Blok-karterlarga quyidagi texnologik talablar qo‘yiladi: - qattiqligi HB 170-240 oralig‘ida bo’lishi;
- egilishdagi mustahkamlik chegarasi 360 Mn/m2 dan kam bolmasligi;
- bo‘shliqlar va yoriqlar boimasligi;
- qoldiq kuchlanishlar bo‘lmasligi;
-ularni korroziyadan saqlash mumkin bo‘lishi kerak.
Shuni aytish lozimki, kerakli mustahkamlikka ega bolgan quymaolish uchun silindr devorining qalinligi 4mm dan kam boimasligi kerak. Cho‘yandan ishlanadigan blok-karterlar uchun suv g‘ilofl devorlari va blok to‘siqlaming qalinligi 4 ÷ 8mm oraligida: alyuminiy blok- karterlar uchun esa 4 ÷ 10mm oraligida tanlanadi. Yondosh silindrlar orasidagi bo‘shliq (suv o'tishi uchun) 4÷5mm oraligida tanlanadi. Konstruktiv parametrlardan asosiysi yondosh silindrlar orasidagi L0 masofadir. L0 ning Ds ga nisbati (L0/ Ds)dvigatelning ixchamligini xarakterlaydi. Turli dvigatellar uchun bu nisbat 1-jadvalda keltirilgan.