8+8+8+8=32 8•4=32 ! a sonini b soniga ko'paytirish deganda, har biri a soniga teng bo'lgan b ta qo'shiluvchilar yig'indisini topish tushuniladi.
a • b = a + a + a +... + a
b ta qo’shiluvchi
a va b sonlari ko‘paytmasi a • b tarzida yoziladi.
Bu yerda a • b – ko’paytma, a va b sonlar esa ko’paytuvchilar deb ataladi.
8 • 4 = 32
1-ko’paytuvchi 2- ko’paytuvchi ko’paytma
! a sonini b ga ko'paytirish - a sonini b marta orttirish degani.
Qutiga meva sharbati 4 ta qator va 5 ta ustun qilib joylangan (2-rasm). Qutida nechta meva sharbati bor?
Yechish: 1-usul. Har bir qatordagi sharbatlar sonini qatorlar soniga ko‘paytiramiz: 5 • 4 = 20.
2-usul. Har bir ustundagi sharbatlar sonini ustunlar soniga ko‘paytiramiz:
4 • 5 = 20.
Har ikkala holda ham bir xil natijaga egamiz. Demak, 5 • 4 = 4 • 5.
! Ko'paytuvchilar o'rnini almashtirgan bilan ko'paytma o'zgarmaydi.
Bu ko’paytirishning o‘rin almashtirish xossasi deb ataladi va u harflar yordamida quyidagicha yoziladi:
a • b = b • a
! Sonni ko'paytmaga ko'paytirishda sonni oldin birinchi ko'paytuvchiga ko‘- paytirish, so'ng esa hosil bo'lgan ko'paytmani ikkinchi ko'paytuvchiga ko'paytirish kifoya.
Bu ko’paytirishning guruhlash xossasi deb ataladi va u harflar yordamida quyidagicha yoziladi:
a • (b • c) = (a • b) • c
Eslatib o‘tamiz, sonni 0 va 1 ga ko‘paytirishning quyidagi xossalari bor. Ixtiyoriy m natural son uchun: 1 • m = m • 1 = m, 0 • m = m • 0 = 0.
Son va harfning ko‘paytmasi ko‘paytirish belgisisiz yoziladi:
8 • a o‘rniga 8a yoziladi.
Shunga o‘xshash, qavslar oldidagi ko‘paytirish belgisi ham odatda yozilmaydi: 2 • (a + b) o‘rniga 2 (a + b) va (x + 6) • (y + 3) o‘rniga (x + 6)(y + 3) yoziladi. Agar ko‘paytmada qavslar bo‘lmasa, ko‘paytirish chapdan o‘ngga qarab ketma-ket bajariladi.
V. Darsni mustaxkamlash: 180-185 misollar sinfda yechiladi.
“Bumerang” metodi (Doskaga 2ta o’quvchini chiqazib savollar beramiz)
1. Ko’paytirishning o‘rin almashtirish xossasi qanday?
2. Ko’paytirishning guruhlash xossasi qanday?
1. 12•67=?
2. 37•19=?
1. Ikki sonning ko’paytmasi deb nimaga aytiladi?
2. Ko’paytirish natijasi qanday nomlanadi?
Doskaga ko’paytirish uchun natural sonlar yozilgan kartochkalar yopshtiriladi, o’quvchilar bu topshiriqni mustaqil bajarishadi.
210
25
• =
101
70
• =
88
11
• =
VI. Faol qatnashgan, savollarga yaxshi javob bergan o’quvchilar baholanadi.
VII. Uyga vazifa. 186-189 misollar. Misollar mazmuni tushuntrb yuboriladi.