Muhandislik va texnik sohada texnik risk deganda xavfli ishlab chiqarish ob’yektining faoliyati davrida muayyan darajadagi (sinfdagi) oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qurilmalarning ishdan chiqishi ehtimoli tushuniladi. Bundan tashqari, texnik sohadagi “risk” tushunchasi texnosfera elementlaridan foydalanishda avariya yoki falokat ehtimolini ifodalovchi mexanizmlar, mashinalar, texnologik jarayonlar ishonchliligining umumiy ko‘rsatkichi ma’nosini anglatishi mumkin. Risk darajasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda RT– texnik risk; ΔT – muayyan turdagi texnololgik ob’yektlar va tizimlarda t vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan avariyalar soni; T – risk omili f ga duch kelgan bunday ob’yekt va tizimlar soni.
Sug‘urta sohasida:
Risk – sodir bo‘lish vaqti va joyi belgilanmagan, inson hohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan, xavfli va natijada sug‘urta qilish uchun sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisadir; sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi ehtimoli va yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdori nuqtai nazaridan baholanishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar.
Risk – sug‘urta shartnomasida qoplanishi kafolatlanadigan, zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisa [7].
Axborot xavfsizligi riski – mavjud tahdidning aktiv yoki aktivlar guruhidagi zaiflikdan foydalangan holda tashkilotga zarar yetkazish ehtimoli.
Risk – axborot tizimi xavfsizligining buzilishi bilan bog‘liq zarar yetkazishning potensial ehtimoli.
Axborot riski – xavfning yuzaga kelish ehtimoli va ob’yektning obro‘siga yetkazilgan zarar darajasini tavsiflovchi axborot xavfining o‘lchovi.
Axborot riski – kompaniya tomonidan axborot texnologiyalarini qo‘llash natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar yoki zararlar xavfi.
Boshqacha qilib aytganda, axborot risklari elektron tashuvchilar va boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda axborotni yaratish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq. Har bir predmet sohasi risk tushunchasiga o‘ziga xos ta’rif kiritishiga qaramay, mazkur tushunchaning ayrim jihatlari o‘zgarishsiz qolmoqda [6].
Umuman olganda, risk deganda muayyan hodisaning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarining uyg‘unligi tushuniladi. Odatda alohida hodisa sinflari uchun risk o‘lchovi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda P – (noxush) hodisaning yuzaga kelish ehtimoli; U – uning oqibatlari; ⊗ – biron bir muayyan uyg‘unlik.
Ko‘p hollarda turli xil yo‘qotishlarga olib keladigan biron bir salbiy hodisalarning (SH) yuzaga kelishi ehtimoli ko‘rib chiqiladi. Mavjud risk darajasini baholash metodikalari mazkur formulaga turlicha izoh beradi: ba’zilarida ehtimoliylikni tashkil etuvchilari birinchi o‘ringa chiqadi, boshqalarida esa zarar miqdori qiymati.
Resursga nisbatan tahdidni amalga oshirish natijasida yetkazilgan zararning qiymati resursning qiymatiga va resursga ta’sir qilgan vayronakorlik darajasiga bog‘liq bo‘lganligi, noxush hodisaning yuzaga kelish ehtimoli esa, o‘z navbatida ko‘rib chiqilayotgan salbiy hodisaning sodir bo‘lish ehtimoli va tahdidni muvaffaqiyatli amalga oshirish ehtimoliga bog‘liqligi sababli, risk darajasini aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
R = v*p*c*k bu yerda ν – noxush hodisaning sodir bo‘lish chastotasi (belgilangan vaqt oralig‘ida); p – tahdidni muvaffaqiyatli amalga oshirish ehtimoli; s – resurs qiymati; k ϵ [0;1] – zarar yetkazish koeffisiyenti [7].
Formulaning (1.3) o‘zgarmasligini ta’minlash uchun unga kiradigan parametrlarni normallashtirish zarur. Xususan, salbiy ta’sirga duch kelgan resurs qiymatini barcha resurslar qiymatining yig‘indisiga nisbatan baholash maqsadga muvofiq.