Baholash qiymati
|
488 524 833,4
|
so’m
|
8 son Mulkni baholash milliy standartiga muvofik aloxida mulk sifatida daromad olishga mo’ljallanmagan aktivlarning xarajat yondashuvida aniqlangan qiymatlari daromad yondashuvida aniqlangan (aloxida mulk sifatida daromad olishi mumkin bo’lgan binolar) baholash obyektlari qiymatiga qo’shildi.
Hisob-kitob natijalari quyidagicha:
3.3-jadval20
T/r
|
Bino va inshootlar nomi
|
Maydoni
|
Baholanish qiymati
(so’mda)
|
1
|
Omborxona binosi
|
688,08 kv.m
|
488 524 833,4
|
2
|
Asfalt maydon
|
450,0 kv.m
|
7 720 395,3
|
|
Jami
|
|
496 245 228,7
|
Shunday qilib, Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Zafarobod” QFY xududida joylashgan Omborxona binosining daromad yondashuvidagi baholanish qiymati 496 245 229 so’mni tashkil etgan.
Foydalangan yondashuv doirasida 2009 yil 6 oktyabrdagi 01/19-18/20-son qarori bilan tasdiqlangan 8 sonli “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” O’zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standartini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarning 1-§, 43-bandiga asosan ko’chmas mulkni daromad yondashuvi bilan baholash to’g’ridan-to’g’ri kapitallashtirish usuli to’g’ri va asosli ravishda tanlangan.
Bundan tashqari, baxolashning tanlangan metodi doirasida baxolashni amalga oshirishda baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlar to’liq bo’lib, hisob kitoblarni amalga oshirishda baxolovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlar xaqqoniy va asoslangan.
Xulosa: Yuqoridagilardan kelib chiqib, baxolovchi tomonidan daromad yondashuvida baxolash ishlari 8-MBMS talablari asosida amalga oshirilgan.
Qiyosiy yondashuvdan foydalanish.
Ko’chmas mulk kiymatini yoki ko’chmas mulk obyektlaridan iborat mulkiy majmualar qiymatini baxolashda bozorga oid taqqoslashlar usulidan foydalaniladi.
Baxolash obyekti qiymatini bozorga oid taqqoslashlar usuli bilan aniqlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
a) bozorni o’rganish va boxolanayotgan obyektga o’xshash obyektlarni sotish bo’yicha bitimlar yoki takliflar xaqida axborat yig’ish;
b) taqqoslash elementlarini tanlash va asoslash;
v) baxolash obyekti bozorga xos bo’lgan taqqoslash birliklarini tanlash;
g) qiyosiy analoglarni baxolash obyekti bilan taqqoslash birliklariga ko’ra solishtirish va baxolash obyekti bilan taqqoslanayotgan xar bir obyekt narxiga tuzatishlar kiritish;
d) analoglar narxlarini tuzatish kiritilgan qiymatlarini muvofiqlashtirish.
Ko’chmas mulk qiymatini baholashda bozorga oid taqqoslashlar usulidan foydalaniladi.
Baholanayotgan obyektni qiyosiy yondashuv bo’yicha baxolashda baxolash obyektiga o’xshash obyektlarning Toshkent viloyatidagi bozorlarda sotilgan rasmiy manbalarda ko’rsatilmaganligi sababli, internet tarmog’idagi e’lonlarni o’rganib chiqildi. Ushbu obyektga o’xshash obyektlarni sotilayotganligi xaqidagi ma’lumotlar www.olx.uz veb – sahifasida mavjudligi aniqlanib, omborxona binolariini tavsiya etilayotgan qiymatlaridan kelib chiqqan xolda amalga oshirildi.
Hisob-kitob natijalari kuyidagicha: 21
3.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |