1.4. Jarayonda qo’llaniladigan qurilmalar va apparatlar.
1.4.1. Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari. Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar to’plamidan tashkil topgan bo’lib, umumiy apparatlarning 80% ini shu turdagi qurilmalar tashkil qiladi. Bunda trubalar ikki tomondan truba to’riga qotirilgan bo’ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba to’ri bilan chegaralangan trubalar orasidagi bo’shliq ҳamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo’shliғi yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi bo’shliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho’kma ҳosil qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo’shliғidan esa asosan isitilayotgan yoki sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning ҳarakat tezligini oshirish yoki jarayonni intensivroq olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo’shliғi ҳam ko’p ҳollarda bir necha yo’lli qilib tayyorlanadi. Bir yo’lli qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmai, qobiq 1, truba to’rlari 2, trubalar 3, qopqoq 4, issiqlik tashuvchilar kiradigan va chiqadigan patrubkalar 5, 6, bolt 7 va prokladka 8 dan iborat (1 - rasm).
Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko’p yo’lli isitkichlar ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo’lganda ularning trubalardagi tezligi kichik bo’lib, natijada issiqlik almashinish koeffistienti ҳam kam bo’ladi.
Ko’p yo’lli isitkichlarda trubalarni sekstiyalarga bo’lish uchun yoki muҳitning ҳarakat yo’lining soniga qarab, isitkichning qopqoғi bilan truba to’rining orasiga ko’ndalang to’siqlar o’rnatiladi. Bunda ҳar bir sekstiyadagi trubalarning soni bir xil bo’lishi kerak. Ko’p yo’lli isitkichlarda bir yo’lli isitkichlarga nisbatan muҳitlarning tezligi yo’llarning soniga qarab proporstional o’zgaradi.
Sanoatda 4-6 yo’lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo’llarning soni ortib borishi bilan isitkichning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstrukstiyasi murakkablashadi. Qobiq-trubali isitkichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi ҳar xil bo’ladi. Shuning uchun qobiq trubali isitkichlar konstrukstiyasiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1) qo’zғalmas to’rli isitkichlar; 2) kompensatorli isitkichlar.
Qo’zғalmas to’rli isitkichlarda issiqlik ta’sirida trubalar va qobiq ҳar xil uzayadi, shu sababli bunday isitkichlar trubalar va
-
Do'stlaringiz bilan baham: |