Tadqiqotning vazifalari: Integratsiyalangan kurs doirasida esa o’qituvchilar nimani muhim, nimani asosiy bo’lmagan deb hisoblashni avvaldan kelishib olishi, o’quvchilarni o’z ishlarini ratsional rasmiylashtirishga, og’zaki javoolarini to’g’ri tuzishga o’rgatishi; ularga o’z-o’zini nazorat va o’z-o’zini baholash ko’nikmalarini singdirishi mumkin. O’qituvchilarning bu kabi hamkorligiga asoslangan darslarni ham, garchi ularda o’rganiladigan material sira kesishmasa-da, integratsiyalangan darslar sirasiga kiritiladi.
Mazkur muammo boshlang’ich maktabda o’ziga xos murakkkabliklarga ega. Ayni paytda uni hal qilishni yengillashtiradigan omillar ham mavjud. Bir tomondan, boshlang’ich maktabda o’quv fanlari soni ko’p emas. Boshqa tomondan, boshlang’ich sinf o’qituvchilari integratsiyalangan darslarga o’tishi oson, zero deyarli barcha o’quv fanini ularning o’zi olib boradi.
Integratsiyalangan dars o’qituvchidan qo’shimcha tayyorgarlik, ko’proq eruditsiya, yuksak professionalizmni talab qiladi. Bunday darsni ishlab chiqar ekan o’qituvchi quyidagilarni hisobga olishi kerak:
Darsning maqsadi (mavzuni o’zlashtirish muddatlarini qisqartirish, o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish, ustivorliklarni qayta taqsimlash va sh.k.).
Ob’ekt, ya’ni axborot manbalarini tanlash, ularning dars maqsadlariga mos kelishi.
Tizim hosil qiluvchi omilni aniqlash, ya’ni turli predmetli axborotni birlashtirish uchun asos topish (g’oya, hodisa, tushuncha yoki predmet).
Kursning yangi strukturasini yaratish, ya’ni bilimlarning funktsional vazifasini o’zgartirish.
Mazmun ustida ishlash eski shakllarni buzib, tizimning alohida elementlari o’rtasida yangi aloqalarni o’rnatish.
O’qituvchi kichik yoshdagi o’quvchilarga bilim berishda tobora samarador natijalarga erishish uchun qachon va qaysi o’quv fanlarini integratsiyalash mumkinligini aniq bilishi muhim.
Integratsiyalangan darsning asosiy xususiyati uning qaysidir asosiy sanalgan bitta o’quv fani asosida ko’rilishidadir. Bu integratsiyalaydigan o’quv fanlari o’rganilayotgan predmet mohiyatini, uning aloqalarini chuqurroq tushunish va olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash imkonini beradi.
Boshlang’ich ta’limda integratsiyalangan kurslar emas, balki integratsiyalangan darslar norma sanaladi.
Integratsiya faoliyat tizimi va bolalar o’zlashtirgan bilimlarni shunchaki bir o’quv fanidan boshqasiga ko’chirish emas. Bu kabi jarayonni pedagogika va metodikada an’anaviy tarzda fan ichi va fanlararo aloqadorlikdan foydalanish deb yuritiladi, bu ham kelgusida, ta’limning yuqoriroq bo’g’inida amalga oshiriladigan integratsiyaning tendentsiyalari, omillaridan sanaladi.
Boshlang’ich ta’lim tizimini modernizatsiyalashda axborot texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etish ham muhim omil sanaladi, Bunda ta’limning sifati ortadi.
Axborot texnologiyalari yutuqlari ayni paytda o’quvchilarni zamonaviy madaniyatta oshno etish vositasi bo’lib xizmat qiladi, axborotlashgan jamiyat sharoitida bu alohida dolzarblik kasb etadi.
Ta’lim, jumladan, boshlang’ich ta’lim, ijtimoiy muhitning uzviy bir qismi sanaladi, shu bois uni axborotlashtirish yo’llari va bosqichlari umuman jamiyatni axborotlashtirishning umumiy qoidalari bilan mos keladi.
Ta’lim maqsadlariga, jumladan, ilmiy bilish metodini o’zlashtirish, o’quv jarayonini tashkil qilishga texnologik yondashuv asosidagina erishish mumkin. Zamonaviy o’quv jarayoni texnologiyasi o’quv jarayoni qonuniyatlarini ifoda etadigan nazariy qoidalar mahsuli bo’lishi lozim.
Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishda, avvalo, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning psixologik-pedagogik,
fiziologik va yoshga oid hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish tamoyiliga amal qilish lozim.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarini yaratish moda ketidan quvish emas, balki davr talabi ekanini yodda tutish lozim.
Ma’lumki, modernizatsiyalash amaldagi ta’lim tizimini yangilash va takomillashtirishni anglatadi. Bu jarayon amalda respublikamizda istiqomat qiladigan har bitta oilaga dahldor. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ularning maqsad va yo’nalishlari, metodlari aholiga tushtuntirib borilishi, jamoatchilik fikri esa ta’lim sohasi va muassasalari rahbariyati tomonidan e’tiborga olinishi kerak.
Hozirda O’zbekiston Respublikasida boshlang’ich va o’rta ta’lim sifatini baholashning kompleks tizimi ishlab chiqilgan, u o’quv-tarbiya jarayonining holati va natijaliligi haqida ob’ektiv ma’lumot olish, umumlashtirish, tizimlashtirish; rivojlanishni bashoratlash, shuningdek, baholash, nazorat va o’z-o’zini nazorat turlarini hamda ta’lim muassasalarini tekshirish, inspektsiyalash va attestatsiyalashni muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Boshlang’ich ta’lim - umumta’lim maktablarining bosh bo’g’ini. Respublikamizda boshlang’ich ta’lim 1-4sinflarda bolalarga ilk ta’lim berish, ularni ma’naviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi. U 1-4sinflarni o’z ichiga oladi va 6-7yoshdan boshlanadi. Boshlang’ich ta’lim o’quvchi hayotida muhim ro’l o’ynovchi davrdir. Chunki bolalarning o’qishga munsabatlari, aqliy salohiyatlari ham ana shu davrda shakllanadi. Shu sababdan o’qituvchilarning bu jarayonda
ma’suliyatlari cheksizdir. Ular endigina maktab ostonasiga qadam qo’ygan o’quvchilarni maktab hayotiga ko’niktirib, bilim olishlariga va mukammal
rivojlanib borishiga e’tibor berishlari lozim. Boshlang’ich ta’limda o’qish, yozish, sanash o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash , o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shuningdek gigiena va sog’lom turmush tarzi asoslarini egallab olinishini ta’minlaydi, hamda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi. Ona tili darsida xatsavod o’rgatiladi, nutqni o’stirish, o’qish va yozishga o’rgatish yuzasidan maxsus mashg’ulotlar o’tkaziladi, dastur asosida imlo qoidalari va ba’zi grammatik vositalar to’g’risida dastlabki ma’lumotlar beriladi. Matematika darsida 4 arifmetik amal ichida hisoblash (qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) o’rgatiladi, geometriyaga oid ilk tushunchalar bilan tanishtiriladi. Boshlang’ich ta’limda maktab dasturida belgilangan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’rgatish hamda hosil qilishga erishish uchun ta’limning turli usullari, shakllari hamda vositalaridan foydalanish asosida ish olib borish talab qilinadi.O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta`lim sohasida, xususan, boshlang`ich ta`lim sohasida tubdan islohotlar amalga oshirildi. Boshlang`ich ta`limning mazmuni yangilandi, yangi ishlab chiqilgan davlat ta`lim standarti, o`quv dasturlari asosida esa zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan darsliklar yaratildi. Bugungi kunda zamonaviy pedagoglar tomonidan intensiv usullar – interaktiv metod va didaktik o`yinlar dars jarayonida tatbiq qilinmoqda. Shu bilan birga boshlang`ich sinf davridanoq o`quvchilarga chet tillarini o`rgatib borish ham keng yo`lga qo`yildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`zlangan vazifalarni ado etish uchun ta`lim jarayonini ilmiy asoslangan g`oyalar, ya`ni ma`lum bir konsepsiya asosida tashkil qilinishi boshlang`ich ta`limning sifat va samaradorligini oshiradi va kutilgan natijalarni beradi. Shunga muvofiq Xalq ta`limi vazirligining 2014 yil yanvar oyida tasdiqlagan “Xalq ta`limi tizimini 2014-2016 yillarda rivojlantirishga mo`ljallangan istiqbol rejasining 7-bandida boshlang`ich ta`limning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan mukammal “Boshlang`ich ta`lim Konsepsiyasi” ni yaratish vazifasi belgilab berildi. Qori Niyoziy nomidagi O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqoqt instituti olimlari, Respublika ta`lim markazining xodimlari, malakali mutaxassislar hamkorligida “Boshlang`ich ta`lim Konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi va 2014-2015-o`quv yilidan boshlab amaliyotga joriy qilindi. Shu o`rinda Konsepsiya nima, u o`zida nimalarni mujassamlashtiradi degan savol tug`ilishi tabiiy.
Konsepsiya – narsa va hodisalarga nisbatan qarash hamda yetakchi g`oyalar yig`indisi, bilish va amaliy faoliyat xarakterini belgilaydi, biror nazariyaning asosiy g`oyasi. Konsepsiya – muayyan sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dall va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, aosiy nuqtai nazar.
Ta`lim – o`quvchilarga bilim berish, ularni tarbiyalash, rivojlantirish, ko`nikma va malakalar hosil qilish jarayoni, yoshlarni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |