Turba rezbalar va ularni belgilash Profilining uchidagi burchagi 55° bo‘lgan teng yonli uchburchakning uchidan butun uchburchak balandligining 1 /6 qismi (H/6) qirqib tashlab RO radiusli yoy bilan yumaloqlangan hamda o‘yig‘ining uchi ham uning butun balandligini 1/6 qismi (H/6) R radiusli yoy bilan yumaloqlangan rezba truba rezba deb ataladi (1.4; 1.5-ilovalar). Truba rezbalaming qadami dyumli rezbalaming qadamidan maydaroq, rezba o‘yig‘ining chuqurligi esa kichikroq bo‘ladi. Bu esa yupqa devorli trubalarga ham rezba chiqarishga imkon beradi. Ikki xil truba rezba bo'ladi: truba silindrik (1.4-ilova) va truba konussimon (1.5-ilova).
Truba silindrik rezbalar va truba silindrik rezbali birikmalar GOST 6357- 96 bo'yicha, truba konussimon rezbalar va truba konussimon rezbali birikmalar GOST 6211 - 96 bo'yicha tayyorlanadi va ishlab chiqarishda foydalaniladi. Silindrik truba rezbada trubaning tashqi rezbasi va muftaning ichki rezbasi profilining cho'qqisini yumaloqlamasdan dopusk chegarasida tekis kesib to'mtoqlashga ruxsat beriladi.
1.3-ilovada truba silindrik rezbaning asosiy o'lchamlari va 1.4-ilovada truba konussimon rezbaning asosiy o'lchamlari berilgan.
GOST 6357-96 bo'yicha silindrik truba rezbalaming ikkita aniqlik klassi A va В belgilangan.
Truba silindrik rezba o'zining shartli belgisi G harfi va rezbaning nomina ldiametri ya‘ni belgilangan diametri (rezba diametrining hisoblashda inobatga olinadigan yaxlitlangan o‘lchami) dyumlarda, hamda aniqlik klassi bilan ifodalanadi, masalan G3/4-A. Truba silindrik rezba uncha katta bo‘lmagan bosim ostida ishlaydigan suv, gaz trubalariga va ulaming biriktiruvchi elementlariga qo’laniladi. Truba konussimon rezba konus sirtda hosil qilinadi. Bu sirtning konusning o‘qiga nisbatan hosil qilgan burchagi 1°47’24”(konusligi 1:16)gateng boMib uning rezbali qismining o‘rtasini kesimining (rezba o‘qiga perpendikulyar asosiy tekislikdagi) diametri, shu o‘lchamli truba silindrik rezbaning diametriga teng. Trubali birikmada, konussimon rezbali trubani biriktirishda truba silindrik rezbali muftani qo‘ Hash mumkin. Truba konussimon rezba o‘zining shartli belgisi tashqi rezba bo‘Isa R, ichki rezba Rcharfi va uning diametrini dyumlardagi o‘lchami bilan ifodalanadi. Masalan, truba konussimon tashqi rezba R3/4 truba konussimon ichki rezba Rc3/4. Truba konussimon rezba mashina va moslamalaming yuqori bosimli gaz, suyuqlikbilan ishlaydigan sistemalaridagi trubalarga va ulami biriktiruvchi elementlarga va shukabilarga qo‘llaniladi. Truba rezba diametrlarining chizmada ko'rsatilgan o‘lchami shartli bo‘lib, u aslida truba rezbasi diametrini o‘lchamibo‘lmasdan uning teshigi diametrining o‘lchami ya’ni shartli o‘tish (trubateshigining nominal o‘lchamiga shartli o‘tish deb ataladi) va u shartli ravishda Dy bilan belgilanadi. Masalan, chizmada rezbaning oicham i 1'' (bir duym) deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu truba teshigining diametri ya’ni trubaning ichki diametri 25,4 mm ga teng bo‘lib, standart bo‘yicha uning rezbasini tashqi diametri 33,249 mm ga teng bo‘ladi. Truba rezbaning shartli o‘lchami hamda uning tashqi diametrini o‘lchamlari 1.3,1.4 - ilovalarda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |