Kirish kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati


Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik ko’rsatkichlari va ularni hisoblash yo’llari



Download 415,12 Kb.
bet5/9
Sana22.07.2021
Hajmi415,12 Kb.
#126039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shohrux Xayitov Kurs ishi Автосохраненный

2. Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik ko’rsatkichlari va ularni hisoblash yo’llari

Bugungi kunda, barcha davlatlarning asosiy prioritetlaridan bari makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashdir. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlanayotganlikini ko`rishning eng zo`r yo`li bu davlatning yalpi ichki mahsulotini hisoblashdir. Shunga ko`ra, yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni aniq hisoblash bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. YaIM qanday hisoblashni muhokama qilishdan oldin uni aslida nima ekanligini bilib olish maqsadga muvofiq. YaIM – bu iqtisodiy manfaatdorligi ma`lum bir hududga qaratilgan, mamlakat rezidentlari tomonidan muayyan davrda (oy, chorak, yil) ma`lum bir naflilikka ega bo`lgan ishlab chiqarilgan Tovar va xizmatlarning puldagi miqdorini aniqlovchi ko`rsatkichdir.Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar tendensiyasini o`rganish, iqtisodiyotni modernizasiya qilish va diversifikasiyalashga xizmat qiluvchi turli xil institutlarni shakllantirish, makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini chuqur tahlil qilish va ularni xalqaro taqqoslash masalalari mamlakatda milliy hisoblar tizimining eng oxirgi yangiliklarini amaliyotga joriy qilish, makroiqtisodiy ko`rsatkichlar sifatini oshirish hamda ularni hisoblash usullarini takomillashtirishni taqozo qiladi.

MHTda makrodarajadagi iqtisodiy faoliyatning pirovard natijalarini ifodalovchi ko`rsatkichlar – makroiqtisodiy ko`rsatkichlar deb yuritiladi.

MHTning eng asosiy va bosh ko`rsatkichi bu – yalpi ichki mahsulot (YaIM) dir. U mamlakat bo`yicha iqtisodiy faoliyatning pirovard natijalarini ifodalovchi umumiy ko`rsatkich hisoblanadi. YaIM asosan bir-biri bilan chambarchas bog`langan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o`rganishda keng qo`llaniladi.

Agarda mamlakat iqtisodiyotini yopiq deb faraz qiladigan bo`lsak, u holda YaIM hajmi barcha rezidentlarning ishlab chiqarishdan olgan birlamchi daromadlari yig`indisiga teng bo`lardi. Lekin, dunyoning deyarli barcha mamlakatlari turli xil shakllarda boshqa davlatlardan birlamchi daromadlarni qabul qiladilar va muayyan darajada ularga taqdim qiladilar. Agar birlamchi daromadlarning bunday oqimini makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash jarayonida e`tiborga oladigan bo`lsak, u holda biz yalpi milliy daromad (YaMD) ko`rsatkichiga ega bo`lamiz. MHT-1968 xalqaro andozasida ushbu ko`rsatkich yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilardi. MHT-1993 va MHT-2008 xalqaro andozalarida esa, YaMMni ishlab chiqarishning haqiqiy darajasini noto`g`ri ifodalovchi ko`rsatkich sifatida qaralib, uning o`rniga YaMDni hisoblash ishlari amaliyotga kiritildi. Shuning uchun ham hozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida MHT-2008 xalqaro andozasiga asosan YaIM asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkich sifatida hisoblanmoqda.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, O`zbekistonda ham 1992 yildan boshlab mazkur ko`rsatkich hisoblanmoqda. Respublikada YaIMning hisoblanishi asosan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish, uni jahon davlatlarining mos ko`rsatkichlari bilan taqqoslash hamda bir qator xalqaro tashkilotlar talablarini bajarish uchun mo`ljallangan.



O`zbekistonda YaIMning o`sish tendensiyalarini o`rganish bo`yicha tadqiqotlar iqtisodiy islohotlar boshlanishidan boshlab, to hozirgi kungacha davom qilmoqda. YaIMning pasayishi 1991-1995 yillar oralig`ida davom etdi va 1996 yildan boshlab hozirgacha o`sish tendensiyasiga ega bo`lmoqda. Mamlakatda inqiroz davrida YaIMning pasayishi 11 foizgacha, jumladan, qishloq xo`jaligi 22,7 foiz, investisiyalar hajmi 139,4 foizgacha tushib ketdi, sanoat o`sishi esa, atigi 0,1% tashkil etdi. 2018 yil yakunlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 407514,5 mlrd. so`mni tashkil qildi va 2017 yilga nisbatan taqqoslaganda 5,1 % ga o`sdi. YaIM ning 1991-2018 yillarda o`rtacha yillik o`sish sur`ati 4,5 % ni tashkil qildi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 12365,6 ming so`mni tashkil etdi va bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3% ga yuqoridir. Iqtisodiy o`sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko`rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o`sish sur`atlari qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishning 1,8 marta (2008-2018 yillar uchun o`rtacha yillik o`sish - 6,1 %), sanoatda - 1,7 marta (5,4 %), qurilishda - 3,4 marta (13,4 %), xizmatlar sohasida - 2,3 marta (8,8 %) o`sganligi hisobiga ta`minlandi2.


Download 415,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish