Kirish Mavzuning dolzarbligi



Download 1,45 Mb.
bet5/9
Sana31.12.2021
Hajmi1,45 Mb.
#230256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kirish Mavzuning dolzarbligi

(1.1- 3 ) tenglamalar sistemasini echib, - koeffitsient va q ayirma, keyin n - ning miqdori hisoblanadi va fokuslanuvchi linzaning noto‘g‘ri yurishini xarakterlaydi va u qo‘yidagi formula orqali hisoblanadi:

(1.1-4)

Agar absolyut miqdori bo‘yicha - ning birorta ham qiymati 0,5 mm dan katta bo‘lmasa nivelir to‘siklar orqali nivelirlashda ham yaroqli.

Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirishdagi ko‘zatuvlarni yozish va hisoblash 1.1-1 – jadvalda ko`rsatilgan.

Dala sharoitida bajariladigan ishlarga quyidagi asbob anjomlar kerak bo’ladi.


  • Nivelir asbobi

  • Shtativ

  • Metal qoziqlar 30 ta

  • Polat lenta

  • Bolta

  • Soyabon (agr issiq havo sharoitida bolsa ishlar)

  • Planshet

  • Nivelir jadval tushirilgan qog’oz

  • Qalam, ruchka, o`chirg’ich

Ishning bajarilish tartibi quyidagicha.

  • Guruh a’zolari eng kami bilan 3 kishi bo’lib, ular birinchi navbatta olchanadigan maydonni koz bilan chamalab kvadrat yo’llari noqulay bo’lgan joylardan tushib qolmasligi uchun masalan zovir, kanal yoki jarlik bor joylardan tushmasligini ko’zdan kechirishlari kerak.

  • Songra qoziqlar qoqilib masofalar o’lchanadi.

  • Har bir nuqtalar ustiga asbob ornatilib sanoq olinadi.

  • Olingan sanoqlar jurnalga yozildi.


N3 nivelirining qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish. 1.1.1 - Jadval

Nuqta



Reyka bo‘yicha sanoq

Reyka bo‘yicha sanoq

a mm

o‘rtacha

xatolik


, mm.





Usul

O’rtacha

,mm

Usul

O’rtacha

,mm







1

2

3

1

2

3

1

1247

1248

1246

1247

1434

1434

1436

1434

1433

+1,7

2

1375

1374

1377

1775

1965

1961

1963

1961

1961

+1,7

3

1165

1163

1164

1164

1353

1350

1350

1351

1350

+1,0

4

1536

1539

1138

1137

1324

1325

1324

1324

1323

+0,6

5

1475

1477

1476

1476

1662

1663

1661

1662

1662

0,0

6

1339

1441

1440

1440

1625

1627

1625

16257

1626

-0,3

7

1675

1678

1677

16767

1870

1866

1865

1867

18687

-1,7

8

1132

1129

1131

11307

1316

1315

1315

13153

13167

-1,4

9

1029

1032

1030

10303

1231

1216

1216

1215

12163

-1,3

10

1141

1140

1142

1141

1325

1328

1325

1326

1327

-1,0

Izoh: mm










1.2. Yuzalarnianiqlashdazamonaviytexnologiyalarniqo‘llash

Yer tuzish va yer kadastr iuchun bajariladigan topografik-geodezik qidiruvlar majmuasida yerdan foydalanuvchilar va qishloq xo‘jaligi erlari yuzalarini aniqlash, katta mehnatni talab qiladigan ishlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun yuzalarni aniqlashda EHM va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish zamon talabiga muvofiqdir.

Hozirgi paytda, kompyuter va EHMda katta imkoniyat mavjudligi tufayli, yerdan foydalanuvchilarning maydonlari ko‘proq analitik usulda, ya’ni marza belgilari koordinatalarining hisoblangan qiymatlari bo‘yicha aniqlashi mumkin. Ushbu qiymatlar yo‘q bo‘lgan holda, fotogrammetrik yoki grafik usulda topilgan koordinatalarining qiymatlaridan foydalaniladilar.

Poligonlar yuzalarini ular uchlarining koordinatalari bo‘yicha hisoblash uchun qo‘llanadigan formulaga asoslanib tuzilgan algoritmlar bo‘yicha EHMda dasturlar tayyorlangan. Koordinatalar bo‘yicha yuzalarni aniqlashda mehnat unumdorligini oshirish uchun, koordinatalar planda koordinatograflar (koordinatometrlar) yordamida o‘lchanadi va ular natijalar iavtomatik ravishda ro‘yxatga olinib EHMning xotirasiga o‘tkaziladi.

Karl Seys firmasining koordinatografiga qo‘shiladigan koordinatalarni avtomatik ravishda ro‘yxatga oladigan asbob Novosibirskdagi Geodeziya, Aerofoto geodeziya va Kartografiya Markaz ilmiy Tadqiqot Instituti (GA va KMITI) da tuzilgan. Ushbu prinsipda, ya’ni koordinatometr va EHM bilan birgalikda (Orel shahridagi «Avtograf» ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqilgan) SMP 6410 grafo tuzilma, Shvetsiyalik Geotracer elektronplanimetr, Polshalik Labimex kartometrlari shlaydi.

Barcha bu asboblar yana konturlar yuzalarini aniqlashga ham mo‘ljallangan bo‘lib, aylana indeksi yordamida konturlar chegarasini aylanishida soat mili yo‘li bo‘yicha nuqtalar koordinatalari vaqtning har bir qadami masalan, har bir sekundda, yoki masofaning qadami, masalan, har bir millimetrda avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi. Buning uchun GA va KMITIda algoritm tuzilgan bo‘lib, uning yordamida EHMda barcha konturlarni yuzasi hisoblanadi va nashrga planshet yoki xo‘jalikni hududi bo‘yicha konturlar yuzalarini qaydnomasi va erning turlari bo‘yicha ereksplikatsiyasi beriladi.

Dasturda qog‘ozning deformatsiyasini inobatga olingan holda yuzalarni bog‘lash, koordinatalarni ro‘yxatga olish qadamining hududi bo‘yicha konturlarni umumlashtirish ko‘zda tutilgan. Dasturga binoan, avval planshet hududi bo‘yicha yerdan foydalanuvchilarning bog‘langan yuzalari aniqlanadi, keyin esa – konturlarning yuzalari erdan foydalanuvchining umumiy maydoniga bog‘lanadi.

Afsuski, bu asboblar tuzilishining murakkabligi va eng muhimi narxi qimmat bo‘lganligi tufayli, ularni keng ravishda ishlab chiqishga joriy etishi mushkil bo‘lmoqda.

Shuning uchun ko‘pincha planda yer maydonlari yuzasi ishlab chiqarishda keng tarqatilgan asbob – o‘zgaruvchan aylantirish richagli qutbli planimetrda aniqlanadi.

Aniqligi bo‘yicha qutbli planimetr ko‘p holatlarda yer tuzish va yer kadastri talablarini qoniqtiriladi, chunki plandagi konturlar yuzasini tasvirlash xatosi, umuman aytkanda uni planimetr bilan aniqlash xatosidan katta. Ammo, mehnat samaradorligi bo‘yicha u zamonaviy talablardan ancha qolishadi va ko‘pincha bu shakllarni qo‘lda aylantirish va hisoblash mexanizmidan sanoq olishda ifodalanadi. Shuning uchun operatorlarning qo‘lda shakllarni aylantirishdan ozod qilinadigan elektron planimetrlarni turli modellari ixtiro qilindi. Ushbu elektron planimetrlar mexanik planimetrlardan o‘lchash natijalarini tasvirlanuvchi suyuq kristallik displey va kerakli ishlash rejimini o‘rnatish uchun klaviaturaning mavjudligi bilan farqlanadilar. Ular qutbli yoki g‘ildirakli ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Qutbli planimetrlarni turli modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, ulardan «Stenli» ingliz firmasining konstruksiyasi diqqatga sazovor. Plan, kartalarda o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish maqsadida “Stenli” firmasining planimetrida hisoblash g‘ildiragini shaffof shishali diskdan yasalgan. Diskdagi teshiklardan nur o‘tadi, chiqishda esa nur parchasi fotodiodlar sistemasini yoritiladi. Fotodiodlardan chiqqan signallar hisoblash bloki bilan ulangan impulsli hisoblashgichiga uzatiladi. Asbobda foto elementlar yordamida hosil qilinadigan hisoblash mexanizmdagi ko‘rsatgichlar EHMga beriladi va u yuzalarni hisoblaydi, hisoblash natijalari esa konturlar yuzalarni hisoblash qaydnomasi ko‘rinishida displeyga bosib chiqiladi. Ammo bu planimetr konstruksiyasining murakkabligi, qimmatligi va og‘irligi tufayli keng tarqatilmadi.

Yig‘indisini indikatorda hisoblashiga imkon beradigan «Plakom» (Yaponiya) firmasining chiziqli planimetri (1.2-1 – shakl) yuzalarni aniqlash bo‘yicha ishlarni juda tezlashadi (oddiy planimetrga nisbatan taxminan ikki marotaba).





1.2-1 – rasm. «Plakom» chiziqliplanimetri

Konturlar yuzasining o‘lchash jarayonini qisman avtomatlashtirish imkonini beradigan elektron planimetrning boshqa misoli bo‘lib, X-PLAN raqamli planimetri (Yaponiya) hisoblanadi (1.2-2 - shakl). Unda, avtomatik ravishda sanoqlarni olish, yuzalarni hisoblash va o‘lchash natijalarini tabloga chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi.





1.2-2- rasm. X-PLAN elektronplanimetri

1 - qopqoq, 2 - richag, 3 - g‘ildirag, 4 - linza, 5 - klaviatura,6 - tablo, 7 – raqamli klaviatura, 8 – ishlash rejimi indikatori, 9 – kuzatish rejimni ulash klavishasi,10 – nuqtalash rejimni ulash klavishasi.

Asbob shakllar yuzasi, chiziqlar uzunligini kartalar, planlar, sxemalar va boshqa grafik materiallari bo‘yicha tez va sifatli o‘lchashga imkon beradi. To‘g‘ri chizqlar uzunligi ikki nuqta orasidagi chiziqning boshi va oxirini belgilash, egri chiziqli konturlari esa ularni aylantirishi bilan aniqlanadi. Barcha holatlarda bir o‘lchash jarayonida ham chiziqlar uzunligi, ham shakllar yuzasi aniqlanadi. Shunda, o‘lchash natijalarini yig‘indisi va o‘rtacha qiymatlarini hisoblash mumkin. Buning uchun asbob o‘lchash natijalari ustida turli jarayonlarni amalga oshirishiga imkon beradigan kalkulyator bilan ta’minlangan. Asbobda o‘rnatilgan katta ekssentrik linza operator ishining sodda va napryajeniyadan (qiyinchilikdan) ozod bo‘lishiga imkon beradi. Asbob ham zaryadlanadigan batareya hamda elektrik tarmog‘idan (220V\50Gs) ishlashi mumkin.

Planimetrning texnik tavsiflari:


  • O`lchanadigan qiymatlar - yuzalar, chiziq uzunligi (to‘g‘ri, egri, uzunliklar yig‘indisi);

  • O‘lchash birligi - mm, sm, km, ga, akr, dyum, fut, milya va foydalanuvchi tomonidan beriladigan o‘lchash birligi;

  • O‘lchash rejimi:

a) nuqtali (Point) – burilish nuqtalari orqali to‘g‘ri chiziqli konturlarni o‘lchash;

b) uzluksiz (Sontinious) - to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli konturlarni aylantirish orqali;



  • O‘lchash chegarasi:

- vertikal bo‘yicha 380mm;

- gorizontal bo‘yicha 100mm.



  • Quvvatlash manbasi - zaryadlanadigan NiSd batareyasi; zaryadlanish vaqti - 8 soat; foydalanish maksimal vaqti - 40soat.

  • Ishlash rejimining temperaturasi +100S dan +300S gacha.

Oxirgi yillarda SOKKIA (YAponiya) firmasi tomonidan X-PLAN elektron plnimetri asosida modifikatsiyalangan PLANIX 5 – qutbli planimetri (1.2-3– rasm, a), PLANIX 7 - g‘ildirakli planimetri (1.2-3 – rasm, b), SUPER PLANIX (1.2-4 – rasm, a), PLANIX S10 marble (1.2-4 – rasm, b) elektron planimetrlar ishlab chiqarilmoqda.

SUPER PLANIX va PLANIX S10 marble elektron plnimetrlari yordamida nafaqat yuzalarni tez va aniq, yana chiziq uzunligi, nuqtalar koordinatalari, burchaklar, yoylar hamda doiraning radiusini ham o‘lchash mumkin.





  1. b)

1.2-3– rasm

Ushbu planimetrlar yordamida ixtiyoriy ko‘rinishidagi shakllar yuzasini aniqlashdan tashqari, nuqtalar koordinatalarini kartografik materiallarining real masshtabida hosil qilish mumkin. O‘lchashlar millimetr, santimetr, metr, kilometr va gektarda bajarish mumkin. SUPER PLANIX va PLANIX S10 marble elektron plnimetrlari RS-232C kabeli orqali kompyuter va printerga ulanishi mkoniga ega.

Shuni ta’kidlash lozimki barcha ko‘rib chiqilgan elektron plnimetrlar bitta asosiy kamchilikga ega, bu ham bo‘lsa o‘lchash hajmi katta bo‘lganda natijalarni ishlab chiqish, yerlar eksplikatsiyasini tuzishga doir masalalarni hal qila olmaydilar.



1.2-4-rasm

Bundan tashqari yuzani balandligini hisoblashda hozirgi kunga kelib nivelirlarning ham quyidagi yangi zamonaviy turlaridan foydalanishimiz mumkin.a) b)

1.2-5-rasm.BOSCH GOL 26 D (1.2-5-rasm a)

BOSCH GLL 2-80P (1.2-5-rasm.b) Zamonaviy nivelirlar

Keyingi yillarda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning yangi tu­ri — raqamli nivelirlar ishlab chiqilib qo‘llanilmoqda. Bularga mi­sol qilib Dini 11, Dini 21 (Germaniya); NA 2002, NA 2003 (Shvey­sa­riya) keltirish mumkin.

An’anaviy nivelirlardan farq qilib, raqamli nivelirlar elek­tronika bilan jihozlangan va maxsus ish dasturlari bilan ta’­minlangan bo‘ladi. Bu esa dala o‘lchash ishlarini va natijalarni ish­lab chiqish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi, jum­ladan:

— shtrix-kodli nivelir reykasi bo‘yicha sanoq olishni avto­ma­tik ravishda bajaradi;

— o‘lchash natijalariga truba vizir o‘qining silindrik adilak o‘qi­ga parallel emaslik (i burchagiga), yer egriligi va refraksiya xa­tolari uchun tuzatmalarni avtomatik ravishda kiritadi;

— nivelir bilan reyka orasidagi masofa100 gacha bo‘lgandago­rizontal quyilishni 25 mm gacha aniqlikda avtomatik o‘lchaydi; m

— o‘lchash natijalarini avtomatik ravishda ichki yoki tashqi yod­lash moduliga yozadi;

— nivelirlash elkalarini (nivelirdan orqa va oldingi rey­ka­lar­gacha masofalar) tengligi va nisbiy balandlik o‘lchash natijasini av­tomatik tekshirib boradi;

— o‘lchangan natijalarni avtomatik ishlab chiqib, nuqtalar ba­land­ligini beradi;

— o‘lchab topilgan ma’lumotlarni yozib saqlash uchun RSMS1A kar­tasidan foydalanadi;

— asbobni boshqarish protsessi qulay, shuningdek, undan foy­da­lanishni o‘zlashtirib olish oson.



1.2-6 rasm Leica Sprinter 150m

Dini 11 va Dini 21 raqamli ni­velirlar bilan 1 km yo‘l­ni to‘g‘ri va teskari yo‘­na­lishlardan va reyka qo‘llab, 0,3 mm aniq­likda, oddiy bu k­la­mareyka qo‘llab esa 1 mmaniq­likdao‘lchashmum­kin. Stan­siya­da turib 2,5 m dan 100 m ga­cha masofadagi nuqtalar 4 da­qi­qa vaqtda o‘lchanadi. Ni­ve­lir­da o‘rnatilgan kompensatorni ish­­lash chegarasi  15' ga teng. Ni­velirda gorizontal doira o‘r­na­tilgan bo‘­lib, uning bo‘lak qiy­mati 1° ni tashkil qiladi.

N
Поместите здесь ваш текст


ivelirda joylashtirilgan dastur quyidagi ishlarni ba­jarish­ni ta’minlaydi: alohida o‘lchashni, qayta o‘lchashni, o‘rtadan va oldinga ni­­velirlashni, rejalash ishlarini va nivelir yo‘lini tenglashni

Reykalardan olingan sanoqlarni nivelir yodiga yozib saqlash yoki asbob displeyi (ekrani) dan o‘qib jurnalga yozish mumkin.





1.2.7-rasm Dini 21 elektronniveliri


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish