MegaWizard Plug-In Arithmetic plagini Multiplekser dasturi misolida
Dastlab quartus II dasturi ochiladi va New Project Wizard tanlanadi:
2.1-rasm. Quartus II paketida yangi loyiha yaratish.
So’ngra keying chiquvchi oynalar quyidagicha to’ldiriladi. Quyidagi oynada loyiha nomi va u joylashadigan katalog beriladi:
2.2-rasm. Yratilayotgan yangi loyiha saqlanadigan katalog va unga nom berish
2.3-rasm. Yaratilayotgan loyiha uchun qurilmani va qurilma oilasini tanlash.
Bu oynada qurilma oilasi kerakli qurilma tanalandi. Bizda Cyclone III qurilma oilasini tanlaymiz. Bu oynada loyihaning boshlang’ich konfiguratsiyalari chiqadi. Finish tugmasini bosib loyihani yaratishni tugatamiz. Multiplekserni yaratish uchun Quartus II ning megafunksiyalaridan foydalanamiz. Bunda biz MegaWizard Plugin dagi lmp_mux, lmp_add_sub, dec_7seg, input, output megafunksiyalaridan foydalanamiz. Megafunksiyalar haqida qisqacha kurs ishining nazariy qismidagi MegaWizard Plug-In Arithmetic bo’limidama’lumot berigan. Ishni boshlashdan avval megafunksiyalar bilan visual ishlash uchun oyna ochib olamiz. Buning uchun File->New buyruqlari tanlanadi va Block diagram/Schematic File tanalanadi.
2.4-rasm. Block Diagram/Schematic File ni yaratish.
Bunda quyidagicha oyna hosil bo’ladi. Bu oynada biz kerakli plug-inlarimizni joylashtirib, ular bilan ishlashimiz mumkin. Bu oyna .bdf fayl kengaytmaga ega.
2.5-rasm. Block Diagram/Schematicning ishchi oynasi.
Block Diagram/Schematic Filega kerakli plug-inni joylashtirish uchun bir nechta usuldan foydalanish mumkin. Tools menyusidan MegaWizard Manager tanlanadi yoki Block Diagram/Schematic File oynasiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali Symbol oynasi ochiladi. Bu amaly qismni bajarishda ikkinchi usuldan foydalanamiz.
2.6-rasm. Megafunksiyalar tanlanadigan Symbol oynasi.
Bunda Symbol oynasidan barcha kerakli Plug-In larni oynamizga joylashtirib olamiz. Dastlab lmp_mux Plug-Inni Symbol oynasidan Megafunctions/Gates bo’limidan olib, sozlaymiz va oynaga joylashtiramiz.
2.7-rasm. lpm_mux megafunksiyasi.
Lmp_mux ni sozlash quyidagicha amalga oshiriladi:
2c sahifasida VHDL tili tanlanadi.
3-oynada kirishlarni sakkizta, kirish va chiqishlar o’lchamini 1 bits deb belgilaymiz.
5-oynada lpm_mux0.inc, lpm_mux0.cmp, lpm_mux0_inst.vhd lar belgilab olinadi va Finish tugmasi bosiladi.
Bu oynadan Finishni bosamiz va lmp_mux Plug-inni oynaga joylashtiramiz.
Keyin joylashtiriladigan Plug-In lmp_add_sub. Uni ham Symbol oynasining Megafunctions bo’limidan olamiz. Bu Plug-In Megafunctions/Arithmetic bo’limida joylashgan.
2.8-rasm. lpm_add_sub megafunksiyasi.
lmp_add_sub Plug-Inga ham kerakli sozlashlarni amalga oshirib, uni ham oynaga joylashtiramiz.
Lmp_add_subni sozlash quyidagicha amalga oshiriladi:
2c sahifasida VHDL tili tanlanadi.
3-oynada oynada kirishlarga o’lcham beriladi(3 bitdan).
5-oynada lpm_add_sub0.cmp, lpm_add_sub0_waveform.htmllar belgilab olinadi va Finish tugmasi bosiladi.
Finishni bosib sozlashlarni tugatamiz va lpm_add_sub Plug-Inni oynaga joylashtiramiz. Keyingi joylashtiriladigan Plug-In dec_7seg Plug-Ini. Bu Plug-In MegaWizard Plug-In standart kutubxonasida bo’lmagani uchun uni o’zimiz yaratib olamiz. Bunda biz ikkita fayl yaratishimiz kerak. Birinichisi Plug-In bajaruvchi vazifani amalga oshirish kodi yozilgan .vhd fayl kengaytmali fayl va Plug-Inni MegaWizard dagi visual ko’rinishini ta’minlovchi .bsf fayl kengaytmali fayl. .vhd kengaytmali faylga kurs ishining ilova qismidagi 1- kodni yozamiz.
.bsf kengaytmali faylga esa kurs ishining ilova qismidagi 2- kodni yozamiz
So’ngra ularni standart kutubxonaning birortasiga qo’shiladi va odatiy Plug-In qo’shish kabi oynaga joylashtiriladi.
2.9-rasm. Kutubxonaga qo’shilgan dec_7seg Plug-In ko’rinishi.
Oxirida kirish va chiqish Plug-Inlarini joylashtirib chiqamiz.
2.10-rasm. Yig’ilgan diagrammaning umumiy ko’rinishi.
Diagrammani yaratib bo’lganimizdan so’ng uni kompilyatsiya qilamiz.
2.11-rasm. Kompilyatsiyalangan loyiha natijasi.
Natijani tekshirish uchun dasturni simulyatsiyalaymiz. Buning uchun Vector Waveform File faylini yaratib olamiz. Vector Waveform Fileni yaratish uchun File->New buyrug’I tanlanib, hosil bo’lgan oynadan Vector Waveform File tanlaniladi.
2.12-rasm. Loyihani simulyatsiyalash uchun simulayator hosil qilish.
Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi.
2.13-rasm. Simulyator oynasi.
WaveForm oynasiga dasturimizdagi kirish va chiqishlarni joylashtirib chiqamiz. So’ngra Edit->End Time va Edit->Grid Size buyruqlari orqali oynani masshtabini o’zgaritirib olamiz.
2.14-rasm. Simulyatorga kiritilgan kirish va chiqishlar.
Kirish va chiqishlar joylashtirib bo’lingach kirishlarga signallarni beramiz.
2.15-rasm. Kirish va chiqishlarga signal berish.
Signallarni berib chiqilgandan so’ng simulyator kompilyatsiya qilinadi va quyidagi natija olinadi.
2.16-rasm. Loyiha natijasi.
2.17-rasm. Loyiha natijasi.
Xulosa
Ushbu kurs ishi o’rnatilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish fanida o’tilganlarni mustahkamlash maqsadida bajarildi. Kurs ishida, dastlab, o’rnatilgan qurilmalardan biri – altera firmasining Cyclon III oilasi qurilmalari, ularda ishlatiluvchi dasturiy tillar haqida ma’lumot berildi. Keyingi qismlarda ushbu qurilmalarning dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalaniluvchi Quartus II dasturiy muhiti haqida ma’lumot berildi. Bunda Quartus II dasturiy muhitidagi dasturiy tillar, unda loyiha yaratish, loyiha yaratilganda hosil bo’luvchi fayl va oynalar haqida ma’lumot berildi.
Amaliy qismda dastlab Quartus II dasturiy muhitining imkoniyatlarini kengaytiruvchi MegaWizard Plug-In, undagi tayyor plaginlar va ushbu kurs ishining asosini tashkil qiluvchi Arithmetic plagini to’plami haqida so’z yuritildi. Amaliy qismning ikkinchi qismida esa Arithmetic plaginlar to’plami imkoniyatini yaxshiroq tushuntirish maqsadida Quartus II dasturiy muhitida Multiplekser loyihasi qadamba-qadam loyihalab ko’rsatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |