MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………………….2
I Bob ……………………………………………………………………………….4
Kompozitsiya asoslari va kompozitsiyada rang shakli ……………………..4
Kompozitsiya vositalari va ritm …………………………………………...11
II bob ……………………………………………………………………………...18
2.1. Kompozitsiya turlari ……………………………………………………….18
2.2. Kompozitsiya qoidalari va tamoyillari …………………………………….23
Xulosa ……………………………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………..30
KIRISH
“Dizayn asoslari” fanlari bo’yicha tuzilgan ushbu darslik, Respublikamizda va ta’lim islohotlarini yanada chuqurlashtirish, malakali mutaxassis va kadrlar tayyorlash borasida ularning kasbiy xususiyatlarni rivojlantiruvchi, shuningdek, iqtidorli, ijodkor ko’nikmalarini o’zida namoyon qiluvchi va badiiy ijod sohasiga qiziqish uyg’ota oluvchi, o’z ijodiy uslubini topishda, ayniqsa, badiiy asarning kompozitsion tizimni o’rgatuvchi sifatidagi zaruriyati beqiyos.
“Dizayn asoslari” fani bo’lajak dizaynerlarning badiiy - fazoviy mushoxadasini kengaytiradi, kasbiy mahoratini oshiradi. Fanni o’rganish jarayonida talabalar dizayn asarlari kompozitsiyasi, ularning turlari, vositalari, usullari, hamda elementlari haqida nazariy bilim olish bilan birga, uni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini egallab boradilar.
Asosiy masala - dizaynerlarni estetik ma’lumotga o’rgatish, ularni badiiy didini, estetik madaniyatini tarbiyalash.
Fanni o’rganishdan maqsad bo’lg’usi ijodkor mutaxassislar tomonidan tasviriy va amaliy san’atlarning, shuningdek dizayn sohasidagi turli maktab an’analarini nazariy o’rganish, davomiyligini saqlash, hamda rivojlantirishda hozirgi san’atining yanada - yangi pog’onalarini egallash, yaratilgan va yaratilayotgan badiiy asar va loyiha ta’sirchanligini anglash, his etish va uning badiiy g’oyasini oshirish, rivojlantirish yo’nalishlarini belgilab olish bo’yicha nazariy bilimlarini shakllantirishdan iboratdir.
“Dizayn asoslari” fani dizayn asarlarini yaratishda muhim ahamiyatga egadir. Ushbu fan bo’lajak dizaynerlarning badiiy - fazoviy mushoxadasini kengaytiradi, kasbiy mahoratini oshiradi.
O’zbekistonda zamonaviy qurilish sifatini va hayot darajasini oshirish sharoitida, garmonal va funktsional - fazoviylikni ratsional uyg’unligi va sun'iy muhitni estetik yechishga katta va muhim ahamiyat qaratilgan.
Boy tarixiy urf - odatlar, madaniy meroslar, tizim va zamonaviy jamiyatning tartibi, o’tgan avlod arxitektorlarining va dizaynerlarining tajribasi arxitekturaviy muhitga yuqori talabni shakllantira oldilar..Hozirgi kunda, butun dunyoda, mamlakatda umumiy va maxsus bilim darajasiga yangi talablar qo’yilib, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar tezda o’zgarmoqda. Oliy maktabning asosiy vazifasi - insonni yangi dunyodagi yuqori madaniyatli, o’qimishli, ijodiyotni, qobiliyatni va mehnatsevarlikni rivojlantirishni shakllantirishga qaratilgandir.
“Dizayn” mutaxassisligi keng bilim (falsafa, san’at tarixi, chizmatasvir va rangtasvir va hokazo) va real amaliyot sharoitida sohaviy ishlarda kerakli samarani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |