3.Mamlakat to’lov balansi holati tahlili
2019-yilning 1 choragi davomida O’zbekistan Respublikasi to’lov balansi Ko’rsatkichlarining shakllanishiga, tashqi qarzdorlikning shakllanishiga tashqi qarzdorlikning ortishi, rezidnetlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar bo’yicha “yig’ilib qolgan” majburiyatlarning so’ndirilishi va kelib tushayotgan transchegaraviy pul o’tkazmalari o’sishining turg’unlashishi kabi omillar o’z ta’sirini o’tkazdi9.
Joriy operatsiyalar hisobi 2019-yilning 1 choragi yakunlari bo’yicha joriy operatsiyalar hisobining saldosi manfiy bo’lib,733 mln.dollarni tashkil qildi.Bunda manfiy saldoning shakllanishiga omil daromadlari va transferlarining o’sishi mo’tadil bo’lgan bir paytda tovarlar importi o’sisg su’ratlarining eksportga nisbatan yuqori bo’lishi katta tasir o’tkazdi(1-rasm).
1-rasm. Joriy operatsiyalar hisobining komponentlar bo’yicha saldosi10.
(mln.dollar)
2019-yilning 1-choragida joriy operatsiyalar xisobining barcha komponentlari bo’yicha ko’rsatkichlarida o’tgan yilning mos davridagi ko’rsatkichlariga nisbatan, daromadlar va xarajatlarning o’sishi kuzatildi.Shu bilan birga,joriy harajatlarning o’sishi, joriy joriy daromadlarning o’sishidan yuqori bo’lib,bu holat tovarlar importuning o’sishi bilan izohlandi (2-jadval).
Shu munosabat bilan, 2019-yilning 1-choragi yakunlari bo’yicha xalqaro xizmatlarni xisobga olgan holda,savdo balansining manfiy saldosi TBQ6 metodologiyasiga binoan,1,9 mlrd dollarga tengdir .
2-jadval.
Joriy daromadlar va harajatlarning tuzulishi11.
Shu munosabat bilan, 2019-yilning 1-choragi yakunlari bo’yicha xalqaro xizmatlarni xisobga olgan holda,savdo balansining manfiy saldosi TBQ6 metodologiyasiga binoan,1,9 mlrd dollarga tengdir (2-jadval).
Tovarlar 2019-yilning 1-choragida tovarlar bo’yicha savdo aylanmasi,oltin savdosi va tuzatishlarni hisobga olgan holda 8,1 mlrd.dollarni tashkil etdi,eksport va import hajmlari mos ravishda 3,4 mlrd.dollar va 4,7 mlrd.dollarga teng.Shu munosabat bilan,savdo balansining defitsiti 1,4 mlrd.dollarni tashkil etdi.
Tovarlar eksporti hajmi 2018-yilning 1 choragiga nisbatan 15%ga ortdi.Bunda,oltin va neftgaz mahsulotlari eksportining choraklik o’rtacha ulushi mos ravishda 36% va 20% ni tashkil qilmoqda.Bunda,neftgaz mahsulotlarining eksporti 2018-yilning 1 choragiga nisbatan 42%ga oshgan bo’lib,bu neftgaz mahsulotlarining o’rtacha hisob-kitob qilinadigan narhininh 15%ga va yetkazib berish hajmining 24 % ga o’sishi hisobigadir.
Xizmatlar bo’yicha xalqaro savdoning manfiy saldosi 2018-yilning 1 choragiga nisbatan 7,1 % ga qisqarib,529,6 mln. Dollarni tashkil qiladi.Shu bilan birga,xizmatlar eksporti va importi tuzilmasida transport xizmatlari va safarlar bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar ustunlik qilmoqda.
Xizmatlar eksportining hajmi 660,5 mln, dollarni tashkil qilgan bo’lsa (2018 yil 1 choragida 572,8 mln.dollar),ularning importi 1,2 mlrd.dollarni tashkil etdi.Jami xizmatlar eksporti va importi xajmining 90 % i transport xizmatlari va turizm bilan bog’liq xizmatlarga to’g’ri keladi12.
Birlamchi daromadlar 2019-yilning 1 choragida birlamchi daromadlar bo’yicha ijobiy saldo 280,3 mln. dollarga teng bo’ldi (2018 yilning 1 choragida 299,5mln.dollar). Ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi 862,6 mln dollarni tashkil qildi(2018 yilning 1 choragida 800,8 mln.dollar).Ijobiy saldo,asosan uzoq muddatli mehnat migrantlarining pul o’tkazmalari hisobiga ta’minlanmoqda.
Kapital operatsiyalari hisobi 2019 yil 1 choragida kapital operatsiyalari hisobining ijobiy saldosi yirik transfertlar hisobiga 135,1 mln.dollarni tashkil qildi(2019 yilda 28,1 mln.dollar).
Do'stlaringiz bilan baham: |