Kirish Karter joylashgan uzel yoki qismning vazifasi


EPOKSID KOMPOZITSIYANI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI



Download 3,02 Mb.
bet11/18
Sana03.02.2022
Hajmi3,02 Mb.
#426524
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Курсавой АВДКТМ

EPOKSID KOMPOZITSIYANI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

-Olingan kompozitsiyaning tarkibi uzoq vaqt saqlanadi.
- Ishlatishdan oldin 5…7 daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi.
-Olingan kompozitsiyani ishlatish vaqti 20..30 minut.
Hozir mashinalarni ta’mirlashda detallardagi mexanik nuqsonlar (darzlar, yorilgan, singan joylar va xokazo) ni bartaraf etishda, detallarning eyilgan sirtlarini tiklashda, detallarni elimlab birlashtirishda turli sintetik ashyolar (plastmassalar) dan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Buni texnologik jarayonning va zarur uskunalarning oddiyligi, mehnatning kam sarflanishi, plastmassalarning fizik-mexanik xossalarining etarli darajada yuqori ekanligi, ularning arzonligi bilan izohlash mumkin.
Plastmassalar tarkibini asosan polimerlar tashkil etadi.
Polimer ashyolar tabiiy gaz, neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gazsimonmahsullar, koksokimyo va yog‘ochni qayta ishlashdagi chiqindilar va boshqa ashyolardan olinadi.
Polimer ashyolar asosan ikkita komponentdan: polimerlarning xossalariga ta’sir etuvchi bog‘lovchi va to‘ldiruvchi komponentlardan tuziladi.Polimer ashyolarning muhim xossalari shundan iboratki, ularning vazni kam; ancha mustahkam; eyilishga chidamli; egiluvchan kimyoviy ta’sirlarga chidamli; ishqalanishni kamaytirish (antifriksion) xossalari yuqori; tok o‘tkazmaslik xossasi kuchli; titranishga chidamli; plastmassalarning ba’zilari etarli darajada issiqqa bardoshli bo‘ladi.
Plastik massalar (plastmassalar) asosi sun’iy (sintetik) yoki tabiiy smoladan iborat bo‘lib, u bog‘lovchi ashyo vazifasini bajaradi va ularning kimyoviy, mexanik, fizik va boshqa xossalarini belgilaydi.
Plastmassalar tarkibini tashkil etuvchi asosiy qism bo‘lgan polimer barcha komponentlarni bog‘laydi.
Plastmassalar tarkibiga bog‘lovchi elementdan tashqari to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, qotirgichlar, rang beruvchilar, katalizatorlar (tezlatgichlar) va ularga maxsus xossalar beruvchi boshqa qo‘shimchalar ham kiradi.
Barcha polimerlar ikkita katta guruhga: reaktoplastlar (termoraktiv) va
termoplastlar (termoplastik polimerlar) ga bo‘linadi.
Reaktoplastlar me’yorl me’yoriy haroratda suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishi
mumkin. Ular ma’lum haroratgacha qizdirilganda qovushoq-oquvchan holatga
keladi. Qizdirish davom ettirilganda ular qotadi va qanday harorat bo‘lishiga
qaramay, o‘z holatini o‘zgartirmaydi. Bu jarayon qayta tiklanmaydi, chunki
reaktoplastlarni qaytadan plastik holatga o‘tkazib bo‘lmaydi.
Termoplastlar me’yorl haroratda qattiq holatda bo‘ladi. Qizdirganda yumshaydi, bu holatda ularga istalgan shaklni berish mumkin. Termoplastlar sovitilgandan keyin yana qotadi; qayta qizdirilganda o‘z plastik holatini saqlaydi, ya’ni keyinchalik yana foydalanishga yaroqli bo‘ladi.
Mashina detallarini tiklashda reaktoplastlardan ED-16 va ED-20 epoksid smolalar keng qo‘llaniladi. Bu epoksidlar och-sariq rangli qovushoq suyuqlikdan iborat. Detallarni tiklashda epoksid birlashmasi ishlatiladi. Bunday birlashmalar tarkibiga epoksid smoladan tashqari qotirgichlar, plstifikatorlar va to‘ldirgichlar ham kiradi. Qotirgichlar epoksid smolani qayta tiklanmaydigan qattiq holatga keltiradi. Qotirgichlar sifatida polietilenpoliamin va amonofenol (AF-2) ishlatiladi. Epoksid smola bunday qotirgichlar bilan uy haroratida ham qattiq holatga o‘tadi. Qotish jarayonini tezlatish uchun bu jarayon 60-70o C haroratda amalga oshiriladi.
Epoksidli tarkibning plastiklik xossalarini oshirish uchun ularga dibutilftalit (DBF), past (kichik) molekulali alifatik smola DEG-1 va tiokol NVB-2 kabi plastifikatorlar qo‘shiladi. Epoksidli tarkibga zarur fizik-mexanik xossalar berish uchun unga po‘lat yoki cho‘yan kukunlari, alyuminiy upasi, slyuda talk, asbest, shuningdek grafit kukunlari kabi to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Termoplastlardan polietilenlar, polipropilenlar, polistirollar, viniplastlar, poliamidlar va ftoroplastlar ko‘p ishlatiladi. Bu ashyolar metallar bilan yopishadi, etarli darajada mustahkpm, eyilishga chidamli bo‘ladi. Ular sanoatda donador shaklda chiqariladi.
Termoplastlar tiklangan detallar sirtiga purkab yoki bosim ostida quyib yopishtiriladi. Qattiqligini, eyilishga chidamliligini va boshqa xossalarini oshirish uchun poliamid smolalarga grafit, talk, molibden disulfidi va metall kukunlari kabi to‘ldirgichlar qo‘shiladi,termoplastlar, shuningdek, katta bo‘lmagan detallarni, kuzovning armaturalarini va hokazolarni tayyorlashda ham ishlatiladi.
Polimer ashyolarning fizik-mexanik, dielektrik,ishqalanishni oshiruvchiyoki kamaytiruvchi xossalarini kamaytirish,issiqqa chidamliligini oshirish va cho‘qish miqdorini kamaytirish, shuningdek arzonlashtirish uchun masalan, metall kukunlari, portlandsement, ip-gazlama, shishasoda, qog‘oz, asbest,slyuda, mayda tosh to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Polimerlarning egiluvchanligini oshirish uchun ular tarkibiga dibutil fetalat, kamfora, olein kislotasi, demital va dietilftalat va boshqa plastifikatorlar qo‘shiladi. Bu polimerlarga ishlov berganda ularning egiluvchanligi, qovushoqligini va oquvchanligini yaxshilaydi.
Aminlar, magneziya, ohak kabi qotirgichlar (stabilizatorlar) polimerlarni qattiq va erimaydigan holatga o‘tkazadi.
Mashina detallarini polimerlar bilan ta’mirlash uchun 20 m2 maydonli maxsus joylar tashkil etiladi. Bu joylarga termoplastik polimer ashyolardan buyumlar tayyorlash uchun DZ 127 (DZ 127-63, DZ 130-125) quyish mashinasi; plastmassalardan taxtakachlab buyumlar tayyorlash uchun gidravlik taxtakach, polimer kukunlari elektrostatik maydonda yotqizish uchun ko‘chma IERUP-1107 uskunasi; UPN-6-63 gazplazmali purkash uskunasi; epoksidli tarkibni me’yorlash va aralashtirish uchun OP-10584-GOSNITI uskunasi; elim surtish uchun OP-10588-GOSNITI mashinasi; plastmassalarni maydalash uchun motorli IPR-150M mashinasi; SNOL-3,5; 3,5/3 elektr quritish shkafi; chang havoni so‘radigan shkafli OP-2078 ish stoli; bir ish joyli ORG-060A montaj stoli; detallar va qismlar qo‘yish uchun ORG-1468-05-300B shkafi stol ustida turadigan VNS-2 siferblatli tarozi; polimer ashyolar turadigan ARPK-GOSNITI qutisi; kiyim shkafi; chiqindilar solinadigan yashik va o‘t o‘chirgich o‘rnatiladi. Mashina detallarini polimerlar bilan ta’mirlash uchun 20 m2 maydonli maxsus joylar tashkil etiladi. Bu joylarga termoplastik polimer ashyolardan buyumlar tayyorlash uchun DZ 127 (DZ 127-63, DZ 130-125) quyish mashinasi; plastmassalardan taxtakachlab buyumlar tayyorlash uchun gidravlik taxtakach, polimer kukunlari elektrostatik maydonda yotqizish uchun ko‘chma IERUP-1107uskunasi; UPN-6-63 gazplazmali purkash uskunasi; epoksidli tarkibni me’yorlash va aralashtirish uchun OP-10584-GOSNITI uskunasi; elim surtish uchun OP-10588-GOSNITI mashinasi; plastmassalarni maydalash uchun motorli IPR-150M mashinasi; SNOL-3,5; 3,5/3 elektr quritish shkafi; chang havoni so‘radigan shkafli OP-2078 ish stoli; bir ish joyli ORG-060A montaj stoli; detallar va qismlar qo‘yish uchun ORG-1468-05-300B shkafi stol ustida turadigan VNS-2 siferblatli tarozi; polimer ashyolar turadigan ARPK-GOSNITI qutisi; kiyim shkafi; chiqindilar solinadigan yashik va o‘t o‘chirgich o‘rnatiladi.
Polimer ashyolar qutisida ED-16 smolasi, dibutilftalat, polietilenpoliamin bo‘ladi.
Qotirgichlar ikki sinfga-sovuqlayin qotirgichlar (16-20o C da qotadi) va issiq qotirgichlar (40-200oS da qotiradi) ga bo‘linadi. Bu qotirgichlar smolalarga ularni bevosita ishlatish oldidan aniq hisoblangan miqdorda qo‘shiladi.
Epoksidli smola yordamida korpus detallardagi darzlar, yoriq, teshilgan va boshqa mexanik shikastlangan joylar ta’mirlanadi, shuningdek podshipniklar o‘tkaziladigan sitrlar tiklanadi.
Ish bajarish oldidan epoksidli tarkib (pasta) tayyorlanadi. Buning uchun epoksidli smola 50-60oS haroratgacha qizdiriladi, ularga plastifikator qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra aralashtirib turgan holda pastaga zarur miqdorda to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Olingan tarkib uy haroratigacha sovitiladi. Epoksid smolani ishlatishdan 30-40 minut oldin unga qotirgich qo‘shiladi.
Korpus detallardagi darzlarni yamashdan oldin bu sirtlar epoksid smolani surtishga tayyorlanadi. Payvandlashdagi kabi darzning ikki qirrasi 90-120o burchak hosil qilib yo‘niladi, darzning oxirlarida teshiklar parmalanadi; qirralar oksidlardan tozalanadi, atseton, benzin kabi eritgichlar yordamida yog‘dan tozalanadi. So‘ng parmalangan teshiklarga asbest tiqinlar kirgiziladi va kapkir yordamida chokka birinchi yupqa epoksid smola surtiladi. Ikki qirrasi tozalangan chokka birinchi yupqa epoksid qatlami surtiladi, ikkinchi qatlam bilan chok butunlay yopiladi va uning ikki cheti 5-10 mm ga kengroq topiladi. Pasta quritish shkafida 60-70o C haroratda 4-5 soat davomida quritiladi.
Yorilgan joylarni yamashda uning ikki cheti yaltiratib tozalanadi. Shishitoladan ustqo‘yma qirqib olinadi. Ustqo‘yma o‘lchamlari shunday bo‘lishi kerakki, u yorilgan joyning chetlarini 15-20 mm kenglikda qoplaydigan bo‘lsin. YOrilgan joyning tozalngan va yog‘sizlantirilgan chetlariga yupqa qilib epoksidli tarkib surtiladi, uning ustiga shishatola qirqimi yotqiziladi va rolik bilan botiriladi. Ustqo‘yma ustiga epoksid pastasi surtiladi va u yana shishatola bilan yopiladi va hokazo. Qatlamlar soni yoriqning katta-kichikligiga qarab uch-besh qavat bo‘lishi mumkin. Oxirgi qatlamni surtgandan keyin pastaning qotishi uchun detal shkafda quritiladi.
Ustqo‘ymalar bak, radiatorning bakchasi va boshqa detallardagi yorilgan joylarga, ishqalanuvchi (friksion) ustqo‘ymalar tormoz kolodkalariga sintetik elim bilan yopishtiriladi. Buning uchun VS-350, BF-2, VS-10T, MPF-1, VK-200 markali sintetik elimlar, epoksid elim va boshqalar ishlatiladi.
Elimlash oldidan detallar sirti yaxshilab kirdan tozalanadi va eritgichlar yordamida yog‘sizlantiriladi va biroz g‘adir-budirli qilinadi.SHundan keyin elimlab yopishtiriladigan sirtlarga qalinligi 0,1 mm qilib ikki-uch qatlam elim surtiladi. Elimlar tarkibida (epoksid elimlardan boshqarlarida) bug‘lanuvchan eritgichlar borligi sababli har bir qatlam elim surtilgandan so‘ng ularni quritib olish kerak. Quritish vaqti elimmarkasiga bog‘liq bo‘lib, odatda undan foydalanishga oid qoidalarda ko‘rsatiladi.
Elim quritilgach, o‘zaro yopishtiriladigan sirtlar birlashtiriladi. SHunda elimning qotish tartibiga: sirtlarni bir-biriga bosish kuchiga, qotish haroratiga va vaqtiga aniq rioya qilish juda muhim. CHunonchi, VS-10T elimi ishlatilganda biriktiriladigan sirtlar 0,5-4 MPa bosim bilan siqilishi kerak.
Birikma detalni 180oC haroratda 45 minut davomida qizdirib qotiriladi. Detallar elimlangandan keyin sekin sovitilishi lozim.
Sintetik elimlar bilan yopishtirish nisbatan oddiy va iqtisodiy jihatdan tejamli jarayon bo‘lib, etarli darajada mustahkamlikni ta’minlaydi.
Detal korpusidagi darzlarni epoksid smola bilan berkitishda darzning atrofi shilish-silliqlash mashinasida yoki jilvir qog‘oz bilan yoki shabar yordamida yaxshilab tozalanadi. So‘ngra reduktorning korpusi darz yuqoriga qaratilib, gorizontal joylashadigan qilib o‘rnatiladi.
Darz chegaralari 8-10 marta kattalashtiradigan lupa yordamida aniqlanadi, so‘ngra darzning oxirlarida chuqurcha yasab, markaz belgilanadi va diametri 2,5-3 mm li teshiklar parmalanadi. Qo‘l bormaydigan joylarda teshik parmalanmaydi. Kreysmeysel va bolg‘a yordamida darzning ikkala qirrasida 60-70o burchak yasab (chuqurligi 3 mm li), rax olinadi. Detal sirtidagi darzning atrofi 40-50 mm kenglikda yaltiratib tozalanadi va siqilgan havo bilan puflab tashlanadi. SHundan keyin zubilo yordamida kertiklar yasaladi, tozalangan joylar texnik atseton yoki B-70 aviatsiya benzini bilan yog‘dan tozalanadi va 8-10 minut avomida quritiladi. Elimlashga tayyorlangan joyga moy, suv va kir tushmasligi kerak. So‘ngra havo so‘rish shkafi bilan jihozlangan ish stolida epoksid smolali tarkib tayyorlanadi.
Epoksid smola banka bilan birgalikda termoshkafda yoki qaynoq suvli idishda 60-80o C haroratda 15 minut davomida isitiladi (smolali banka ko‘pi bilan 90o C gacha qizdiriladi). Smola kichik idish yoki qog‘oz piyolaga solinadi. Smola solingan piyolaga oz-ozdan plastifikator –dibutilftalat solinib, shisha yoki yog‘och tayoqcha bilan 3-5 minut davomida yaxshilab aralashtiriladi.
Hosil qilingan aralashmaga oz-ozdan to‘ldirgichlardan biri temir kukun, alyuminiy upasi va boshqalar) qo‘shilib 5-8 minut aralashtiriladi.
Tarkibni ishlatishdan oldin unga belgilanganga muvofiq polietilenamin yoki A-19, AF-2 qotirgich qo‘shiladi va 5 minut davomida yaxshilab aralashtiriladi, bunda aralashmada qumoqlar va havo pufakchalari qolmasligi kuzatib boriladi.
Epoksid elimlar va pastalar darzlarni, yorilgan joylarni yamashda, singan detallarni bir-biriga yopishtirishda ishlatiladi, yopishtirilgan detallarni bir-biriga siqish talab etilmaydi va ular uy haroratida quritiladi.
Epoksid elimlar bevosita ishlatish oldidan ED-16 va boshqa epoksidli smolalar asosida tayyorlanadi. Buning uchun ED smolasi suvli idishda 60-80o C gacha isitilib, suyuq oquvchan holatga keltiriladi. Bu idishdan zarur miqdorda smola olinadi, uning 100 vazniy ulushiga plastifikator qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra unga to‘ldirgich (temir yoki alyuminiy kukuni, grafit va boshqalar qo‘shilib, yana yaxshilab aralashtiriladi. Olingan tarkibni uzoq saqlash mumkin. Bevosita ishlatishdan oldin tarkibga qotirgich (polietilen, poliamid) qo‘shiladi va u 30-40 minut ichida ishlatilishi lozim.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish