-mi affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi, -chi, -a, -ya yuklamalari esa o‘zidan oldingi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1. Kiyganingiz ipakmidi, kimхobmidi, Sevganingiz bizlardan ham ortiqmidi? 2. Opang-chi? Sen-chi? Men-a? Meni-ya? 2. Nahotki shu gaplarga ishongan bo‘lsangiz.
Ayirish-chegaralash yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina (-kina,- qina).
Bu yuklamalar ayrim narsa va hodisalarni boshqalardan ajratish, harakatni chegaralash uchun qo‘llaniladi. -gina affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: To‘yga Sheraligina kelmadi, xolos. O‘ktam indamadi, faqat yuragida to‘lqinlangan mehr bilan onasiga tikildi. Faqat yuklamasining o‘rnida yolg‘iz so‘zini ham qo‘llash mumkin. Sifat so‘z turkumiga oid bu so‘z nisbiy yuklama hisoblanadi: Sobir, yolg‘iz senga suyandim (Sobir, faqat senga suyandim).
Ta’kid yuklamalari: -ku, -da, -u, -yu. Gapda ifodalangan biror voqeani ta’kidlash uchun qo‘llaniladi: Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da!
Kuchaytiruv yuklamalari: axir, hatto, hattoki, -oq (-yoq).
-oq, (-yoq) affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi. Harakatning birin-ketin tezlik bilan davom qilishini, boshlanish paytini, ta’kidlashni ko‘rsatadi: Gullarni ko‘riboq ko‘ngli yorishdi. Axir, hatto, hattoki yuklamalari ham fikrni kuchli ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatishni ifodalaydi: Axir do‘stimsan-ku!
O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari: xuddi, naq, go‘yo, go‘yoki. Bahorda bu bog‘lar go‘yoki kelindek yasanadi. (CHirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi kabi gaplarda yuklama-bog‘lovchi vazifasini bajaradi.)
Inkor yuklamasi: na. Takror holda ishlatilib inkor ma’nosini ifodalaydi:
Na ko‘kning fonari o‘chmasdan,
Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan. (U.)
Yordamchi so‘zlar – ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar tilimizni, uning cheksiz imkoniyatlarini yana ham boyroq, ifodalarimizni yana ham aniqroq va go‘zalroq qilishning vositalaridandir. Yordamchi so‘z turkumlari yuzasidan olib borilgan izlanishlar quyidagi xulosalarga olib keldi:
Ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar nutqimizning cheksiz imkoniyatlarini yanada boyroq, ifodalarimizning yanada aniqroq va go‘zalroq bo‘lishini, jumlalarning rang-barangligini ta’minlovchi muhim vositalardandir.
YOrdamchi so‘zlar til tizimida mohiyatan mustaqil so‘zlar bilan qo‘shimchalar oralig‘ida turadi.
YOrdamchi so‘zlar nutq rang-barangligini ta’minlashini birgina misol yordamida ko‘rish mumkin: 1) senday qiz, 2) sendek qiz, 3) sendayin qiz, 4) sening kabi qiz, 5) sen singari qiz, 6) sening singari qiz, 7) senga o‘xshash qiz, 8) senga o‘xshagan qiz… (Bu birikmalar o‘xshash ma’noni ifodalagani bilan ularning har biri juda nozik farqlarga ega).
Bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-bog‘lovchi, ko‘makchi-yuklama kabilar muosir, til tizimida ko‘rsatilganidek, yordamchi so‘z turkumlariga xos bo‘lgan “oraliq uchinchi”lardir.
Tilimizda nisbiy ko‘makchilar, nisbiy bog‘lovchilar, nisbiy yuklamalar sirasi mustaqil so‘zlarning yordamchilashishi evaziga boyib bormoqda.
O‘z mohiyati bilan yuklamalar modal so‘zlarga yaqin turadi. Shu tufayli bu ikkisi ko‘pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so‘zlar bilan yuklamalarni tenglashtirib bo‘lmaydi. Yuklamalar:
1) yuklamalar rang-barang ma’nolarni ifodalaydi, shulardan ba’zilarigina modal ma’noga yaqin keladi;
2) yuklamalar ko‘pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so‘zga tirkalib yuradi. Modal so‘zlar esa:
gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murak-kablashtiruvchi vosita sifatida ro‘yobga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, [Wpm] gap qurilish qolipining [Rm] qismida mujas-samlangan va xilma-xil vositalar bilan ifodalanadigan tasdiq /inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat’iylik, istak, imkoniyat kabi modal ma’nolar gapning boshqa bo‘laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan modal so‘zlar, tasdiq/inkor so‘zlar vositasida kengaytiriladi: Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi…(A.Qah.)
mustaqil ravishda yakka o‘zi bitta gap bo‘lib kela oladi va modal so‘z-gaplar deb yuritiladi. Bunday so‘z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlangan bo‘ladi: Kelasizmi? - Albatta.
yuklamalar morfologiyada yordamchi so‘zlar guruhida, modal so‘zlar so‘z-gaplar doirasida o‘rganiladi;
boshqa so‘z guruhlari kabi modal so‘zlar ham, yuklamalar ham o‘ziga xos morfologik, sintaktik, ma’noviy belgilarga ega. Modal so‘zlar bilan yuklamalarning o‘zgarmasligi ularning m o r f o l o g i k belgisiga kiradi. S i n t a k t i k jihatdan esa modal so‘zlar ajraluvchilik (ya’ni kirish so‘z vazifasida kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo‘lagi bo‘la olmaslik) belgisiga ega.
Xulosa
Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o'zbek tili bog'lovchilarining ma'no va xususiyatlan tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog'lovchilar bilan bog'hq masalalarni to'g'ri va to'la hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masalalardan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |