Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bizga ma’lumki, jahonning rivojlangan davlatlari kabi ta’lim bizning yurtimizda ham davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bo’lib, u bo’lg’usida bo’lajak mutaxassislar zimmasiga mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ma’suliyatni yuklaydi.
Kurs loyihasi grafik qism va hisob tushuntirish xatidan iborat. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talabalar texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlaydilar,ishlab chiqarishda muayyan ko’nikma xosil qiladilar, ilmiy-texnika va maxsus adabiyotlar na’munaviy loyihalaridan foydalanishni o’rganadilar. Kurs loyihasiga tajribali professor o’qituvchilar va ishlab chiqarishning chiqarishning yetakchi mutaxassislari raxbarlik qiladi va talabalarga kerakli ko’rsatmalarni berishadi. Kurs loyihasi talabalarni kelgusidagi bitiruv malakaviy ish yoki magistrlik dessertatsiyalarini mustaqil bajarishga tayyorlaydi. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rganish sohalarini isloh qilishda nihoyatda katta zaruriyat sezila boshladi.
Geodeziya (grekcha geo — yer, dio — o’lchash so’zlaridan olingan bo’lib, erni o’lchash demakdir) erning shakli va kattaligini o’lchash, er yuzasida har xil injenerlik, loyihalash ishlari va topografik karta hamda plan olish uchun zarur bo’lgan geodezik tayanch punktlari tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning tuzilishini, ular bilan ishlash yo’llarini o’rgatadi. Hozirgi vaqtda geodeziya fani oliy geodeziya, quyi geodeziya, injenerlik geodeziyasi singari mustaqil turlarga bo’linadi. Yer shaklini va uning o’lchamlarini aniqlash, mamlakatimiz kartalarini tuzish uchun geodeziya tayanch nuqtalarini barpo etish maqsadida katta territoriyalarda olib boriladigan o’lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan oliy geodeziya shug’ullanadi. Yer yuzasining ayrim bo’laklarini plan, karta va profillarini chizib tasvirlashda bajariladigan o’lchash usullarini, geodezik asboblar bilan ishlashni quyi geodeziya yoki geodeziya o’rgatadi.
Injenerlik inshootlarining o’rnini qidirib topish, ularni planda, kartada va profilda loyihalashni bunyod etishda bajariladigan ishlar bilan shug’ullanadigan fanga injenerlik geodeziyasi deyiladi.
Geodeziya fani astronomiya, topografiya, kartografiya, geografiya va geofizika fanlari bilan uzviy bog’langan. Geodezik o’lchashlar asosida topografik plan va karta chizish uchun juda zarur bo’lgan ma'lumotlar, ya'ni er yuzasidagi joylarning geografik va to’g’ri burchakli koordinatalari, ularning balandliklari, aniqlanadi. Hozirgi vaqtda qadimgi geodeziya fani yosharmoqda, undan yangi fanlar ajralib chiqmoqda. O’lchash va hisoblash ishlarini takomillashtirish maqsadida radio, svetodalnomerlar, elektron hisoblash mashinalari ishlatilmoqda. Shu asosda yangi fan radiogeodeziya vujudga keldi. Kosmosdan turib erning shakli va kattaligini o’lchashda, materiklarni bir-biri bilan geodezikjihatdan bog’lashda kosmik geodeziya fani paydo bo’ldi. Geodezik o’lchash ishlari natijasida yer yuzidagi yoki muhandislik inshootlarida nuqtalar orasidagi balandliklar farqini aniqlash va shu nuqtalarni qabul qilingan tizimlarda balandliklarni hisoblashga nivelirlash deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |