Kirish. Ishning umumiy tavsifi 1 bob


Nutq va tovush birligi. Tovushda nutqning, nutqda tovushning ahamiyati



Download 61,75 Kb.
bet3/10
Sana15.04.2022
Hajmi61,75 Kb.
#554199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi- orfoepiya

1.1 Nutq va tovush birligi. Tovushda nutqning, nutqda tovushning ahamiyati
Tovush (tilshunoslikda), nutk, tovushi — kishining murakkab artikulyatsion faoliyat natijasi gʻisoblangan, muayyan akustik (eshitilish) va perseptiv (idrok etilish) xususiyatlari bilan ajralib turadigan eng kichik nutq birligi. Talaffuz usuliga muvofiq holda Tovushning akustikasi, artikulyatsiyasi va persepsiyasi haqida fikr yuritiladi. Har bir nutq tovushi artikulyatsion jihatdan talaffuz aʼzolarining murakkab harakati natijasida paydo boʻladi. Akustik jihatdan esa, har qanday boshqa tovush singari, havo muhiti orqali tarqaladigan tebranma harakat sifatida taʼriflanishi mumkin. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi vosita (tebrantiruvchi kuch) oʻpkadan nafas yoʻli orqali chiqib, avval boʻgʻizga va undan ogʻiz boʻshligʻiga, baʼzan burun boʻshligʻiga oʻtadigan havo oqimidir. Ovoz (un), asosan, boʻgʻizda hosil boʻladi. Unda koʻndalang joylashgan elastik, yupqa tovush (un) paychalari mavjud boʻlib, soʻzlash paytida oʻpkadan chiqayotgan havoning kuchi bilan titraydi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonorlar va jarangli undoshlardagi ovoz ana shuning natijasidir. Boʻgʻiz orqali oʻtgan havo oqimi til, tanglay, tish yoki ikki labning toʻsqinligiga duch kelib, shovqin paydo qiladi, natkjada jarangsiz undoshlar hosil boʻladi.
Tovushlar soʻz va grammatik koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda ularni birbiridan farqlash, ajratish uchun xizmat qiladi. Bunday xususiyatli Tovushlar fonema deb yuritiladi, biroq barcha Tovush ham fonema boʻla olmaydi. Tovush (fonema)lar bir necha jihatdan tasnif qilinadi. Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga koʻra, ular avvalo 2 ga boʻlinadi: unli tovushlar va undosh tovushlar (qarang Fonema, Undosh tovushlar, Unli tovushlar).
Fonetika (yunoncha: phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). Oʻzbek tilshunosligida fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang (boʻgʻin, sintagma, urgʻu va boshqalar) oʻrganiladi.

Nutqning tovush tomoni segment (lotincha: segmentum — qirqim, parcha, boʻlak) va ustsegment (supersegment) birliklarga boʻlinadi. Segment birliklar ketmaket joylashadi (bir vaqtning oʻzida 2 ta tovushni talaffuz qilib boʻlmaydi). Shuning uchun ularni silsilali yoki ketmaket birliklar deyish mumkin. U stsegment birliklarga urgʻu va ohang (intonatsiya) kiradi. Bu birliklar segment birliklar ustiga qoʻyiladi va ularga turlicha tus beradi.


Har qanday nutq tovushi, avvalo, nutq aʼzolarining harakati tufayli talaffuz etiladi, yaʼni fiziologik xususiyatga ega. Ikkinchidan, u havoning maʼlum elastik jiyemni tebratishidan hosil boʻladi; demak, uning akustik (fizik) jihati bor. Uchinchidan, muayyan soʻz va morfemaning maʼno tomoni bilan tovush qobigʻi birgalikda inson ongida shakllanadi, zero inson maʼlum tovushlar majmuini eshitish bilan qabul qilar ekan, ushbu majmu zaminidagi maʼnoni idrok etadi, bu perseptiv (psixofonetik) xususiyat sanaladi. Va nihoyat, eng muhimi, nutq maʼlum vazifani bajaradi, binobarin, funksional qimmatga ega. Nutq tovushlari yuqoridagi xususiyatlariga koʻra turli nuqtai nazardan oʻrganilishi mumkin. Fonetika tilning tovush tizimini qaysi jihatdan oʻrganishi (maqsadi) nuqtai nazaridan quyidagi turlarga boʻlinadi: umumiy fonetika; tarixiy (diaxron) fonetika; tasviriy (sinxron) fonetika; qiyosiy fonetika; eksperimental fonetika Yuqoridagilar bilan birga xususiy fonetika ham ajratiladiki, unda barcha fonetik xususiyatlar aniq bir til misolida oʻrganiladi.
Umumiy fonetika barcha tillar uchun umumiy boʻlgan fonetik xususiyatlarni (nutq tovushlarining hosil boʻlishi, ularning universal tasnifi, tovushlarning birikish qonuniyatlari, yondosh tovushlardan birining ikkinchisiga taʼsiri va boshqalarni) oʻrganadi. Umumiy fonetika xususiy fonetika materiallariga asoslanadi. Tarixiy fonetika tilning fonetik tizimini tarixiy taraqqiyotida, rivojlanish jarayonida oʻrganadi. Tasviriy fonetika esa muayyan til fonetik tizimining hozirgi holatini oʻrganadi. Qiyosiy fonetika ikki til fonetikasini, qarindosh tillar tovush tizimini bir-biriga qiyoslaboʻrganadi. Eksperimental fonetika nutqtovushlarini, fonetik hodisalarni maʼlum texnik vositalar yordamida oʻrganadi.
Nutq tovushlarining hosil boʻlish mexanizmini oʻrganish 17-asrda boshlangan boʻlib, bu hol karsoqovlarni oʻqitish ehtiyojidan kelib chiqqan (ispaniyalik X. P. Bonet, angliyalik J. Uilkins, niderlandiyalik I. Amman asarlari). Tilningtovush tomonini har jihatdan lintvistik nuqtai nazardan oʻrganish birinchi marta nemis olimi E. Ziversning „Tovush fiziologiyasi asoslari“ (1876, 2nashri „Fonetika asoslari“ deb nomlanadi, 1881) asarida kuzatiladi. Rossiyada umumiy fonetikaning rivojiga I. A. Boduen de Kurtene va uning shogirdlari V.A. Bogoroditskiy va L. V. Shcherbalar oʻz asarlari bilan muhim hissa qoʻshdilar.
Fonetika tilning boshqa sohalari bilan bogʻliq, chunki tovush, urgʻu va ohangsiz boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi va ran boʻlmaydi. Shu tufayli fonetika leksika, morfologiya, sintaksis va stilistika bilan bogʻliq til bosqichi deb qaraladi. Oʻzbek tili fonetikasi ham chuqur oʻrganilmoqda. Oʻzbek tilining tasviriy fonetikasini tadqiq qilishda V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, fonetika Abdullayev, A. Gʻulomovlar; oʻzbek tili fonetikasini 60-yillar oxiridan eksperimental oʻrganishda A. Mahmudov va S. Otamirzayevalar; oʻzbek tilining tarixiy fonetikasini oʻrganishda fonetika Abdullayev, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov, Q. Mahmudov, H. Neʼmatov, E. Umarovlarning xizmatlari katta.
Inson nutqi makon va zamonda ketma-ket paydo bo’ladigan kichik va katta birliklardan tashkil topadi. Tilda uch asosiy qatlam – fonetika, leksika, grammatika farqlanib, ular o’z oldiga qo’ygan vazifasiga ko’ra nutqni tarkibiy qismlarga ajratadi. Nutqning eng kichik bo’linmas birligi tovush bo’lib, tildagi so’zlar, iboralar va umuman nutq tovushlar orqali shakllanadi. Nutq tovushlari nutqning bu birliklari uchun ifoda materiali bo’lib xizmat qiladi. Nutq tovushlarining quyidagi o’ziga xos uch jihati mavjud:
1.Ular nutq apparati vositasida hosil qilinadi.
2.Nutq tovushlari eshituv apparati yordamida eshitiladi.
3.Ular ijtimoiy qiymatga ega.
Demak, nutq tovushlarini talaffuz etmay, shuningdek, eshitmay turib tevarak olamdagi narsa-hodisalar haqida muayyan tushunchalarga ega bo’la olmaymiz. Zero, real predmetlar tovush yoki tovushlar shaklida ongimizda qayta gavdalanadi. Muhimi tovushlarning ketma-ketligi, o’ziga xos ma’no zanjiri vositasida bizga axborot etkaziladi. Insonlar nutq tovushlari yordamida fikr berib, fikr oladilar. Aynan mana shu xususiyatiga ko’ra nutq tovushlari tabiatdagi jonsiz jismlar va hayvonlarning tovushidan farq qiladi. Umuman, inson tili tovush tili bo’lib, ularning ishtirokisiz hech qanday nutq va muloqot amalga oshmaydi.
Tilning tovush tomoni murakkab hodisa bo’lib, uni (fonetik va fonologik) jihatdan quyidagi 4 aspektda o’rganiladi:
1.Fizik – akustik aspekt.
2.Anatomik – fiziologik aspekt.
3.Perseptiv (eshitib – xis etish) aspekt.
4.Lingvistik – funksional aspekt.
Fizik hodisa sifatida tovushning qanday akustik belgilari mavjud bo’lsa, nutq tovushlarining fizik-akustik xususiyatlari ham ana shulardan iborat. YA’ni nutq tovushlarining akustik xususiyatlari tovushning kuchi, balandligi, tembri, cho’ziq-qisqaligi bilan izohlanadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda qatnashuvchi odam a’zolari va ularning ishtiroki, harakat-holatini o’rganish anatomik-fiziologik aspektning tadqiqot doirasiga kiradi.
Bular orasida uchinchisi – ma’no ajratish tomoni hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu belgi bo’lmasa tovush, fonema hisoblanmaydi. Aytilish va talafuz qilish ham katta ahamiyatga ega bo’lib, yana bir turi, uning eshitishi, ya’ni akustik tomoni ham mavjud. Tovushning eshitilishi haqida birin-bir tushuncha hosil qilish uchun, bir oz bo’lsada akustikadan xabardor bo’lish kerak. Nutq tovushlariga fizik yoki akustik aspektda qaralsa ularda avvalo ikki xil belgi ko’zga tashlanadi; bulardan biri tovushning sifat belgisi, ikkinchisi esa miqdor belgisidir.3
1.Tovushning sifat belgisi; tovushning kuchi yoki intensivligi. Tovush to’lqinining balandligi va kengligi tovush kuchi deyiladi. Boshqacha aytganda, to’lqining paydo bo’lgani o’rni bilan uning pastga tushgan o’rni o’rtasidagi kenglik tovush kuchini ko’rsatuvchi faktdir. Akustikada tovush to’lqinining balandlik va kenglik ko’lami amplituda deyiladi. Odatda, amplitudaning ko’lami qanchalik katta, keng va baland bo’lsa, tovush kuchi nutqda va urg’u bilan bog’liq bo’ladi. Odatda, so’zda urg’u tushgan tovushlar kuchli, urg’usizlar esa kuchsiz tovushlar hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir tovushning kuchini belgilashda uning nutq jarayonida aytilish holati ahamiyatlidir. Lekin teng kuchga ega bo’lgan tovushlarda ham shovqin (gremkast) har xil bo’lishi mumkin. Bu tovushning balandligiga bog’liq. Tovushning balandligi qancha yuqori bo’lsa, uning shovqini shuncha baland bo’ladi. Lekin tovushning asosiy xususiyatini maksimal shovqin chiqarish imkoniyatiga ko’ra “i” tovushi eng kuchli tovush hisoblanadi.“a” tovushi esa bu jihatdan eng kuchsiz tovush hisoblanadi. Chunki og’iz bo’shlig’I “a” ni talafuz qilganda “i” ga nisbatan keng ochiladi, havoning chiqish kuchi kamayadi. Lekin og’iz bo’shlig’ining “a” tovushini nutq protsesida tovushlar maksimal shovqin asosida emas, balki tabiiy nutq zarurati darajasida ifodalanadi. Chunki maksimal shovqin holatida nutq tovushlari asosiy xususiyatini yo’qotadi. Bu jihatdan qaraganda ham “a” tovushning talafuzi “i” ga nisbatan qulayroq.
2.Tovushning balandligi tebranishning vaqtga nisbatan bo’lgan miqdori bilan o’lchanadi. Uning o’lchov birligi “gers” (Gs) deb ataladi. Gers tebranishning sekundiga nisbatan o’lchovini belgilaydi. Tebranish qancha ko’p bo’lsa, tovush shuncha baland, tebranish oz bo’lsa, tovush ham past bo’ladi. Boshqacha aytganda, tovushning balandligi tebranishning zichligiga bog’liq; tebranish qancha zich bo’lsa, tovush shuncha baland bo’ladi.
3. Tovush tembri yoki bo’yoqchilik. Har bir tovushning o’ziga xos changi, rangi yoki bo’yoqdorligi tovush tembri deyiladi.Tovush bo’yoqdorligi tovush tembrining holati va darajasi bilan o’lchanadi. Tovush tembri asosiy tonlar bilan obertonlarning murakkab qo’shimchasidan iborat.
Nutq tovushlari masalasida shuni aytish kerakki, nutq tovushlarning tembri asosan, unli tovushlarga xos bo’lib, undagi faktlar uni tovushlarni bir-biridan ajratish uchun xizmat qiladi. Hamma unli tovushda ham ovoz bor. Lekin ular bir-biridan “tembri” orqali farq qilinadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda akustik jihat bilan ham bir qatorda fiziologik jihat ham, ya’ni nutq organlari ham muhim rol o’ynaydi. Biroq bi ikki tomon ham nutq tovushlarining to’liq qiymatini yarata olmaydi. Ularning to’liq qiymati nutq tovushlarining ma’no ajratish xususiyati tufayli, ya’ni sotsial qiymati tufayli yuzaga kelgan. Tovushning miqdor belgisi deyilganda odatda tovushning cho’ziqligi nazarda tutuladi. Tovushning cho’ziqligi uning talafuz qilinishicha ko’p vaqt ketgan tovushlar cho’ziq tovushlar deb ataladi. Lekin nutq tovushlari uchun absolyut cho’ziqligining qimmati yo’q. Chunki nutq tovushlarining qimmati o’zining tabiiy ( nisbatan cho’ziq, nisbatan qisqa ) vaqti bilan belgilanadi. Lekin “miqdor belgisi” degan iboraning nutq tovushining unutmaslik kerak. Chunki ayrim tillarda, kam bo’lsada, ma’no ajratish uchun xizmat qiluvchi cho’ziqlik ham uchraydi. Bu esa nutq tovushning sifat belgisi demakdir.Nutq organlari ko’krak qofasi, o’pka, kekirdak, tovush paychalari, tanglay, og’iz bo’shlig’i, jag’, tish lab, burun , til va boshqalar kiradi. Nutq organlari o’zining holati va xarakteriga qarab ikkiga bo’linadi.
1. Aktiv nutq organlari. Bunga tovush paychalari, kekirdak, til, lab va pastki jag’lar;
2. Passiv nutq organlari. Bunga ko’krak qafasi, kekirdak, yuqori jag’, qattiq tanglay, burun, tish.
Shunday qilib nutq tovushlarining hosil qilinishi akustika va fiziologik jarayonning ishtiroki natijasida yuzaga keluvchi murakkab hodisadir. Nutq protsessida nutq tovushlarining sotsial qiymati (ma’no farqlovchi qiymati) hal qiluvchi rol o’ynaydi. Mana shu uch tomon birgalikda nutq tovushlarining muhim uch aspektini tashkil etadi. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo’linmaydigan eng kichik birlikdir. Nutq tovushlari yakka holda qo’llanmaydi, balki so’z tarkibida boshqa tovushlar bilan birga keladi. Shu sababli so’zdagi tovushlar ajratilganda, ularning sifat jihatdan ma’lum fonetik mavqe bilan bog’langanligi unga tobeligi hamda u bilan bog’langan mustaqil holati hisobga olinadi. Nutq tovushlari akustik (eshitilishi), fiziologik (artikulyatsion), yoki talaffuz hamda lingvistik (ma’no farqlash) nuqtai nazardan o’rganiladi. Tovush nisbatan harfning vazifasi ancha chegaralangan bo’lib, u yozuvdagi bir tovushni ifodalaydi, shu tovushning barcha xususisiyatlarini aks ettira olmaydi. Tovush va nutq doimo bir-birini to'ldirib kelgan. Agarda tovushlar bo'lmaganda edi, harflar ham bo'lmasdi va o'z-o'zidan nutq shakllanmasdi.
XIX asr oxirlariga kelib, nutq tovushlarini o’rganishda ularning 2 xil ko’rinishi – til tovushlari va nutq tovushlarini farqlay boshlandi. Til tovushlari haqidagi ilk g’oyalar rus va polyak tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene tomonidan ilgari surildi. U (va shogirdi Krushevskiy) o’z tadqiqotlarida til tovushlarini ilk bor fonema deb nomladi. Fonema yoki til tovushlari mavhum – hodisa bo’lib, bevosita kuzatishda berilmaydi, faqat aql bilan idrok etiladi. Masalan, miyaning til xotirasi qismida o’zbek tilidagi har bir tovushning ramzi (belgisi) mavjuddir. Ana shu ramzda til tovushiga xos belgi – xususiyatlar haqidagi axborotlar mujassamlangan bo’ladi. Miyadan biror tovushni aytish haqida «ko’rsatma» berilsa, nutq a’zolari shu tovushning ramzida mujassamlangan axborotga binoan harakatga kelib, (masalan, «u» tovush uning ramzida «ovozdan iborat», «og’iz bo’shlig’t tor holatda, tovush hosil bo’lish oralig’i tilning orqa qismida», lablar aktiv qatnashadi degan axborotlar bor) ma’lum holat egallaydi va o’pkadan zarb bilan chiqariladigan havo oqimi nutq tovushi sifatida namoyon bo’ladi. Nutq tovush moddiy hodisa bo’lib, uning akustik va fiziologik xususiyatlarini maxsus asboblar yordamida tekshirish mumkin. Fonemaning kashf etilishi fonetikaning yanada ko’proq rivojlanishiga va uning keyingi bosqichi fanologiyaning tarkib topishiga olib keldi. Fonologiyada tilning tovush tomoni funksional jihatdan o’rganiladi. Muayyan tilning fonemalar tizimini, bu tizimdagi fonemalarning fonologik belgilarini («ramzdagi axborotlar» majmui) shu tilning konkret talaffuz xususiyatlarini o’rganmay turib tadqiq etib bo’lmaydi. SHu ma’noda, fonologiya fonetika bilan uzviy bog’langan bo’lib uni fonetikaning yuqori bosqichi deyish mumkin. (Fonetika – nutqdagi, fonologiya «ongdagi» holatni o’rganadi). SHuning uchun, fonetika fonologiya bilan tilning material – ifoda rejasini o’rganish borasida umumiylik tashkil qiladi.
Nutq tovushlari va harfni farqlash kerak. Harf tovushning yozuvdagi shartli belgisi hisoblanadi. Nutq tovushlarini talaffuz qilamiz va eshitamiz harflarni ko’ramiz va yozamiz. Tovushlarning hosil bo’lishida o’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrab yoki uchramasdan chiqishi muhim rol o’ynaydi. Harflar esa qo’l yoki turli texnik vositalar yordamida yoziladi. Harflar davriy ahamiyatga ega. Masalan, arab, lotin, kirill yozuvlarida «t» harfi har xil (T, ٺ) yoziladi, lekin t tovushi yagona artikulyasion bazaga ega. Nutq tovushi ilk til birliklaridandir. Inson tili vositasida paydo bo‘lgan dastlabgi biologik tovushlar evolyutsiya natijasida inson tafakkuri rivojlanib borishi bilan sotsial (so‘z hosil qiluvchi, ma’no farqlovchi) tovushga aylanib borgan. Tillarning paydo bo‘lishidagi fonetik nazariyalar bejiz emas. Albatta, bunda masalani tillarning emas, balki so‘zlarning paydo bo‘lishi tarzida qo‘yilishi mavjud nazariyalarning barchasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. Tovushlar soʻz va grammatik koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda ularni birbiridan farqlash, ajratish uchun xizmat qiladi. Nutq turlicha hajmdagi fonetik bo'laklardan tarkib topadi.

Download 61,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish