Kirish jismoniy tarbiya nazariy asoslari


MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH



Download 27,48 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi27,48 Kb.
#267443
1   2   3   4
Bog'liq
gggggg

4. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH

Bolalarni oilada va davlat muassasalarida jismoniy tarbiyalashning vazifalari yagonadir, ular ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy harakati bilan hal qilinishi lozim. Ishchi va xizmatchilarga dam olish kunlari, koʻp bolali oilalar va yosh bolasi boʻlgan ayollarga qoʻshimcha imtiyozlar yaratilishi - bularning hammasi ota-onalarga oʻz bolalarining tarbiyasiga koʻp vaqt ajratish imkonini beradi. Oilada jismoniy tarbiyani toʻg‘ri amalga oshirish uchun ota-onalar bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, bolalarning sport maktablarida qanday jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini va kun hamda butun hafta davomida qanday jismoniy yuklama bajarayotganligini bilishlari zarur. Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari ularning toʻliq jismoniy rivojlanishini ta’minlashga majburdirlar. Oilada tarbiyalanayotgan bolalarga jismoniy tarbiya vositalari kompleksi qoʻllanishi muhim. Ular uchun eng qulay gigiyena sharoitlarini yaratish, tabiatning tabiiy omillari (quyosh, havo, suv)dan foydalanish muhimdir. Oila tarbiyachisi bola bilan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli oʻyinlarni hovlida, maxsus jismoniy tarbiyaga oid jihozlangan xonalarda yoki imkoniyatlardan kelib chiqib jixozlanmagan xonalarda ham tashkil etishi mumkin. Bunda havoning haroratiga qarab ochiq havoda oʻtkazilishi maqsadga muvofiqdir. Oila 2-3-4 farzanddan iborat boʻlishi mumkin. Oila tarbiyachisi oiladan ota-onalar va bolalar haqida ma’lumot oladi, bolalar soni, yoshi, sog‘lig‘i, rivojlanish darajasi, egallagan harakat, malaka va koʻnikmalari va jismoniy sifatlarini rivojlanganlik darajasini oʻrganib chiqadi, soʻng “Maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan davlat talablari” asosida bola bilan tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirib oladi. Oila tarbiyachisi jismoniy tarbiya boʻyicha olib boriladigan ishlarga puxta tayyorlanishi, bolani faollikka, mustaqillikka, undaydigan ta’lim metodlarini tanlashi lozim. Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash oʻziga xos xususiyatga ega. Tarbiyachi ertalabki badan tarbiyani bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib (ayniqsa, 3-4 yosh) ularni she’rlar, musiqa sadolari, ashulalar, turli xil hayvon obrazlari harakatlari orqali jismoniy harakatlarni bajarishga undaydigan mashqlarni rejalashtirishi kerak. Tarbiyachi ota-onalardan oʻz bolalari bilan birgalikda badantarbiya mashqlarini bajarishda, ota-onalar va bolalar bilan sport musobaqalarini tashkil etish, bunda bolalar ota-onalari bilan birgalikda harakat qilishlari ularga ijobiy ta’sir etadi va ularni rag’batlantiradi. Masalan, “Ota-onam va men – sportchi oilasi”.Sport jihozlari, inventarlari, qoʻllanmalar, atributlar va oʻyinchoqlardan foydalanish bolalarning jismoniy tarbiyasi samaradorligini oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbarlari pedagogik, gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda ularni guruh xonalariga, jismoniy tarbiya zaliga, guruhlarning maydonlariga va sport maydonchasiga toʻg‘ri tanlab qoʻyishni va joylashtirishni ta’minlashlari lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyaning dastur vazifalariga muvofiq tarzda barcha asosiy harakatlarning rivojlanishiga yordam beradigan jihozlar tanlanadi. Masalan, bolalarni sakrashga oʻrgatish mashg‘ulotlarida qator maxsus qoʻllanmalar: sakrab oʻtish uchun zarur narsalar (arqonlar, kubiklar, toʻsiqlar); sakrab oʻtish paytida oʻyinchoqlarni osib qoʻyishga kerak boʻladigan ustunlar; gimnastika yashigi - qutisi (tepalikkairg‘ib chiqish, balanddan sakrab tushish); sakrash bilan bajariladigan harakatli oʻyinlar uchun atributlar talab etiladi. Bolalar harakatlari rivojlanishining yosh xususiyatlari va ularning jismoniy tayyorgarligiga oid bilimlarga asoslangan holda, topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtira borish muhimdir. Masalan, tirmashib chiqishga moʻljallangan mashqlar dastlab qiyaroq narvonchalarda, uncha baland boʻlmagan tik narvonlarda, keyinroq gimnastik devorlarda, zinali arqonlarda, langar choʻp, arqon, piramida va boshqalarda oʻtkaziladi. Muvozanatni saqlash boʻyicha oʻtkaziladigan mashqlar uchun uzun arqonlar, har xil uzunlik va kenglikda taxtalar, taxtachalar, g‘ishtlar, qiya taxtalar, qiya maydonchalar, har xil balandlikdagi gimnastik skameykalar, maydonchadagi oʻrnatilgan har xil shakldagi toʻnkalar boʻlishi zarur. Har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan jihozlar alohida qiziqish uyg‘otadi: tebranma kursilar, qirra yuzasidan yurish, tirmashib chiqish, emaklab tagidan oʻtish, tebranish; gardish aylantirish umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, uloqtirish (tik osilganida yoki polga qoʻyilganida); qarama-qarshi devorlarga mustahkamlangan reykalar, voleybol toʻrlarini, sakrab ushlash uchun shnurlarni osib qoʻyishga; hatlab oʻtish, tagidan oʻtib yurish uchun arqonlarni osish qulaydir. Jismoniy tarbiya inventarlari mashqlar doirasini kengaytirish, oʻziga xos harakat malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, har xil vertikal, aylanma, gorizontal, harakatlanayotgan, harakatli tebranma nishonga irg‘itish; halqa tashlash (har xil balandlikda joylashgan qiya joylarga, arg‘imchoqlarga halqa tashlash); juft boʻlib, kichik guruh bilan mashqlar bajarish (tayoqchalar, langar choʻplar shnurlar, katta halqa). Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar toʻplamiga tuzilishi boʻyicha har xil harakatlarda foydalaniladigan inventarlar (lentalar, pirpiraklar, roʻmolchalar, bruslar, tayoqchalar va boshqalar) kiradi. Ular umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi. Maxsus tanlangan inventarlar va oʻyinchoqlar muskulning ayrim boʻlimlarini maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda ta’sir etish imkonini beradi. Masalan, panja va barmoq muskullarining rivojlanishiga yig‘ma oʻyinchoqlar, mayda oʻynichoqlar, yirik munchoqlarni terib chiqish yordam beradi. Bu oʻyinlar bolalarga ilk yoshdanoq tavsiya etiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga mozaykalar (yassi, qoʻziqorinsimon, hajmli), konstruktorlar, qoqib kiritadigan oʻyinlar) “Oʻz rangini topib qoʻy”, “Epchil kalavachilar va boshqalar) bilan oʻtkaziladigan mashqlar ham foydalidir. Oyoq muskullarini mustahkamlash uchun g‘oʻlacha va tayoqchalar (oʻngga va chapga qadam tashlash), chizimchalar, halqachalar, sharchalar (barmoqlar bilan ushlash uchun), toʻpchalar (irg‘itish uchun), har xil konstruksiyadagi qirrali taxtachalarni qoʻllaydilar, maydonda yuzi har xil (qum, chim, shag‘al, qipiqlar bilan) yoʻllar quradilar.

XULOSA

Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat koʻnikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, koʻz bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni oʻstirish, toʻg‘ri qaddi-qomat, gigiyena koʻnikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni oʻzlashtirish. Bolalar asab tizimining plastikligi tufayli ularda harakat koʻnikmalari nisbatan yengil shakllanadi. Ularning koʻpchiligidan (emaklash, yurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotda harakat vositasi sifatida foydalaniladi. Harakat koʻnikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi: bola emaklab oʻzini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamollarni oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar. Jismoniy tarbiya mashqlarini toʻg‘ri bajarish muskullar, paylar, boʻg‘imlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Mustahkam shakllangan harakat koʻnikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash va oʻyin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni olishga yoʻnaltirish imkonini beradi. Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat koʻnikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin boʻlib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bolalarda harakat koʻnikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni oʻz ichiga oluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi.
Download 27,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish