Kirish Inklyuziv ta’limning nazariy asoslari Inklyuziv talimning asosiy tamoyillari

“Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi”

Download 23,75 Kb.
bet6/6
Sana12.04.2022
Hajmi23,75 Kb.
#545213
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
inkluziv ta\'lim

“Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi” fikri bilan ham tasdiqlash mumkin .
Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim.
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o’zgartirishlar kiritish muhimdir.“Umum ta’lim” va “maxsus ta’lim” o’rtasidagi to’siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy ta’limning bir qismi bo’lishiga qaramasdan, o’zining o’quvchilari, o’qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda qo’llanilib kelinmoqda. Barcha o’quvchilarning talablariga javob beruvchi “Inklyuziv maktab”da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi.
Islohotlar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarish mumkin, lekin ularning pedagogik amaliyotini to’g’ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo’lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta’lim tizimi boshqaruvchilar hamda uni amalda qo’llovchilar tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
Inklyuziv ta’lim quyidagi shart-sharoitlarda tashkil etilishi mumkin: ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktab sinflari (guguhlari)da umumiy va alohida yordam olish, logoped xonalarida korreksion pedagogik yordam olish, korreksion sinf (guruh)larda maxsus ta’lim olish shaklida.
Inklyuziv ta’lim tizimiga maxsus yordamga muhtoj bolalarni viloyat (shahar, tuman) halq ta’limi bo’limlari tomonidan tibbiy-psixologo-pedagogik komisiya faoliyatida “Respublika, viloyat, tuman tibbiy- psixologo-pedagogik komissiyalar to’g’risida”gi Nizom asosida qabul qilinadi.
Umumta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy qilishda muassasa hodimlarini ish vazifalarida ham ko’zga ko’rinarli darajada islohotlar amalga oshirishi kerak.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimida o’qitish o’qituvchilardan ikki karra ma’suliyat bilan ishlashni talab etadi. Shuning uchun ham oliy pedagogik ma’lumotli va malaka oshirish kurslarini o’tab inklyuziv ta’lim pedagogik kvalifikasiyasni olgan o’qituvchilargina inklyuziv sinf o’qituvchisi etib tayinlanishi mumkin. Inklyuziv sinf o’qituvchisi umumiy o’rta ta’lim mussasa Ustavida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda
-tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishini korreksiyalash va me’yorga keltirish ishlarini olib boradi;
-bolalarni faolligini, ta’lim samaradorligini oshiruvchi metodlarni qo’llaydi;
-diqqat-e’tibor, xotirani, kuzatuvchanliq sinchikovlik va boshqa qobiliyatlarni tarbiyalaydi;
-o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini, bolalarning bilishga doir qiziqishlarini va qobiliyatini rivojlantiradi.
Inklyuziv ta’lim jarayonida muassasa tarbiyachisi ham alohida o’rin egallaydi.
Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil etishda o’qituvchi-defektologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda sog’lom va alohida ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni rejalashtirishi hamda shu asosida olib borishi kerak. Shuningdeq tarbiyachi alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash masalasida ota-onalarga va qonuniy vakillarga metodik yordam ko’rsatadi, kerakli ish hujjatlarini yuritadi.
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat yuritishi lozim.
Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi. Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda psixologo-pedagogik jihatdan o’rganib boradi, individual rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo’yicha ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining pedagogik hodimlariga psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko’rsatadi.
Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus yordamga muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj bo’lishi mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda tekshirib boradi, zarurat bo’lganda davalash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog’lig’ini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini belgilaydi, ota-onalarga bolaning somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan maslahatlar beradi.
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim - tarbiya jarayoni har tomonlama amalga oshirilgan islohotlar asosidagina samarali kechadi.
Muammolar: 1. Hududda inklyuziv ta’limni rivojlantirish strategiyasi mavjud emas, hududda inklyuziv amaliyotni rivojlantirishga rahbarlik qiluvchi va ta’minlovchi tuzilmalar va organlar tuzilmagan (Inklyuziv ta’limni rivojlantirish kengashlari, Resurs markazlari) , va boshqalar.). 2. Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda inklyuziv ta’lim amaliyotini yaratishning alohida namunalari mavjud.
 Muammolar: 3. Mintaqaviy va milliy inklyuziv ta'lim tajribasi bilan bevosita bog'liq tizimli, har tomonlama psixologik-pedagogik bilim va texnologiyalar, maxsus monitoring tadqiqotlarining yo'qligi. 4. Taʼlimda inklyuziv yondashuvni joriy etish, ilmiy-metodik taʼminlash, inklyuziv taʼlimni taʼminlash boʻyicha dasturiy-didaktik materiallar va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar tartibi aniq shakllantirilmagan.
 Muammolar: 5. Inklyuziv amaliyotni amalga oshirishning iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlari mavjud emas. (Inklyuziv bo'lgan maktab qo'shimcha moliyaviy investitsiyalarni talab qiladi (inklyuziv sinf o'qituvchisini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, nogiron bolaga hamrohlik qilish uchun o'qituvchi yordamchisi, repetitor, nutq terapevti va h.k. tariflarini moliyalashtirish), o'qituvchining qo'shimcha mashg'ulotlarini moliyalashtirish maktabdan tashqarida nogiron bola bilan; o'qituvchilarning shaxsiy kompyuterini moliyalashtirish, o'qituvchilar uchun uslubiy yordamni ishlab chiqish va olish)
 Muammolar: 6. Jamiyat (shu jumladan, professional hamjamiyat) tafakkuriga toqat qilmaslik, stereotiplar va noto'g'ri qarashlarning mavjudligi, o'qituvchilar, bolalar va ularning ota-onalarining inklyuziv ta'limning yangi tamoyillarini qabul qilishni istamasligi yoki rad etishi 7. Ta'limning yo'qligi.nogiron bolalarni umumiy ta'lim tizimiga kiritish jarayonini tartibga solish nuqtai nazaridan, individual ta'limni, nogiron bolalarni inklyuziv ta'limini tashkil etish nuqtai nazaridan normativ-huquqiy bazaga ega ta'lim jarayoni.
 Muammolar: 8. O'quv jarayonini texnik va didaktik o'quv qurollari bilan jihozlanmaganligi, nogiron bolalarning ayrim toifalarini o'qitishni tashkil etish uchun ta'lim muassasalarining arxitekturaviy qulayligining qiyinligi. 9. Umumta’lim o‘qituvchilari va inklyuziv yondashuvni amalga oshirishga qodir bo‘lgan yordamchi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi yetarli emasligi.

Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida bugungi kunga qadar ham juda ko’plab muammolar va to’siqlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Salbiy munosabat; Hamjamiyatda ko’rinmaslik; Moddiy mablag’ muammolari; Jismoniy moslashtirish; Sinfdagi o’quvchilar soni; Qaramlik; Jinsiy belgilarga qarab kamsitish; Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar.
2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" ishlab chiqildi.Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar ta'limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi.
Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko'rsatkichlar va tegishli davrga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida "Yo'l xaritasi" asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi.
Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirish, jumladan:
2020 — 2022-yillar davomida:
inklyuziv ta'lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtirish;
inklyuziv ta'lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta va malakasi oshirish;
inklyuziv ta'lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ular maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, pandus, tutqich va
boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta'minlanishi;
inklyuziv ta'lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etish;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o'qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o'rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantirish;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo'lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish;
inklyuziv ta'lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta'lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilish;
2023 — 2025-yillar davomida:
inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy qilish;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olish huquqini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish;
inklyuziv ta'limda o'qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etish;
inklyuziv ta'lim jarayonida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog'lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko'rish;
o'quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta'lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari soni optimallashtirish belgilab qo'yildi.
Download 23,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish