Kirish kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati


Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O`zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi4



Download 415,12 Kb.
bet9/9
Sana22.07.2021
Hajmi415,12 Kb.
#126039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shohrux Xayitov Kurs ishi Автосохраненный

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O`zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi4

(joriy narxlarda, mlrd.so`m)

 

2010y.

2011y.

2012y.

2013y.

2014y.

2015y.

2016y.

2017y.

2018y.

I. YaIM, jami

74 042,0

96 949,6

120 242,0

144 548,3

177 153,9

210 183,1

242 495,5

302 536,8

407 514,5

shu jumladan:




























Tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymati

64 578,4

85 322,1

105 925,2

128 619,9

158 773,5

190 036,2

220 064,0

267 744,8

361 951,1

Mahsulotlarga sof soliqlar

9 463,6

11 627,5

14 316,8

15 928,4

18 380,4

20 146,9

22 431,5

34 792,0

45 563,4

II. Tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymati

64 578,4

85 322,1

105 925,2

128 619,9

158 773,5

190 036,2

220 064,0

267 744,8

361 951,1

Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi

21 251,3

30 658,6

36 954,6

42 636,8

53 613,2

64 680,3

74 779,0

90 983,9

117 315,8

Sanoat (qurilishni qo`shgan holda)

16 757,9

20 417,3

26 064,1

32 646,9

41 234,9

49 849,2

58 545,9

74 799,0

115 818,3

sanoat

12 997,3

15 951,8

20 462,7

25 388,7

32 136,7

38 466,6

45 397,9

59 570,4

95 083,9

qurilish

3 760,6

4 465,5

5 601,4

7 258,2

9 098,2

11 382,6

13 148,0

15 228,6

20 734,4

Xizmatlar

26 569,2

34 246,2

42 906,5

53 336,2

63 925,4

75 506,7

86 739,1

101 961,9

128 817,0

savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar

5 982,7

7 619,7

8 956,2

11 217,9

13 836,3

16 145,3

18 755,4

21 540,6

26 493,0

tashish va saqlash, axborot va aloqa

7 337,8

9 432,3

11 911,0

14 609,1

17 003,8

19 158,2

21 113,0

25 305,5

29 868,3

boshqa xizmat tarmoqlari

13 248,7

17 194,2

22 039,3

27 509,2

33 085,3

40 203,2

46 870,7

55 115,8

72 455,7

1-jadval

5,6 1-rasm.YaIMning o‘sish sur’atlari (foiz hisobida)

O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YaIMining hajmi xarid qilish qobiliyatining pariteti bo‘yicha qariyb 4,5 marta oshdi, shu bilan birga, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil qilmoqda.



7

2-rasm.Inflyatsiya darajasi (foiz hisobida)

1991-2013 yillarda sanoat ishlab chiqarish hajmi 3,7 marta oshdi va oxirgi 10 yilda sanoat o‘sishining o‘rtacha yillik sur’atlari YAIMning o‘sish sur’atlariga qaraganda ilgarilab, 9,4 foizni tashkil qilmoqda.

2000-2013 yillarda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizdan 24,2 foizgacha o‘sdi, bunda sanoatning tarkibi sezilarli darajada diversifikatsiya qilindi, bu sanoatda xomashyoga yo‘naltirilishdan ichki va tashqi bozorda talab etilgan tayyor tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi. 

O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi.

Asaka va Pitnak shaharlarida «General Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi.

Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.

Shu bilan birga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2000-2013 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi.

2-jadval



Sanoat tarmoqlarining o‘sish sur’atlari, (foiz)

8(1990 y. = 100 foiz)9




1990y.

2000y.

2013y.

Sanoat - jami

100

123,6

3,7 m.

Elektr energetikasi

100

78,9

85,4

Yoqilg‘i sanoati

100

127,3

2,4 m.

Qora metallurgiya

100

58,8

1,8 m.

Rangli metallurgiya

100

87,7

100,9

Kimyo va neft-kimyo sanoati

100

101,6

3,6 m.

Mashinasozlik va metallga ishlov berish

100

142,2

18,5 m.

O‘rmon, yog‘ochga qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati

100

248,4

19,8 m.

Qurilish materiallari sanoati

100

58,4

1,9 m.

Yengil sanoat

100

159,2

5,0 m.

Oziq-ovqat sanoati

100

150,0

7,5 m.

Boshqa tarmoqlar

100

162,6

7,0 m.

Faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi, sanoat tarmoqlari va ishlab chiqarish infratuzilmasining texnik modernizatsiya qilinishi iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishga xizmat qildi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston eksportining tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi, eksport monokulturasi – paxtaga bog‘liqlikka barham berildi, uning ulushi 59,7 foizdan 8 foizgacha kamaydi, tashqi savdo jug‘rofiyasi tubdan o‘zgardi, bu mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi.

Masalan, 1990-2013 yillarda O‘zbekistondan mahsulot eksport qilish hajmi 35,2 marta oshdi, bunda keyingi 13 yil mobaynida savdo balansining musbat saldosi barqaror ta’minlanmoqda.

Birgina so‘nggi o‘n yil ichida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot, xususan, avtomobil eksport qilish hajmi 11,6 marta, yigirilgan ip eksport qilish hajmi 4,1 marta, trikotaj polotno eksport qilish hajmi 114,8 marta, o‘g‘itlar eksport qilish hajmi 11,3 marta oshdi.

3-jadval

Eksportning tovar tarkibi, % hisobida10


 

1990y.

2013y.

Paxta tolasi

59,7

7,5

Oziq-ovqat mahsulotlari

3,9

9,5

Kimyoviy mahsulotlar

2,3

3,9

Energiya manbalari va neft mahsulotlari

17,1

30,1

Qora va rangli metallar

4,6

6,1

Mashina va asbob-uskunalar

1,7

5,3

Xizmatlar 

1,3

18,9

Boshqalar 

9,4

18,7

Agar 1990-yillarning boshida respublikamiz tashqi savdosi faqat MDH mamlakatlari bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda tashqi savdoning 40 foizidan ko‘pi Osiyo mamlakatlari, 15 foizi Yevropa mamlakatlari bilan amalga oshirilmoqda.Mustaqillik yillarida temir yo‘l aloqasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirildi.

Yangi temir yo‘llar, shu jumladan Navoiy – Uchquduq – Sulton Uvaystog‘ – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha Amudaryo daryosidan o‘tuvchi 342 km uzunlikdagi, Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha dengiz sathidan 1500 metr balandlikdagi tog‘li dovon orqali o‘tib, Afg‘onistonning shimoliy chegaralariga chiquvchi 223 km uzunlikdagi yangi temir yo‘l qurildi.

345 km uzunlikdagi Toshkent – Samarqand, 66 km uzunlikdagi Toshkent – Xo‘jakent va 115 km uzunlikdagi To‘qimachi – Angren temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi. 2011 yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha «Talgo-250» zamonaviy qulay poyezdlari negizida «Afrosiyob» yuqori tezlikka ega yo‘lovchi poyezdi foydalanishga topshirildi.

2013 yilda transmilliy transport koridorini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 19 km uzunlikdagi yer osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan 125 km uzunlikdagi Angren-Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi.

Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi doirasida so‘nggi yillarda qariyb 2 ming km avtomobil yo‘llari, shu jumladan O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi 1,5 ming km uchastka qurilib, rekonstruksiya qilindi.Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markaziy qismi bilan bog‘lovchi ikkita yer osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi eng yuqori xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 20 dan ortiq xalqaro transport koridorlari ishlab turibdi, shundan 2 ta yirik xalqaro avtomobil yo‘li G‘arbiy Yevropa davlatlarini

O‘zbekistonning butun hududida MDHda havo harakatini boshqarishning eng yaxshi tizimlaridan biri sifatida e’tirof etilgan navigatsiya tizimi takomillashtirildi. Bugungi kunda samolyotlar parkidan faqatgina «Boing» va «Airbus» kabi jahonda yetakchi hisoblangan ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy havo kemalari joy olgan. Bortiga O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgan samolyotlar Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning 40 dan ortiq mamlakatiga parvoz qilmoqda.

Mustaqillik yillarida xizmatlar ko‘rsatish sohasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng istiqbolli va jadal rivojlanuvchi tarmog‘iga aylandi. Agar 2000 yilda YAIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 37,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2013 yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 53 foizga teng bo‘ldi. 4-jadval



Kichik biznes ulushi (foiz hisobida)




2000 г.

2013 г.

YAIMda

31,0

55,8

sanoatda

12,9

28,1

qurilishda

38,4

71,5

tovar aylanmasida

42,5

46,1

umumiy bandlikda

49,7

76,7

eksportda

10,2

24,1

2000-2013 yillarda YAIM tarkibida kichik biznesning ulushi 31 foizdan 55,8 foizgacha, sanoatda 12,9 foizdan 28,1 foizgacha, qurilishda 38,4 foizdan 71,5 foizgacha, eksportda 10,2 foizdan 24,1 foizgacha oshdi.

Hozirgi vaqtda kichik biznes O‘zbekistonda mehnatga jalb qilish va aholi bandligini oshirishning asosiy sohasi hisoblanib, respublikamiz barcha band aholisining 76,7 foizini ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi.So‘nggi yillarda soliq solishning muqobil tizimi shakllantirilgan bo‘lib, buning natijasida umumiy soliq yuki 3 marta kamaydi. Bunda davlat tomonidan eksportchi korxonalarga, kichik biznes sub’yektlariga hamda investitsiyalarni amalga oshiruvchi va mahsulotning yangi turlarini o‘zlashtiruvchi korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berilgan.1998 yilda qabul  qilingan O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko‘p sarf-xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo‘lmagan statsionar tibbiy yordamdan ambulotor-poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor ahamiyat berishga o‘tishda muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, qishloq joylarida yaxshi samara bermayotgan feldsher-akusherlik punktlari o‘rniga qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi.

Aholini sifatli ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyat ko‘rsatib turibdi.

Yodlangan tuz ishlab chiqarishning keng yoyilishi va unni boyitish dasturlarining amalga oshirilishi, aholi o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish ishlarining olib borilishi natijasida yod tanqisligi, temir va foliy kislotasining yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishi oxirgi o‘n yil ichida 2 martadan ko‘pga kamaydi.

Mamlakatimizda kasalliklarning oldini olish va turli profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning aniq maqsadli va samarali tashkil etilishi natijasida ko‘plab yuqumli kasalliklarning kamayishiga va bartaraf etilishiga erishildi.

Sog‘liqni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan davlat siyosati chora-tadbirlari tufayli onalar va bolalalar o‘limi darajasining barqaror pasayishiga erishildi.Mustaqillik yillarida chaqaloqlar o‘limining umumiy koeffitsiyenti 1990 yildagi 34,6 promilldan 2013 yilda 9,8 promillgacha, onalar o‘limining umumiy koeffitsiyenti 65,3 promilldan 20,0 promillgacha kamaydi.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi yillarida ta’lim uchun davlat byudjeti xarajatlari 1990 yildagi 17,9 foizdan 2013 yilda 34,2 foizgacha ortdi, sog‘liqni saqlash uchun 9,6 foizdan 14,4 foizgacha oshdi. Har yili ijtimoiy ehtiyojlar uchun, shu jumladan ijtimoiy soha muassasalarining moliyaviy ta’minotini mustahkamlash chora-tadbirlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish uchun Davlat byudjeti barcha xarajatlarining taxminan 60 foizi yo‘naltiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan  ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy  tamoyillariga izchil amal qilinishi mustaqillik yillarida iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishini ta’minladi. Bu tarraqiyet yo‘limiz  jahon hamjamiyati orasida rivojlanishning «o‘zbek modeli» deya  e’tirof etildi.   Shu bilan birga, ushbu tanlangan yo‘l  tarixan qisqa mudtada mamlakatimiz iqtisodiyot tarkibini tubdan o‘zgartirishga, uning   raqobatbardoshligini oshirishga, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, aholi  farovonligini  oshishiga sabab bo‘ldi.11

Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish

2019 yilning yanvar – martida O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 91 097,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2018 yilning yanvar – marti bilan taqqoslaganda 5,3%ga o‘sdi.  YaIM ning 1991-2016 yillarda o`rtacha yillik o`sish sur`ati 4,5 foizni tashkil qildi.



3-rasm.1991-2016 yillarda YaIM ning o`sish sur`atlari, foiz hisobida12

O`zbekiston o`zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan eng qisqa muddatlarda, ya`ni 1996 yildayoq iqtisodiy tanazzulning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minladi va iqtisodiyot tarkibini o`zgartirish bilan bog`liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga oshirishga kirishdi.



O`zbekiston iqtisodiyoti 1996-2003 yillar davomida o`rtacha yillik 4% o`sish darajasi bilan rivojlandi.

5-jadval

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha yalpi ichki mahsulotning tarmoqlari tarkibi
(joriy narxlarda, mlrd. so`m)

 

1995y.

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.*

I. YaIM, jami

302,8

3 255,6

15 923,4

62 388,3

199 325,1

shu jumladan:

Yalpi qo`shilgan qiymat

263,0

2 848,0

14 233,3

56 671,4

182 071,9

Mahsulotlarga sof soliqlar

39,8

407,6

1 690,1

5 716,9

17 253,2

II. Yalpi qo`shilgan qiymat

263,0

2 848,0

14 233,3

56 671,4

182 071,9

Qishloq, o`rmon
va baliq xo`jaligi


85,1

978,5

4 192,8

11 201,0

32 048,1

Sanoat
(qurilishni qo`shgan holda)


73,1

658,6

4 142,0

18 875,3

59 820,9

sanoat

51,7

462,4

3 370,9

15 114,8

46 708,7

qurilish

21,4

196,2

771,1

3 760,5

13 112,2

Xizmatlar

104,8

1 210,9

5 898,5

26 595,1

90 202,9

savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar

23,1

351,6

1 400,2

5 982,7

19 137,3

tashish va saqlash,
axborot va aloqa

22,1

250,6

1 676,7

7 337,7

22 745,8

boshqa xizmat tarmoqlari

59,6

608,7

2 821,6

13 274,7

48 319,8

 

Iqtisodiy o`sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko`rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o`sish sur`atlari qishloq xo`jaligida 1,9 marta (2007-2016 yillar uchun o`rtacha yillik o`sish – 6,5%), sanoatda – 1,7 barobar (5,6%), qurilishda – 3,9 barobar (15,0%), xizmatlar sohasida – 2,5 barobar (9,7%) o`sganligi hisobiga ta`minlangan.

Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o`sish sur`atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o`zgarishlarining yuz berishi ta`minlandi.

Tarkibiy o`zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi.





4-rasmYaIM tarkibining o`zgarish dinamikasi
(foizda)

Mustaqillik yillarida sanoat tarmog`i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining (1995 yilda 32,4 foizdan 2016 yilda 17,6 foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ijobiy o`rtacha yillik o`sish sur`atlari fonida sodir bo`ldi.

Sanoat tarmog`ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o`sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo`shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha oshishi ta`minlandi.

Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o`sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko`rsatish va servis sohasini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2016 yilda 49,5 foizgacha oshdi.

Ichki halqa-2010y., o`rta halqa-2015y., tashqi halqa-2016y.



5-rasm.Sanoat yalpi qo`shilgan qiymatining tarkibi, jamiga nisbatan
(foizda)13

Mustaqillik yillarida YaIM tarkibida mulkchilik shakllari bo`yicha tub o`zgarishlar ro`y berdi. Nodavlat sektori YaIM ni ishlab chiqarishda asosiy o`rinni egalladi va uning ulushi 1995 yildagi 58,4 foizdan 2016 yilda 81,3 foizgacha oshdi.







6-rasm. YaIM ni ishlab chiqarishning mulkchilik shakllari bo`yicha tarkibi.

Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob`ektlarni hususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko`p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan.

Kichik tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2016 yillardagi rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy rivojlanish ko`rsatkichlari quyidagicha:

Yakuniy iste`mol usulida yalpi ichki mahsulot

Yakuniy iste`mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to`g`risidagi ma`lumot yakuniy iste`mol talabini qondirish va mamlakat milliy boyligining o`sishi uchun iste`mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash, YaIM ning yakuniy iste`mol yo`nalishlari bo`yicha asosiy proportsiyalarini tahlil qilish imkonini beradi.



6-jadval

YaIM ning yakuniy iste`mol yo`nalishlari bo`yicha tarkibi14




1991y.

1995y.

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.

YaIM – jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Yakuniy iste`mol 
xarajatlari


77,0

72,9

80,6

64,3

64,8

74,4

uy xo`jaliklari

54,9

50,1

60,9

47,4

47,9

57,5

davlat boshqaruvi organlari

20,7

22,3

18,7

15,9

15,8

16,1

UXXKNT

1,4

0,5

1,0

1,0

1,1

0,8

Yalpi jamg`arilish

26,8

24,2

19,6

28,0

26,6

24,9

asosiy kapitalning yalpi jamg`arilish

25,1

33,0

24,0

22,0

27,3

27,8

moddiy aylanma vositalari zaxirasining o`zgarishi

1,7

-8,8

-4,4

6,0

-0,7

-2,9

Tovar va xizmatlar eksport-importi saldosi

-3,8

2,9

-0,2

7,7

8,6

0,7

Eksport

35,3

31,6

26,5

37,9

33,1

18,8

import

39,1

28,7

26,7

30,2

24,5

18,1

 

Joriy narxlarda YaIM iste`moli tarkibida asosiy ulushi yakuniy iste`mol xarajatlariga xissasiga to`g`ri keladi. Yakuniy iste`mol xarajatlarida asosiy ulush uy xo`jaliklari xarajatlari xissasiga to`g`ri keladi va ularning salmog`i 1991-2016 yillarda 44 foizdan 63 foizgachani tashkil etdi.

Kuzatilayotgan davrda YaIM tarkibida davlat muassasalarining yakuniy iste`molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada o`zgarib turdi va 1991 yildagi 20,7 foizdan 2016 yilda 16,1 foizga kamayish tendentsiyasiga ega bo`ldiNotijorat tashkilotlari tomonidan uy xo`jaliklariga ko`rsatilgan nobozor xizmatlarining YaIM dagi ulushi o`rtacha 1,1 foizni tashkil etadi. Yalpi jamg`arilish asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalari o`sishini ifodalaydi. 1991-2016 yillarda yalpi jamg`arilishning ulushi barqaror rivojlanish tendentsiyasiga ega bo`lib, YaIM ning o`rtacha 25 foizini tashkil qildi. Yalpi jamg`arilishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi tashkil qilib, iqtisodiyotda investitsion faollikni ifodalaydi. Mazkur ko`rsatkichning ulushi 1991 yildagi 25,1 foizdan 2016 yilda 27,8 foizgacha o`sdi.

Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof eksportining YaIM dagi ulushi o`rtacha 2 foizni tashkil qildi (eksport 30,5%, import 28,5% ).


4.2017-2021 Yillarda makroiqtidsodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsion faollik oshirish yo’llari

Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish:

-makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

-soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

-ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;

bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

-sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

-xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish15.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning mazkur bosqichida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishni koʻzda tutgan barqaror rivojlanishni taʼminlash hamda iqtisodiyotni liberallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish alohida ahamiyat kasb etayapti. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, tarkibiy va institutsional islohotlarni chuqurlashtirish, hududlarni kompleks rivojlantirishga eʼtibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ijtimoiy sohani kelgusida rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, bu ijtimoiy himoyani takomillashtirish, aholining daromadi va bandligini oshirish, uning uy-joy kommunal xoʻjaligi, taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlariga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirishda oʻz aksini topadi16

2019-yil 29 may oyida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida bo’lib o’tgan konfirensiyada makroiqtidsodiy barqarorlikni,investitsion faollik oshirish va investitsion rivojlanish istiqbollarini muhokama qilindi.

Prezident qaroriga ko’ra mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagilar orqali to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini faollashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi:

kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, bank-sug‘urta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish;

to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish;

investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar (“Road Show”) va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni tashkil etish masalasi qoyildi:

2. Quyidagilar:

Investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

Belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

Xorijiy investorlarga taklif qilinadigan investitsiya takliflari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;

2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etishi uchun tavsiya qilinadigan xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o’tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda investorlarga sotiladigan xo‘jalik jamiyatlari davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini baholash va savdoga qo‘yish grafiklarini tasdiqlash buyurildi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasiga xo‘jalik jamiyatlari davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini xorijiy investorlarga sotish shartlari va usullariga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.

4. O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil kuz faslida Toshkent shahrida Toshkent xalqaro investitsiya forumini (keyingi o‘rinlarda — Xalqaro investitsiya forumi) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

5. Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) 5-ilovaga muvofiq tuzilishi aytildi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlanshi aytib otildi.



6. Tashkiliy qo‘mitaga (Aripov):17 va boshqalar.

5. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASHNING MOHIYATI, PREDMETI VA OBYEKTI

Ijtim oiy-iqtisodiy hayotni, kelajakni baholamasdan uning rivojlanish istiqbolini prognozlashsiz tasavvur qilish qiyin. Rejali ijtimoiy xo‘jalik yuritish sharoitida iqtisodiy prognozlar jam iyat rivojlanishining m umkin boMgan maqsadlarni ularga erishishni ta’minlovchi iqtisodiy resurslarni, uzoq muddatli, o ‘rta muddatli va joriy rejalarning ehtimol boMishi mumkin boMgan va iqtisodiy jihatdan samarali variantlarni aniqlash uchun, iqtisodiy va texnik siyosatining asosiy y o ‘nalishlarini asoslash, qabul qilinayotgan qarorlarning natijalarini prognozlash va har bir muayyan vaqtda aniq tadbirlarni, faoliyatni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Bozor islohotlari va ilmiy-texnik taraqqiyotni takom illashtirish sharoitida prognozlash ijtimoiy rivojlanishining strategiya va taktikani shakl-lantirishning hal qiluvchi ilmiy om illaridan biri boMib hisoblanadi. Insonning aqliy faoliyati mobaynidagi eng asosiy va muhim jihatlardan biri - bu kelajakni oldindan bashorat qilishdir. Bugungi kunda oldindan bashorat qilishning ikki xildagi ko‘rinishi mavjud - ilmiy bashoratlash hamda ilmiy asoslanmagan bashoratlash. Ilmiy asoslanmagan bashoratlash - insonning topqirligi, sezgirligi bilan bogMiq boMgan bashoratlashlarni o‘z ichiga oladi. Ilmiy bashoratlashning oddiy bashoratlashdan prinsipial farqi shundaki, ilmiy bashoratlash orqali kelajakda sodir boMishi mumkin boMgan voqea-hodisa to‘g ‘risida ishonchliroq va aniqroq maMumotga 120 ega bo‘lish mumkin. Bu orqali esa amaliyotda eng muhim va maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ilmiy bashoratlashning xilma-xil shakllari orasida eng ko‘p tarqalgan turlaridan bittasi prognozlashtirish hisoblanadi. Prognoz shu paytgacha hech bir til tizimida kuzatilmagan voqeani atamalar orqali qayd etishga, biror bir obyekt, jarayon, hodisaning holatini uzoq yoki yaqin kelajak uchun qayd etishga yordam beradi. Prognozni ishlab chiqishda tekshirilgan, aniq va ziddiyatga uchramaydigan prognozlashtirish metodidan foydalanish lozim. Ana shundagina, prognozni shaxsiy intuitiv tarzda emas, balki ilmiy asoslangan tarzda ishlab chiqilganligini etirof etish mumkin. Qolaversa, prognozlashtirilgan voqea-hodisaning realizatsiyasini kelajakda tekshirish usullari ham aniq boMishi shart. Shunday qilib, prognoz - bu kelajakda, maMum bir muddat oraligMda obyekt, hodisa yoki jarayonlaming rivoji samarasi hamda ularning ehtimolli yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ilmiy-uslubiy asoslangan mulohaza hisoblanadi. Prognozlashtirish sohasi keng qamrovli va xilma-xildir. Bugungi kunda geografik, geologik, ekologik, tibbiy prognozlashtirish, ilm-fan va texnika prognozi, iqtisodiy, sotsiologik, harbiy prognozlashtirish, tashqi-siyosiy, yuridik, madaniy-estetik va boshqa turdagi prognozlashtirish sohalarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish o ‘z ichiga toMiq iqtisodiyot taraqqiyotini o ‘z qamroviga olgan holda, uning tarmoqlari, hududlari, ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti, aholi va turmush darajasi, resurslari va iste’moli, tashqi-iqtisodiy konyunkturasi hamda ekologiyasi va shu kabi qismlarini ham o ‘z ichiga oladi. Shunga o ‘xshash prognozlashtirish klassifikatsiyalari to ‘g ‘risida keyinchalik batafsil to ‘xtalib o ‘tamiz. Hozircha esa, ishlab chiqarishni boshqarish tizimida prognozlashtirishning funksional xususiyatlari to‘g ‘risida batafsil to‘xtalib o‘tsak. Izohlanayotgan jarayonda 1-bosqich bo‘lib prognozlashtirish hisoblanadi. Prognoz - maqsadli dasturlar orqali jamiyatning ehtiyojlarini qondirish, uni kengaytirish va xalq xo‘jaligining resurslar bazasidan foydalanishga tayanib, iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llarini ochib beradi. Prognozlashtirish funksiyasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik jarayonlar va tendensiyalardan tashkil topgan ilmiy analiz; muammolami, vaziyatlami, kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini ehtimolli va ko‘p variantli bashorat qilish; ushbu jarayonlarga faol ta’sir etuvchi imkoniyat va natijalar bahosi va tanlovi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning samarali va ratsional variantlari haqidagi prognoz axborotlari maqsadli-dasturiy metodlarga tayanuvchi kompleks dasturlar ishlab chiqarilishi asosiga quriladi. Prognozlar kabi dasturlar ham aniq maqsadlar va resurslarni solishtirishni hisobga olish orqali, ularni so‘nggi ishlab chiqarish komplekslariga yetib borishigacha b o ig an asosli rejalar ishlab chiqishni ta’minlaydi. Keltirilgan sxema mustaqil mazmunni anglatmaydigan, reja oldi materiali singari prognoz haqida mulohaza yuritishga olib kelishi mumkin. Bejiz bizning barcha iqtisodiy adabiyotlarimizda 122 oltmishinchi yillargacha «prognozlashtirish» atamasidan, uni planlashtirishdan ajratmaslik maqsadida, yiroq bo‘lishgan. Albatta, prognozlashtirish - iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida butun boshli rejali boshqaruv tizimining tarkibiy qismiga aylangan, ammo uning o‘ziga xos xususiyati, o‘z metodlari va to‘liq mustaqil mazmuni ham mavjud. Prognoz hamda reja o‘rtasidagi muhim farqlami ko‘rib chiqishning o ‘zi kifoya. Reja - bu bajarilishi shart bo‘lgan, bir ma’noli direktiv hujjat. Prognoz - bu odatda ko‘p variantli, majburiy bo‘lmagan, ehtimolli mulohaza. Rejani aniq ifodalangan maqsad, qat’iy chegaralangan resurslar ajratib turadi. Prognoz uchun xos bo‘lgan xususiyatlar: maqsadlar - nazariy jihatdan erishiladiganlari, yo‘l va vositalar - ehtimollilari, resurslar -mavjudlari. Shu o‘rinda ba’zi bir boshqa farqlari ham yuzaga keladi. Reja majburiy hujjat sifatida faqatgina boshqariladigan jarayonlarga tegishli boMishi shart. Prognoz esa boshqariladigan jarayonlarni ham, boshqarilmaydigan jarayonlarni ham yoki qisman boshqariladigan jaryonlarni ham qamrab olishi mumkin. Aytaylik, ishlab chiqarish - bu shunday tizimki, uni prognozlashtirish ham, rejalashtirish ham mumkin. Qisman boshqariladigan jarayonlar ham oz emas. Ularga demografik, ilmiy-texnik, tashqi iqtisodiy jarayonlar, aholining talabi, taklifi va boshqalar. Ularga ma’lum miqdorda ta’sir etish, qisman rejalashtirish ham mumkin, biroq to‘liq holda ulami faqatgina prognoz qilish mumkin xolos. Boshqa farqlariga kelsak, ular oldini olish (ogohlantirish) vaqtiga taalluqli. Rejaning direktivlik xususiyati rejalashtirish muddatini qoida bo‘yicha besh yilga cheklaydi. Vaqt bo‘yicha prognoz imkoniyatlari doirasi chegaralanmagan, ammo amaliy jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, ilmiy asoslangan prognozlar (ilmiy fantastikadan farqli o‘laroq) yuzlab yillar davom etmaydi albatta. Ishlab chiqarish va boshqarish jarayoni sxemasida prognozlar va rejalar orasida dasturlar joylashtirilgan bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra ular oraliq xarakterga ega. Direktivlik nuqtayi nazardan ular rejalarga yaqin, ammo vaqt bo‘yicha olislik hamda cheksizlik bo‘yicha prognozlarga yaqindirlar. Axir odatda rejalar tarmoqlar, hududlar va besh yillik muddatlar orqali aniqlashtirilgan bo‘ladi. Dasturlar ko‘pincha tarmoqlararo, hududlararo hamda ko‘pyillik bo‘lishadi.

XULOSA

Kurs ishida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy xulosalar chiqarildi:Respublikamizda makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish kerak va xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish lozim.

Albatta, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish darkor.

Bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish va ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash kerak shu bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish lozim.Ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash kerak.

Va nihoyat so’ngisi xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish kerak jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.mineconomy.uz/uz/info/697

2.www.mineconomy.gov.uz/uz/news/view/697

3.fayllar.org/iqtisodiyot-nazariyasi-v3.html?page=9

4.hozir.org/iqtisodiyot-nazariyasi-v2.html?page=18

5.hozir.org/xorijiy-investitsiyalarni-jalb-qilishnin...-uslubiy-asosla.html

6.el.tfi.uz/images/Iqtisodiy-ijtimoiy_taraqqiyot_nazariyasi_5b65d.pdf

7.el.tfi.uz/images/iqtisodiyotnazariyasi_uzl_1d55d.pdf

8.library.ziyonet.uz/ru/book/download/25342

9.library.ziyonet.uz/uz/book/download/103566

10.uz.denemetr.com/docs/768/index-281148-1.html?page=3

11. Abdullaev Y. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. -T.: “Mehnat”.

12. https://stat.uz/uploads/docs/Sns-1991-2016-uz.pdf; O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari

13. П.Студснский.В Доход наций. - М. Статистика. 1969

14. Keyns J.M. Bandlikning umumiy nazariyasi, qiziqish va pul. Ingliz tilidan tarjima qilingan - M.: Helios ARV. 1999.-p.

15. https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/2038-innovatsion-faoliyat

16. ttps://mfa.uz/upload/iblock/d0c/d0cadcea6780e3239ff815569d898f36.htm

17. http://fayllar.org/makroiqtisodiyot.html?page=3

18. http://mineconomy.uz

19. https://kun.uz/uz/news/2018/12/05/2019-jilda-aim-azmi-424-trln-sumga-teng-bulisi-mumkin



1 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi ma'ruzasi. 2018 yil 7 dekabr.www.uza.uz


2 https://stat.uz/uploads/docs/Sns-1991-2016-uz.pdf; O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari

3 O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov

4 Rasmiy malumotlar asosida muallif tomonidan ishlandi

5 https://kun.uz/uz/news/2018/12/05/2019-jilda-aim-azmi-424-trln-sumga-teng-bulisi-mumkin

6 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси.

7 Rasmiy ma’lumotlar asosida muallif tomonidan ishlandi

8 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси.

9 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси.


10 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси.


11 O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Isalom Abdug’aniyevich Karimov

12 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси

13 http://mineconomy.uz

14 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси.

15 https://mfa.uz/upload/iblock/d0c/d0cadcea6780e3239ff815569d898f36.htm

16 http://mineconomy.uz/uz/node/2360

17 https://mintrans.uz/uploads/files/PQ-4300%2029.04.2019.html




Download 415,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish