Iqtisodi. Malayziya iqtisodi yuqori tezlikda rivojlanib borayotgan mamlakatlardan biridir. 1957–2005 yillar oraligʻida yalpi ichki mahsulot yiliga 6,5 foizdan oʻsib bordi. 2010 yilgi maʼlumotga koʻra, mamlakatning yillik yalpi ichki mahsuloti hajmi 414400 doʻllarni tashkil etgan. Iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichi boʻyicha Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN)da uchinchi va butun dunyoda yigirma toʻqqizinchi oʻrinda turadi. 1970-yillarda mamlakat iqtisodi yerosti boyliklarini qazib olish va qishloq xoʻjaligiga asoslangan edi. 1980-yillardan koʻp tarmoqli iqtisodiyotga oʻtildi, sanoat tarmogʻi keng rivojlandi. 1997 yilgi Osiyo iqtisodiy inqirozidan soʻng Malayziya qoʻshnilariga nisbatan juda tez tiklandi.
Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi xalqaro savdodir, keyingi oʻrinda ishlab chiqarish turadi. Katta miqdordagi qishloq xoʻjalik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni, jumladan, neftni eksport qiladi. Elektronika va axborot texnologiyalarini eksport qilish boʻyicha ham yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Elektron chiplar va maishiy konditsionerlar eksporti boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda. 2002 yili mamlakat oʻz koinot dasturini ishga tushirdi. Avtomobil sanoati ham rivojlangan, “Proton” belgisi ostida yengil mashinalar ishlab chiqariladi. Sayyohlik xizmati yuqori darajada taraqqiy topgan. Bu tarmoq chet el valyutasini olib kirish boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi va mamlakat iqtisodiyotining yetti foiziga egalik qiladi.
Malayziya Janubiy-sharqiy Osiyodagi mamlakat bo’lib, davlat hududi ikki qismdan iborat, ya'ni, yarim orol (Malakka) va sharqiy (Kalimantan orolining shimoliy qismi) qismlarga bo’linadi. Malayziyaning maydoni 329 847 km. kv bo’lib, dunyoda hududining kattaligi bo’yicha 65 – o’rinni egallaydi. Yarimorol qismi shimoldan Tailand, janubdan Singapur bilan, sharqiy qismi janubdan Indoneziya, shimoldan Bruney bilan chegaradosh, shuningdek, dengiz orqali Vetnam va Filippin bilan chegaralari mavjud. Malayziya iqtisodiyotiga to’xtalib o’tadihgan bo’lsak, Malayziya Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarini tez rivojlanayotgan davlatlaridan biri hisoblanadi (Ilova 2.1). Tarixan Malayziya 1960-yildan boshlab, o’zining iqtsodiy rivojlanish yo’lini boshladi va qishloq xo’jaligi va qazib olishga ixtisoslashgan iqtisodiyotdan yuqori texnologiyaga va inson kapitaliga asoslangan iqtisodiyotga o’tdi. (Ilova 2.2)
Malayziya hukumati investorlar uchun qonuniy tizimga asoslangan siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi va investorlar uchun imtiyozlar taqdim etadi. Texnologik jihatdan rivojlanganlik Malayziya iqtisodiy o’sishini ta’minlovchi omil bo’lgan. Texnologiya yordamida Malayziya investorlarning zamonaviy talablariga javob berib ularni faol jalb qilib kelmoqda. Malayziya ASEAN mamlakatlari orasidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatlashgan millatlardan biri hisoblanadi. Millatning zamonaviy texnologiyalardan foydalana olishi, ishlab chiqarish sohasida ustunlini ta’minlab kelmoqda. Malaysiya infratuzilmasi biznes aloqalarini tashkil qilishni hisobga olgan holda tashkil etilgan bo’lib, Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi infratuzilmalardan biri hisoblanadi. Raqamli va optik tolali texnologiyaga asoslangan. telekommunikatsiya tarmog’i, 5 ta xalqaro aeroport, sifatli avtomobil yo’llari, 7 ta xalqaro dengiz portlari bevosita Osiyo-Tinch okeani bozoriga chiqishni ta’milab beradi. Malayziya sanoati 500 ga yaqin sanoatlashgan hududlar va Erkin zonalar miqyosida rivojlanib kelmoqda. Malayziyaning o’ziga xos ustunliklaridan biri bu inson resurslari hisoblanadi. Malayziya yosh, o’qimishli va unumdor ishchi kuchiga ega. Malayziya hukmati inson resurlari rivojiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Malayziyadagi yuqori investitsiya muhiti ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun dunyoning eng qulay joylaridan biri bo’lishiga xizmat qildi. Hozirgi kunda Malayziyada dunyoning 40 mamlakatidan 5000dan ortiq korxonalar o’z faoliyatini olib bormoqda. Ularning kopchiligi o’z biznesini Malayziyada kengaytirib diversifikatsiya qilib kelmoqda. Malayziya investitsiya taraqqiyot davlat organi ( MIDA ) Malayziyada ishlab chiqarish va xizmatlar tarmoqlarini rivojlantirish uchun hukumatning asosiy agentliklaridan biri hisoblanadi. Malayziya investitsiya taraqqiyot davlat organi (MIDA) korxonalarga kapital qo’yilmalarni sanoat, xizmatlar sohasida mamlakatlarini joylashtirishga ko’maklashuvchi organ bo’lib uning yana bir vazifasi hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashish hisoblanadi. MIDAning keng qamrovli xizmatlari investitsiya sherikchiligi uchun hamkor qidirayotgan xorijiy sarmoyadorlar uchun mamlakatdagi investitsiya imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot beradi.
Malayziya investitsiya taraqqiyot organi (MIDA) ni tomonidan ishlab chiqarish va xizmatlar sohasiga TTXIlarni jalb qilishni rag’batlantirish bo’yicha turli xil rag’batlantiruvchi dasturlar va loyihalar ishlab chiqilgan. Ularning asosiylari quyidagilar: savdo va investitsiya tashviqoti, turli uchrashuvlar va kichik seminarlar, maxsus loyihalar targ’iboti, xalqaro seminarlar, forumlar, xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar, sanoat yetakchilari dasturi, ommaviy axborot vositalari keng foydalanish, xalqaro ko’rgazmalar. MIDA tomonidan TTXIlarni jalb qilish uchun yaratilgan imtiyozlar:
1.“Investitsiyalarni himoya qilish to’g’risida”gi akt (Promoted lists of the Promotion of Investments Act (PIA)), 1986 yilda qabul qilingan barcha turdagi investitsiyalar uchun imtiyozlar, yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulotlar uchun imtiyozlar beradi.
2.“Investitsiyalarni himoya qilish to’g’risida”gi aktning alohida bo’limlari, 1986-yilda qabul qilingan va strategik loyihalar uchun imtiyozlar, Halal Food Products mahsulotlari uchun imtiyozlar, tadqiqot va rivojlanish(R&D) faoliyati uchun imtiyozlar, xususiy oliy ta’lim muassasalari texnik va professional o’quv yurtlari uchun imtiyozlar, davlat tijorati uchun imtiyozlar beradi.
3.Tadqiqot va rivojlanish(R&D) faoliyatidagi izlanishlar, resursga asoslangan va asoslanmagan sanoatda Daromad Soliq Akti (Income Tax Act (ITA)), 1967-yilda qabul qilingan. Aerokosmetika sanoati, sog’liqni saqlash sohasi, ichki investitsiya tashabbusi uchun imtiyozlar beradi.
Xulosa
Malayziya hududida miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmiga oid guldor sopol idish va haykallar (Alor-Gajax va Berxallimadagi tosh yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi boʻyida harsang terrasalar, sagʻanalar, jez buyumlar topilgan. 7–8-asrlargacha hind namunalariga taqlid qilingan: Budda ibodatxonalari va haykallari tiklangan. Bezak sanʼatida oltin va kumushdan, shoyi, sopoldan foydalanilgan, kashtachilik rivojlangan. 14-asrdan islom dini kirib kelishi munosabati bilan musulmon inshootlari qurish urf boʻldi (Perax, Kedax va Joxorda 17– 18-asrlarda mayejid va maqbaralar qurilgan). 15–19-asrlarda, ayniqsa, kulolchilikda xitoylarning taʼsiri kuchaydi. 16-asrda mustamlakachilar bostirib kelgach, qad. madaniyat tanazzulga uchrab, yevropacha meʼmorlik va sanʼat shakllari joriy etila boshladi. 19-asr 2-yarmida shaharlar (Pinang, Kuala-Lumpur) rivojlandi. Yevropa, Xitoy, Hindiston, musulmon uslublari krrishmasidan iborat imoratlar qurildi. Turar joylar qoziq va toshlar ustiga, yerga yogʻoch hamda bambuk sinchlardan bar-po etildi.
20-asrdan katta shaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yoʻldosh shaharchalar barpo etila boshladi. Malayyaning „kampong“ deb ataluvchi qishloklari zich tarzda yoki yoʻllar, daryolar, togʻ vodiylari boʻylab joylashtiriladi. Malayziya daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uchratish mumkin. Mamlakatning qad. aholisi boʻlmish changalzor kishilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan chaylalarda yashaydi. Yangi qishloqlarda gʻisht, temir-beton va yogʻochdan uylar qurilayotir.
20-asr boshlaridan chinni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Xonadonlarda toʻqilgan gazmoldan sarongi deb ataluvchi milliy kiyim va roʻmollar zardoʻzlik usulida tayyorlanadi. Perakda kashtachilik rivojlangan. Kelantan zargarlari zebziynat buyumlari, oʻyma naqshli idishlar, qumgʻonlar, qutichalar yasaydilar. Foydalanilgan adabiyotlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Faminskiy I.P. Globalizatsiya - novoye kachestvo mirovoy ekonomiki: uchebnoye posobiye. - M.: Magistr, 2009. - 397 s.
6. A.A.Isadjanov. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi. T.: JIDU, 2008,- 185
7. Kolesov V.P., Kulakov M.V. Mejdunarodnaya ekonomika: Uchebnik. - M.: INFRA-M, 2008.
8. Globalizatsiya mirovogo xozyaystva. Uchebnoye posobiye /pod. red. M.N.Osmovoy M.N., A.V.Boychenko. M.: INFRA-M, 2006. - VIII, 376 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |