I-BOB.Nivelirlash haqida tushuncha.
1.1. Nivelirlarni tadqiqot etish.
Yuqori aniqlikdagi nivelirlash ishlarini bajarishdan oldin nivelirni va nivelir reykalarini to‘lik tadkik etish natijasida asboblarning texnik xarakteristikalarini va asbobga tegishli bo‘lgan individual xolatlarini, texnik qo`llanma talablariga mosligi va kutaliyotgan nuqsonlari aniqlash imkoni bo‘ladi. Tadqiq etishning xajmi va mazmuni qo`llanma talablariga, nivelirlashning aniqligi, sinfiga qarab aniqlanadi va qo‘yidagi tekshirishlar bajaralidi:
Qarash trubasini tekshirish.
Adilak bo‘lak qiymatini aniqlash
Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish.
Ipli dalnomerning koeffitsientini aniqlash va qarash trubasidagi iplar to‘rining asimmetriyasi.
Tekislik plastinkasini engashtiruvchi mexanizmni tadqiq etish va mikrometr barabanining bo‘lak qiymatini aniqlash.
Kompensatorli nivelirlarning avtoredukksion xatosini aniqlash
Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish.
Tekis joyda radiusi 50 m bo‘lgan aylana bo‘yicha 1,2,3, ……10 ( 2 – rasm ) nuqtalarga V nuqtadan 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90 va 100 m masofalarga qoziklar qoqiladi. Keyin bu nuqtalar 2 marta nivelirlanadi: birinchi marta A nuqta markazidan qat’iy teng elkalarda, ya’ni trubaning fokusi o`zgartirilmaydi, ikkinchi marta V nuqtadan aylana bo‘yicha har xil elkalarda 10 metrdan to 100 metrgacha. Nivelirlashni ikki - uch marta to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda bajariladi. A nuqtadan nivilirlanganda reykalar bo‘yicha o‘rta sanoqlar olinadi. So‘ng V nuqtadan aylana bo‘ylab nivelirlanib sanoqlar olinadi.
1.1.1–rasm Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri
yurishinitekshirish.
Stansiyalarda A va V nuqtalarda instrumentning gorizont balandligining farqi hisoblanadi:
(1.1-1)
Bu yerda stansiyada A va V nuqtalarning instrument gorizont ayirmasi, mm.
- mos xolda 5 nuqtada A va V markazlardan reyka bo‘yicha o‘rtacha sanoqlar, mm.
So‘ngra V nuqtadagi stansiyadan qarash trubasining fokuslovchi linzasining noto‘g‘ri yurishidan bo‘ladigan xatolar miqdori aniqlanadi
(1.1.2)
Bu yerda belgilangan nuqtada fokuslanuvchi linzaning noto‘g‘ri yurishidan reykadan olingan sanoq.
- reyka bo‘yicha mos xolda o‘rta sanoqlar belgilangan i nuqtada markaz A va V stansiyadan nivilirlanganda, mm.r - A va V nuqtalarda asbob gorizont ayirmasi, (1.1-1) formula bilan hisoblangan)
belgisi ( plyus yoki minus ) qarash trubasining vizir o‘qi gorizontal chiziqdan har xil masofada trubani fokuslash natijasida siljish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Beshinchi nuqtadan nivelirgacha bo‘lgan masofa 50 m. bo‘lganda (1.1-1) va (1.1-2) formulalarga binoan ning qiymati nulga teng bo‘lishi kerak, chunki qarash trubasining vizir o‘qi silindrik adilak o‘qiga paralelligi yustirovka bo‘yicha reykagacha bo‘lgan masofa 50 m. ga yaqin bo‘ladi.
Xatolarning ayirmasi fokuslanuvchi linzaning noto‘g‘ri yurishi masofalar ayirmasi nivelirdan orqa va oldingi reykalardan 10 metrdan bo‘lganda 2 mm dan oshmasligi kerak. Yuqori aniqlikdagi asboblarda ning qiymati aniqlangandan keyin qo‘yidagi normal tenglamalar sistemasi tuziladi va echimi aniqlanadi:
(1.1.3)
Bu yerda - qarash trubasi fokuslanganda vizir o‘qining yo‘nalishini xarakterlovchi koeffitsient:
q - V nuqtadagi extimoliy va o‘rta asbob gorizontining stansiyadagi ayirmasi, mm:
- V nuqtadan 1,2,3, …..10 nuqtalargacha bo‘lgan masofa, mm:
- xatolar miqdori (1.1-1) formula bilan hisoblanadi, mm:
n - ning miqdoriini aniqlovchi son.
Do'stlaringiz bilan baham: |