Bank ustav kapitalini oshirish yo’llari Tijorat banklari ustav kapitalining tarkibi turli moliyaviy manbalar hisobiga shakllanadi. Ularning asosiylari sifatida bank tomonidan chiqarilgan oddiy aktsiyalarni ta'kidlashimiz lozim. Bank ustav kapitalining asosiy qismi ushbu aktsiyalar hisobiga shakllantiriladi.
O'zbekiston bank amaliyotida tijorat banklarining imtiyozli aktsiyalarini sotishdan olingan tushum ham ustav kapitali tarkibiga kiritiladi. Bunda, imtiyozli aktsiyalarning qiymati ustav kapitali umumiy summasining 20 foizdan oshib ketmasligi kerak. Ayrim rivojlangan industrial davlatlarda, masalan, Germaniya va Avstriyada imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan tushumlar banklarning ustav kapitali tarkibiga kiritilmaydi, ustav kapitali faqatgina oddiy aktsiyalarni sotishdan olingan tushum hisobiga shakllantiriladi. Chunki imtiyozli aktsiyalarning egalari tijorat bankining hisobot yilida foyda olishi yoki olmasligidan qat'iy
Birinchi usul foydani jamg‘arish bankning rezerv va boshqa fondlarini jadallashtirilgan tarzda shakllantirish va ularni keyinchalik kapitalga aylantirish shaklida ro‘y beradi. Bunda yil oxirigacha foydaning bir qismi to‘g‘ri kapitalga aylanishi ham mumkin. Bu usul ancha arzon, yangi paychilar jalb qi lish yoki aksiya chiqa rish borasidagi qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi. Lekin foydani jamg‘arish joriy yilda aksiyadorlarga to‘lanadigan dividen dlar miqdorining kamayishiga olib keladi. Bu esa bankning bozorda tutgan mavqeyiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aksiyalar ning nominal qiymatini oshirish orqali bank ustav kapitalini oshirish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
– moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan foizning bir qismini yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish;
– aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymati oshirilgan qismining to‘lanishi;
– moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan bank foydasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish va aksiyadorlar tomonidan aksiyalar oshirilgan nominal qiymatining yetishmaydigan qismining to‘lanishi hisobidan amalga oshiriladi.
Ustav kapitali miqdorining oshirilishi
Bank ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan bank ustav kapitalini oshirish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan foydaning bir qismini yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish;
aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymati oshirilgan qismining to‘lanishi;
moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan bank foydasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish va aksiyadorlar tomonidan aksiyalar oshirilgan nominal qiymatining yetishmaydigan qismining to‘lanishi.
Nominal qiymati oshirilishi tufayli ishtirok etishdan bosh tortgan aksiyadorga tegishli nominal qiymati oshirilgan aksiyalar amaldagi qonunchilikka binoan potensial aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirilishi mumkin
Qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yoki aksiyalar nominal qiymatini e’lon qilingan aksiyalar umumiy soni doirasida oshirish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish uchun Litsenziyalash departamentiga quyidagilar topshiriladi:
qonunchilik bilan belgilangan bank vakolatli organining qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yoki aksiyalar nominal qiymatini e’lon qilingan ustav kapitali doirasida oshirish yo‘li bilan ustav kapitalini oshirish to‘g‘risidagi qarori;
bankning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan emissiya prospekti, agar aksiyalarning ochiq obuna yo‘li bilan tarqatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
aksiyalar yopiq holda taqsimlanganda bank vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi axborot;
Bank kengashi raisi imzolagan ustav kapitalini oshirish va aksiyalar emissiyasiga rozilik berish to‘g‘risida Markaziy bank nomiga berilgan iltimosnoma;
izohlar berilgan aksiyalarni joylashtirish rejasi.
Taqdim etilgan hujjatlar Qimmatli qog‘ozlar departamenti tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular qonunchilik hamda mazkur Nizom talablariga mos kelgan taqdirda, Markaziy bankning ko‘zda tutilgan ustav kapitalini oshirishga roziligi beriladi.8 Amalga oshirishga rozilik berilganda emissiya prospektiga yoki aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotga belgi qo‘yiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va rozilik berish bir oy muddat ichida amalga oshiriladi.
Bank ustav kapitalini oshirishga rozilik bermaslik uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
ustav kapitalini oshirish rejasi iqtisodiy me’yorlar va bank ustav kapitali miqdorini Markaziy bank talablari bilan muvofiqlashtira olmasligi yoki har qanday aksiyador ishtiroki ulushini qonunchilik talablari bilan muvofiqlashtira olmasligi;
taqdim etilgan hujjatlarning qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlari talablariga mos kelmasligi;
ustav kapitalini oshirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan rejaning tuzilishi yoki uslubi bank omonatchilari manfaatlariga yoxud bank moliyaviy ahvoliga xavf solishi mumkinligi.
Markaziy bankning qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishiga rozilik bermasligi asoslangan bo‘lishi va bir oy muddat ichida yozma ravishda bankka yuborilishi lozim.
Markaziy bank o‘z xulosasini asoslagan holda bir oy ichida yozma ravishda tijorat bankiga yuboradi.
Shuni aytish kerakki, bank kapitalining asosiy maqsadi – riskni kamaytirish va kapitalning moliyaviy resurslar bozoriga kirish yo‘lini ta’minlashidadir.