Kirish kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati



Download 415,12 Kb.
bet4/9
Sana22.07.2021
Hajmi415,12 Kb.
#126039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shohrux Xayitov Kurs ishi Автосохраненный

Kurs ishining tarkibi.Kurs ishi tarkiban kirish, to’rtta reja, 6 ta javdal,6 ta rasmdan va xulosalardan iborat.
1.Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollikni mohiyati va uni ta’sir etuvchi omillar

O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifalari: Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo'lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo'lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo'naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga no'l ko'ymasliqdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham uz ichiga oladi.

Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olib ishlab chiqarish sohalariga o'simlik beriladi. Moddiy ishla chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkibiy qayta qurish ham ko'zda tutiladi. Bunda asosiy e'tibor katta istiqbolga ega bo'lgan, butun xalq xo'jaligining rivojlanish tamoyillari belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratiladi.

Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishni orqaga ketshiiga barham berish eng muhim maqsad bo'lib qoladi. Shu sababli rsspublikamizda keyingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash orqali iqtisodiy o'sishga erishildi.2019 ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot 2018 yilga nisbatan 5.4 foizga o’sdi.

Tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo'jalik majmuasini bunyod etish birinchi navbatda eng muhim maroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solishni zarur qilib qo'yadi. Bunda asosiy e'tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.

Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlari odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishdni ta'minlash katta ahamiyatga ega.

Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiii o'zgarirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulox tayyorlashga kstadigan jami xarakatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.

Iqtisodiyot tuzilishidaga o'zgartirshilar, chetdan mahsulot olib kelishi qisqarishi, xalq xo'jaligi xom ashyo yetishtirishga qaraltilgan bir tomonlama yo'nalishini bartaraf etishi va uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqlar ichidaga va xududiy jihatdan vujudga kslgai nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash vazifalarini hal etish bilan bog'liqdir.

Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzishidagi o'zgarishlar respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o'zak tarmoqlarni neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgaya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo'jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalariga rivojlantirishga ustunlik beriladi.

Xalq xo'jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o'zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg'arish fondi o'rtasida eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o'rin tutadi. Iste'mol fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif o'rtasida nomutanosiblikni ta'minlash muhim rol o'ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko'proq e'tibor beradi.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e'tibor beriladi.

Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berib, bunda o'z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish ko'zda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.

Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraladi.

Asosiy tayanch tushunchalar:

Iqtisodiy muvozanatlik - iqtisodiy jarayonlarda uning ikki tomonining bir-biriga tengligidir. Bunga misol mavjud iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlarining bir-biriga teng kelishi.

Iqtisodiy mutanosibliklar — iqtisodiyot turli tomonlari va sohalari, iqtisodiy faoliyat natijalarining o'zaro miqdoran va tarkiban mos kelishi.

Iqtisodiy inqiroz - ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishidir.

Iqtisodiy sikl ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan yoki cho'qqidan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon harakati.

Turg'unlik (depressiya) — ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini bildiradi va bu fazada iqtisodiy faollik jonlanipsh uchun shart-sharoit vujudga kelish nihoyasiga yetadi.

Jonlanish iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning arqaror kengayib borishiga o'tishini xarakterlovchi fazasi.

Yuksalish - iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to'liq bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to'lovga layoqatli talabning kengayib borishini xarakterlovchi fazasi.

Tarkibiy inqirozlar - iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o'rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalaydi.

Agrar inqirozlar qishloq xo'jaligida ro'y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo'lib, sikllik xarakterga ega bo'lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi. Investitsion faollikning mohiyati, asosiy belgilari va ta'sir ko'rsatuvchi omillari

Investitsiya faoliyati hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyotining milliy va jahon darajasisiz mavjud bo'lishi mumkin emas. Xorijiy investitsiyalardan foydalanish mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va tadbirkorlikning erkin tarmoqlariga kapitalning oqib o'tishi tizimi bilan shartlashgan ob'ektiv zarurat hisoblanadi3. Yana shuni alohida qayd etish muhimki, investitsiya siyosiy, iqtisodiy huquqiy kafolatlangan sharoitdagina samarali natija berishi mumkin. Ayniqsa, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda davlat investitsiya jarayonining bosh tashkilotchisi bo'lishi va uning asosiy funksiyasi bo'lgan ijtimoiy siyosat nuqtai nazaridan bosh investor bo'lishi lozim.Shu o'rinda investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O'z o'rnida ta'kidlash joizki, mazkur jarayonning ko'p qirraligi unga berilgan ta'riflarning o'zida ham namoyon bo'ladi. Jumladan, Sh.Shodmonov va U.G'afurovlar tomonidan tayyorlangan.«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida «Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko'paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko'rinishidir.

Investitsiyalarni ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi», deb belgilangan.

B.Tursunov tomonidan «Investitsiyalar (nem. Investition, lot. investio)

– bu sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, qurilish va xo'jalikning boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli qo'yilma shaklida amalga oshiriluvchi sarf-xarajatlarning yig'indisidir» deb, investitsiya mablag'lari kiritiluvchi sohalar tarmoq nuqtai-nazaridan alohida ta'kidlab o'tiladi.

D.Tojiboeva investitsiyalarni quyidagicha ta'riflaydi:

«Investitsiya deganda kelajakdagi natija uchun: ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, mahsulot va xizmatlarni sifatini yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga mo'ljallangan moliyaviy resurslar tushuniladi».

Bundan ko'rinadiki, muallif mazkur ta'rifda investitsion faoliyat yo'nalishlariga urg'u berib o'tadi.

Shuningdek, ba'zi manbalarda «Investitsiyalar – xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichida va uning chegarasidan tashqarida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va qimmatli qog'ozlarga kapitalning uzoq muddatli qo'yilmasi»7 sifatida qaralib, oldingi ta'riflardan farqli o'laroq, portfelli (ya'ni, qimmatli qog'ozlarga joylashtirilgan) investitsiyalar ham ko'rsatib o'tiladi. Ba'zi manbalarda investitsiyalarning amalga oshirishning asosiy maqsadini ochib berishga harakat qilingan ta'riflar ham uchraydi. Jumladan, «Investitsiyalar (lot. investire kiyintirmoq; ingl. investment) – qo'shimcha foyda olish yoki obro'-e'tiborga ega bo'lish maqsadida, yoki mablag'larni bunday tarzda qo'yish bu sohada o'z operatsiyalarini olib borishga qaraganda ancha foydaliligi sababli kapitalni qandaydir huquqiy jihatdan mustaqil bo'lgan korxonalarga uzoq (bir yildan kam bo'lmagan) muddatga joylashtirish»8 deb qaralishi bunga yaqqol misoldir. Mazkur dissertatsiya ishi doirasida biz e'tiborimizni «investitsion faollik» tushunchasi tadqiqotiga qaratishimiz maqsadga muvofiqdir. Investitsion faollik investitsiya faoliyatiga mazmunan yaqin bo'lsada, biroq bir qator muhim jihatlari bilan farqlanadi

Biroq, o'z o'rnida ta'kidlash lozimki, mamlakatda investitsion faollikni ta'minlamay turib milliy iqtisodiyotning barqaror o'sishiga, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligiga erishib bo'lmaydi. Shunga ko'ra, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion faollikni ta'minlash har bir mamlakatning strategik maqsadi hisoblanadi.

Investitsion faollik iqtisodiyotning turli darajalarida amal qilib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

1) milliy iqtisodiyot darajasidagi investitsion faollik;

2) muayyan mintaqa darajasidagi investitsion faollik;

3) alohida xo'jalik sub'ekti (korxona, birlashma va h.k.

Mazkur darajalardagi investitsion faollik o'zining maqsadi, asosiy belgilari va boisiy sabablari jihatidan farqlanadi. Ushbu dissertatsion tadqiqot doirasida biz asosan milliy iqtisodiyot darajasidagi investitsion faollik to'g'risida fikr yuritamiz.

Eng avvalo, investitsion faollikning mohiyatini ochib berishda uning asosiy belgilarini ajratib ko'rsatish muhim hisoblanadi.

Fikrimizcha, milliy iqtisodiyot darajasidagi investitsion faollikning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

1) iqtisodiy sub'ektlarning investitsiya jarayonlarida ishtirok

etishga intilishining oshib borishi;

2) iqtisodiyotdagi investitsiya (xorijiy va milliy) hajmining

o'sishi;

3) davlat tomonidan qulay investitsiya muhitining yaratilishi va

muntazam ravishda takomillashtirib borilishi;

4) investitsiya faoliyatini tashkil etish va kuchaytirishga qaratilgan

turli chora-tadbirlar (xalqaro va milliy darajalardagi yarmarkalar,

biznes-uchrashuvlar, ko'p tomonlama loyihalar, reklama va h.k.) ning

tashkil qilinishi va ularda faol ishtirok etish;

5) iqtisodiyotdagi investitsiya tarkibining sifat jihatdan

takomillashuvi va h.k.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faoliyatining maqsadi bo'lib tadbirkorlik daromadi yoki foizni olish hisoblanadi.

Investitsiyalar ularning qaysi soha yoki ob'ektga qo'yilishi hamda kapitalning ishlab chiqarishdagi ishtirokidan kelib chiqqan holda moliyaviy va real investitsiyalarga bo'linadi.

Moliyaviy investitsiyalar davlat va xususiy kompaniyalar tomonidan chiqarilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar, shuningdek, tezevratsiya ob'ektlari, bank depozitlariga uzoq muddatli qo'yilmalarni ifodalaydi. Shuningdek, ba'zi manbalarda moliyaviy investitsiyani qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalarni o'z ichiga oluvchi xalqaro moliya-kredit faoliyati sifatida ko'rsatiladi.

Fikrimizcha, bu jarayonga faqat xalqaro darajadagi faoliyat sifatida qaralishi noto'g'ri hisoblanadi.

Moliyaviy investitsiyadan farqli o'laroq, real investitsiyalar asosiy kapital hamda material-ishlab chiqarish zahiralarining o'sishiga qo'yilmani aks ettiradi Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning aksariyat qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi. Iqtisodiyotning davlat sektorida kapital real investitsiyalar orqali, shuningdek, kredit, subsidiyalar berish yo'li bilan iqtisodiy tartibga solish siyosati asosida qo'yiladi. Davlat investitsiyalari eng avval infratuzilma tarmoqlariga yo'naltiriladi. Investitsiyalarning samaradorligi, odatda, faol elementlarning ulushi o'sishi bilan oshib boradi.

Keng ma'nodagi tushuncha sifatida tadbirkorlik ob'ektlariga va faoliyatning boshqa ko'rinishlariga qo'yiluvchi mol-mulk va intellektual boyliklarning barcha turlari investitsiya bo'lib hisoblanib, ularning natijasida foyda olinadi yoki ijtimoiy samara qo'lga kiritiladi. Xususiy, qarzga olingan va jalb etilgan mulkiy va intellektual boyliklarni investitsiyalashning u yoki bu ob'ektlariga qo'yish to'g'risidagi qarorni investitsiya faoliyatining sub'ektlari (investorlar) qabul qiladilar. Investitsiya faoliyatining sub'ekti bo'lib investor yoki bir necha investorlar – tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat ishtirokchilari hisoblanishi mumkin.Shuningdek, investitsiyaning mamlakat miqyosi yoki undan tashqarida amalga oshirilishiga qarab ichki va tashqi (xorijiy) investitsiyalarga ajratiladi. Agar ichki investitsiyada bir mamlakat ichidagi qo'yilmalar nazarda tutilsa, investorlar foyda (daromad) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatiga va boshqa turdagi faoliyat ob'ektlariga qo'shayotgan mulkiy boyliklarning va ularga nisbatan huquqlarning, shuningdek, intellektual mulkka nisbatan huquqlarning barcha turlari chet el investitsiyalari hisoblanadi. Chet el investitsiyasi – bu nafaqat moliya resurslari, shuningdek yangi texnika, zamonaviy chet el texnologiyasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning yangicha usullari hamdir. Chet el sarmoyalarini jalb etishda chet ellik investorlarga ularning mamlakatimizda erkin faoliyat yuritishlari uchun qulay investitsiya iqlimi yaratib berish zaurligini ham hisobga olish lozim. Bu ma'suliyatni avvalo davlat o'z zimmasiga olish kerak.


Download 415,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish