga mos mavzu tanlasa insho muvaffaqiyatli chiqadi.
Reja tuzish
Inshoning rejasini tuzish uni yozish jarayonidagi eng muhim bosqichlardan
biridir. Zero, dengizda ketayotgan kemalar qirg’oqdagi mayoqqa qarab o’zlariga yo’l belgilanganligi singari insho yozayotgan shaxslar ham ma’lum bir reja asosida o’zlarining fikr va mulohazalarini qog’ozga tushura boshlaydilar. Yaxshi tuzilgan reja inshoning izchilligini ta’minlaydi, o’quvchi reja asosida qaysi fikrdan keyin qaysisini bayon qilishni aniq his qilib turadi. Har tomonlama o’ylab tuzilgan, o’zida insho mavzusining hamma jihatlarini yaqqol aks ettirib turgan reja yarim insho demakdir. U inshoning nihoyatda ixcham, lo’nda shaklllardagi o’ziga xos ko’rinishidir. Ma’lumki, umumta’li va o’rta maxsus talimdagi insho rejasi xarakter jihatdan ikki xil bo’ladi: a) sodda reja; b) murakkab reja.
O’quvchi reja turini yozilayotgan mavzuning xususiyatiga qarab tanlaydi. Sodda rejani murakkab rejaga qarama-qarshi qo’yish, birini ikkinchisidan afzal deb bilish to’g’ri emas. Gap rejaning qaysi turini tanlashda emas, uni qay tarzda tuzishdadir. Insho mavzulari mazmun va yo’nalish jihatidan turlicha bo’ladi. Adabiy mavzularda ko’proq murakkab reja tuzish ma’qul bo’lsa, adabiy-ijodiy va ijodiy mavzularda insho yozishda sodda reja tuzish ma’qul. Undan tashqari, mavzu mumtoz adabiyot yoki zamonaviy o’zbek adabiyoti materiallari haqida bo’lishi mumkin, yoki yozuvchi hayoti, ijodi, badiiy asarning g’oyaviy mazmuni, asardagi qahramonlarga tavsif berishni talab qiladigan mavzular bo’ladi. Agar badiiy asarning g’oyaviy mazmunini yorituvchi inshoga sodda reja tuzish ko’proq mos kelsa, obrazlarga tavsif berishni taqozo etadigan mavzularga murakkab reja tuzish ma’qul. Inshoning rejasini tuzishdan avval mavzuni yoritish uchun qanday masalalarga e’tibor berish lozimligini o’quvchi mustaqil aniqlashi va o’z xohishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |