Kirish. Maktabgacha ta’lim muassaasalarida jismoniy tarbiya berishning ahamiyati. II. Asosiy qism


Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy ta’lim berish shakllari



Download 230,63 Kb.
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi230,63 Kb.
#242174
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NILUFAR O'KTAMOVA .MUSTAQIL TA'LIM (Автосохраненный) — копия

2.Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy ta’lim berish shakllari.

Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalari yaslilar, bolalar bog‘chalari; jamoat muassasalari mahkamalar, korxonalar, xususiy bog‘chalar. Jismoniy tarbiya, asosan, davlat muassasalarida amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya. Bolalar bog‘chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi, u mashg‘ulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning me’yorini aniqlashga yordam beradi.

Yasli va bog‘chalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun o‘quv tipidagi mashg‘ulotlar ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalari, chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli o‘yinlar, ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, yakkama-yakka va mustaqil mashg‘ulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashqari musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyaning vazifalarini hal qiladigan jismoniy mashqlar, o‘yinlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi.

O‘quv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari bolalarni harakatga o‘rgatishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu mashg‘ulotlar yasli va bog‘chalarning hamma guruhlarida o‘tkaziladi. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda har bir bola bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qo‘shib olib boriladi.

1-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhlarida haftada 1 marotabadan, 3-7 yoshdagi bolalar guruhlarida haftada 3 marta jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Yosh ortgan sari mashg‘ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg‘ulotlar 4 qismdan - kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlardan iborat bo‘ladi va ularning har birida aniq vazifalar hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, harakatli va syujetli (O‘rmonga sayohat va boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, so‘ngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to‘siqlardan oshish, suzish va ochiq havoda bo‘lish ob-havoga hamda jihozlarga qarab o‘tkaziladi.

Ertalabki gimnastika yasli va bog‘chalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turgandan keyin o‘tkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga bo‘lingan guruhlarda, kattaroq yoshda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy o‘tkaziladi. ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli mashqlar bajarish hamda sakrash bilan olib boriladi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan qo‘shiqlar bilan o‘tkaziladi.

Tizimli o‘tkazilgan jismoniy mashqlar, asosan, bolalarning kuchini, egiluvchanligini mustahkamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak-tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning sog‘liqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarning shakllanishiga olib keladi.

Kichik yoshdagi bolalarning jismoniy mashqlari kimlarga yoki nimalargadir taqlid qilish asosida hayotda uchraydigan syujetlarni o‘z ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan 6 gacha, yosh ulg‘aygan sari 8 tagacha bir kompleksga birlashtirilib, bir haftaga mo‘ljallab tuziladi va 3-4 kundan so‘ng murakkablashtiriladi. Ular 7-12 daqiqa davomida o‘tkaziladi. 6-7 yoshdagi bolalarga esa maktab dasturi materialiga yaqin bo‘lgan jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. Jismoniy mashqlar me’yori ularni bajarish og‘irligiga qarab belgilanadi. Elka va bo‘yin mushaklari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel mushaklari mashqlari 4-8 marta takrorlanadi.

Chiniqtiruvchi muolajalarga yasli va bog‘chalarda bolalarni kundalik va hayotiy chiniqtirishdan tashqari, maxsus havo va quyosh nurlarida, suvda cho‘miltirish orqali chiniqtirishlar kiradi. Bulardan tashqari, yana ayrim muolajalar borki, ular jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borilgandagina samara beradi.

O‘yinlar ertalab soat 10:00-12:00 larda va tushlikdan so‘ng o‘tkaziladi. Ularning maqsadi bolalarda bizga ma’lum bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishdir.

Jismoniy tarbiya daqiqalari rasm mashg‘ulotlarida, plastilin bilan ishlash paytida hisob, nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlar uchun 2-3 ta jismoniy mashq tanlanib, ular turgan, o‘tirgan holda bajariladi.

Harakatli o‘yinlarni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, maydon va undagi sharoitga e’tibor beriladi. Tarbiyachi o‘yinni tanlab olgandan so‘ng, uni qo‘llash usuliyatini puxta o‘ylab, so‘ngra o‘tkazadi. Bola uchun notanish o‘yinlarni o‘ynatish ancha qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Katta yoshdagilarga esa mustaqil vazifalar beriladi. O‘yinlar 7-15 daqiqagacha davom etadi va 5-7 marotaba takrorlanadi. Sayohat haftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha bo‘lganlarda ham 1-2 marotaba uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan joy, mashg‘ulot ssenariysi tuzilib, sharoiti hisobga olinishi va lozim bo‘lgan jihozlar tayyorlanishi shart. Yoshiga qarab sayohat muddatini 20 minutdan 1,5 soatgacha davom etkazish mumkin.

Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari (Yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik, Konstitutsiya kunlari)ga bag‘ishlab yoki bog‘chadan maktabga kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida o‘tkaziladi. Har xil o‘yinlar, raqslar, musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi ssenariysiga kiritilishi mumkin.

Jismoniy mashqlar bilan individual shug‘ullanish mashg‘ulotlari vrach yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlarda tana tuzilishida yoki yurak-tomir tizimida nuqsoni bo‘lgan, surunkali kasal bolalar bilan shug‘ullanish uchun qulay imkoniyatlar bor. Uning davom etish muddati kasallarning jismoniy tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. Mashg‘ulotlar davomida shifokor maslahati asosiy rolni o‘ynaydi.

Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish mashg‘ulotlari bolalarga o‘zlari yaxshi ko‘rgan jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lish imkoniyatini beradi. Buning uchun tarbiyachi ularga jihozlangan gimnastika shaharchasi yoki maxsus bolalar maydonchasi, suzish havzasi, sport jihozlari va anjomlarini tayyorlab qo‘yadi.

Mashg‘ulot paytida tarbiyachining bolalarga rollarni ajratib qo‘yishi lozim bo‘lgan samarani beradi.

Yasli va bolalar bog‘chasida umumiy ish rejasi tuzilib, unda jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi. Bu bo‘limda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi yoritiladi va uni bajarish uchun aniq vazifalar belgilanadi. Vazifalar har xil bo‘lishi mumkin: suzishni o‘rgatish, velosiped, samokat, rolikli konkida uchishni o‘rgatish va boshqalar. Buning uchun tarbiyachilar oldindan maslahatlashib, basseyn to‘ldiriladi yoki yaxmalak uchish joyi tayyorlanadi. Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar va haftalarga bo‘lib reja tuzadi va o‘sha reja asosida jismoniy tarbiya jarayonining borishini boshqaradi. Rejalashtirishda bolalarning jismoniy tayyorgarligi e’tiborga olinishi shart. Yasli va bog‘chada yiliga 3-4 marta bolalar jismoniy tayyorgarligining tizimli hisob-kitob ishlari olib boriladi va jismoniy sifatlarining rivojlanishi nazorat qilinadi. Shunga asoslanib, tarbiyachi maktabga yo‘llanma olgan bola haqida hisobot tayyorlaydi

Jismoniy mashqlar

Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi asosiy o‘ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

“Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanganda hech

qanday dori-darmonga hojat qolmaydi”2

Raqs mashqlari organizmning barcha tizimlariga ta’sir qiladi, jismoniy fazilatlarni rivojlantiradi, harakatlar nafis, erkin ifodalibo‘la boradi, ijobiy xislar paydo qiladi, to‘g‘ri qad-qomatni shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun raqs va o‘yin elementlari (galop, oyoqlarni yonma-yon qo‘yish kabilar) jismoniy tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi .

3.Xorijiy davlatlarda bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi.

Jahon sporti va jismoniy tarbiyasining rivojlanishi aniq ifodalangan ikki asosiy yo‘nalishga ega.

Birinchi yo‘nalish — barcha mamlakat va qit’alarda egallab olinayotgan sportning klassik turlarini har tomonlama rivojlantirish va yoyish hamda Olimpiya o‘yinlarida rasm bo‘layotgan sport turlarini eng ko‘p tarqatishdan iboratdir.

Ikkinchi yo‘nalish — millatni sog‘lomlashtirishda jismoniy tarbiya va sportning milliy turlaridan yanada ko‘proq foydalanishdir. Jismoniy tarbiya va sportning bu turlari muvaffaqiyatli yashamoqda va yoshlarga ma’qul kelmoqda, hatto klassik turlar bilan raqobatlashmoqda Nima uchun chet ellarda sport rivojiga bunchalik e’tibor berilishini mana hunday nazariy muhokama va ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining iqtisodiy samaradorligi bilan tushuntirish lozim bo‘ladi. Sportning o‘ziga xos yana bir ajoyib tomoni shuki, sport u yoki bu ijtimoiy tuzumning afzalligini deyarli har kuni yuz millionlab odamlarda juda ko‘rgazmali tarzda, ya’ni, mehnatkashning salomatligida, umrboqiyligida, to‘la-to‘kis hayotida namoyon qiladi.

Ilg‘or kapitalistik mamlakatlar katta sport rivojlanishini tezlashtirish choralarini ko‘rayotganlari bejiz emas. Shu maqsadda muayyan siljishlar ro‘y beryapti va xozirgi zamon ilmiy-texnika revolyutsiyasi erishgan yutuqlarni hisobga olgan holda sport moddiy-texnika bazasini takomillashtirish ta’minlanmoqda. Ammo bu jarayon ko‘proq foyda olish manbai sifatida kechmoqda. Monopoliyalar o‘rtasida sport asbob va anjomlari sotish bozori uchun keskin kurash quloch yozgan. Bu xaqda I. S. Stekov to‘plagan faktlar qiziqarlidir. Masalan, Buyuk Britaniya bozorlari uchun Italiya firmasi «Valsport» va Garbiy Germaniyaning sport poyabzali ishlab chiqaruvchi «Adidas» firmasi kurash olib bormoqdalar. «Adidas» firmasining egasi Xorst Dassler esa Ralf Bostan uchun maxsus tufli tayyorlab berdi. Bu «Adidas» firmasi mahsuloti uchun muvaffaqiyatli reklama yaratdi, unga esa juda katta foyda keltirdi. G‘arbiy Germaniyaning «Puma» firmasi egalariga shu firma tikib bergan tuflini o‘payotgan Eysebio fotosurati juda katta foyda keltirdi. 1968 yilgi qishgi Olimpiadada qor chang‘isi sporti bo‘yicha uchta oltin medal sohibi bo‘lgan Kil uchun chang‘i yasab bergan «Rassional» fransuz firmasi o‘z mahsulotini sotishda katta muvaffaqiyatga erishib qor chang‘ichilari uchun jihozlar sotish bo‘yicha jahon bozorida uzoq yillar davomida ustunlikka erishdi, deb yozadi.

Sport inshootlari qurilishi ham keyingi yillarda birmuncha o‘sdi. Biroq korxona egallari ommaviy jismoniy tarbiyani ikkinchi o‘rinda qoldirib, eng ko‘p tomoshabinlarni o‘ziga jalb etuvchi sport turlariga uziga jalb etuvchi sport turlariga mablag sarflamoqdalar.


AQSh ta’lim tizimi

Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi

quyidagicha:

- bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;

- 1- 8 - sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda

6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);

- 9 12 - sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17

yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar).

U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki

doktoranturalardir. Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa

oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.

AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.

Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog‘chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog‘chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo‘luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning o‘zi olib keladi. 5 yoshdan esa

«Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish Vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9 -sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi. 1 - kasb-hunar ta’limi, 2 - biznes ta’limi, 3 - savdo va sanoat ta’limi hamda 4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi. 1-kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2- bakalavr 4 yillik kollejlarda , 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirishi mumkin. Bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4 bosqich esa aspirantura, doktorantura. Maktablarda ta’lim televidiniesi, elektron til laboratoriyasi, videoapparatura kompyuter va hokazolarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan. Maktablar ta’til vaqtida ham ishlab turadi. To‘garaklarda qayta tayyorlash ishlari olib boriladi. XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo‘lishi o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarini namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlarga chiqishlari; har bir voyaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish o‘qish uchun barcha shart- sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan. Bu AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir. Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSh jahon mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.




Download 230,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish