Axborot komponentlari. MBn yadrosini MB tashkil etadi. MBn loyihalaganda barcha foydalanuvchilar uchun axborot massivlari birligi, axborotni bir karra kiritish va undan ko`p maqsadlarda foydalanish tamoyiliga asoslanish zarur.
1.8-rasm. Ma`lumotlar banki komponentalari
MBn axborot komponentlari bilan ishlashning turli tartibini ta`minlaydi. MBn bilan ish ko`rilganda muloqot tartibidan keng ko`lamda foydalaniladi. Ma`lumotlarni umumiy bazaga qo`yishning xal qiluvchi faktori ulardan bir necha funktsional qismiy tizimlarning foydalanishidir.
Zamonaviy MBBTda qo`llanilayotgan til vositalari to`rtinchi avlod tizimlariga kiradi. Umuman, til vositalarining quyidagi avlodlari mavjud:
birinchi avlod – mashina tili;
ikkinchi avlod – assemblerning simvolik tillari;
uchinchi avlod – algoritmik tillar: PL, COLOR, ALGOL va bosh..
to`rtinchi avlod – ob`ektga mo`ljallangan dasturlash til vositalari.
Til vositalari rivojlanishining ikkita kontseptsiyasini farqlash mumkin: bo`linish (dekompozisiya) kontseptsiyasi va integrallash kontseptsiyasi.
Ob`ektlarni sinflapga ajratish deyilganda, barcha ob`ektlar to`plamini birorta norasmiy belgi (alomati) bo`yicha qism to`plamlarga ajratishni tushunamiz. MB ni ko`pligini hisobga olib, uni sinflarga ajratish belgilari xilma – xil.
1.10-rasm. Tashkiliy jihatdan MBning turkumlanishi.
Hozirgi kunda MB ni quyidagi sinflari ko`p ishlatiladi:
ma`lumotlarni tasvirlash shakliga qarab: video, audio, multimedia guruhlariga ajratish mumkin.
video ma`lumotlar: matnli va grafik tasvirli bo`ladi.
matnli MB ma`lumotlarni strukturalashganiga qarab strukturalashgan, qisman strukturalashgan va strukturalashmagan MB ga bo`linadi.
strukturalashgan MB ma`lumotlar modeliga qarab: ierarxik, tarmoqli, relyatsion, ob`ektli relyatsion, ob`ektga yo`naltirilgan, aralash modelli;
vaqtga bog`liq strategik va dinamik turlarga ajratiladi.;
boshqarilishi jihatdan markazlashgan va taqsimlangan MBga bo`linadi.
foydalanuvchilar doirasiga qarab: bitta va ko`p foydalanuvchili;
ma`lumotlarni saqlanishiga qarab: operatsion va analitik turlari;.
MBda saqlanayotgan ma`lumotlar tipiga ko`ra: hujjatlashtirilgan, faktografik va leksikografik (klassifikatorlar, lug`atlar va boshqalar). Bu yerda faktografik MB qandaydir ob`ekt haqida aniq andozali ma`lumotlar (ms: xodimlarning shaxsiy ma`lumotnomasi, fuqarolik pasporti va .x.k.) bo`lsa, hujjatlashtirilgan MBga tabiiy tilda yozilgan ma`lumotlar jamlanmasi (monografiya, roman, ilmiy hisobotlar, me`yoriy-huquqiy hujjatlar) kiradi.
iqtisodiy nuqtai nazardan pulli va pulsiz;
murojaatlar darajasiga qarab: ommabop va cheklangan;
tashkiliy jihatdan: maxalliy (shaxsiy), umumiy (integrallashgan va taqsimlangan) (1.10 – rasm).
Bundan tashqari MB quyidagilarga ajratiladi: ekstentsional (EMB) va intensional (IMB). Ektentsional MB – bu oddiy relyatsion MB. Intensional MB esa EMB ni mohiyatini aniqlovchi qoidalar asosida quriladi.
1.11-rasm. MBning umumiy turkumlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |