Kirish I bob


Tovar va uning xususiyatlari



Download 140 Kb.
bet4/7
Sana10.06.2022
Hajmi140 Kb.
#651555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sherzodbek kurs ishi

1.2.Tovar va uning xususiyatlari.
Biror bir turdagi mahsulot, aytaylik stul ishlab chiqaradigan uchta korxonani olaylik. Ulardan biri yaxshi, ikkinchisi o`rtacha va uchinchisi yomon korxona hisoblanadi. O`rtacha korxona umumiy hajmdagi stullarning 70 foizini yaratadi va har bir stulga 4 soat vaqt sarf qiladi deb faraz qilaylik.
Yaxshi korxona 20 foiz stullarni ishlab chiqaradi, har bir stul ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflanadi. Yomon korxona 10 foiz ish stullarni ishlab chiqaradi, u har bir stul uchun 6 soat vaqt sarf qiladi. Savol tug`iladi, qaysi korxonaning mehnat sarfi tovar qiymatini belgilaydi. Albatta, o`rtachasiniki. Nima uchun? Chunki tovarlarning asosiy qismini shu korxona yetkazib berayapti. Bu korxonadagi ish vaqti ijtimoiy zarur ish vaqtini tashkil etadi, u talabni qondirgani uchun e'tirof etiladi. Bundan ko`rinib turibdiki, individual emas, balki ijtimoiy zaruriy ish vaqti tovar qiymatini belgilaydi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti jamiyat ehtiyojini qondirish uchun kerak bo`lgan vaqtdir. Shu vaqtni bozor tan oladi. Ijtimoiy zarur vaqt bu tovarlarning aksariyat qismini yaratishga sarflangan vaqt bo`lib, o`rtacha texnika darajasi, mehnat malakasi va mahorati shu-ningdek, o`rtacha mehnat shiddati sharoitidagi sarfni bildiradi.
Amaliyotda tovarlar qiymati mehnatning o`zi bilan emas, balki uni ifoda etuvchi o`lchov vositasi bilan aniqlanadi. Bu o`lchov vositasi puldir. Pul tovar xo`jaligining mahsuli, faqat unga xizmat qiladi.
Pul-bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham, qiymat va iste'mol qiymatga ega. Shu ma'noda u boshqa oddiy tovarlardan farq kilmaydi.
Pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida iste'molchilar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifoda etadi. Shu sababli, tovar - pul munosabatlari paydo bo`ladi. Pul qanday paydo bo`lganini ko`rib chiqaylik.
Pulni tovar ayirboshlashning o`zi yaratadi. Pul uzoq tarixiy rivojlanish mahsulidir. Dastlabki tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan edi. Bu ayirboshlash dastlab tasodifiy bo`lsa, keyinchalik muttasil takrorlanib turgan.
Mahsulotni ayirboshlash uchun ishlab chiqarmaganlar, lekin ortiqchamahsulotlar paydo bo`lgan, ular tasodifiy shaklda ayirboshlangan.
Bunday ayirboshlash munosabatlarida qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli paydo bo`ladi. Tasodifiy ayirboshlash mehnat mahsulining tovarga aylanganligini ifodalaydi. O`z qiymatini boshqa tovarda ifodalovchi tovar qiymati nisbiy shakl-da bo`ladi. (tovar A tovar B ga almashsa, u nisbiy shaklda bo`ladi).
Tovar B esa qiymatni o`zida ifoda etuvchi material bo`lib xizmat qilayapti, uning qiymati ekvivalent qiymat bo`ladi. Demak, ayirboshlashda qiymatning ham nisbiy, ham ekvivalent shakli mavjud bo`ladi.
Ammo ikki shakldagi tovarning iste'mol qiymati har xil bo`ladi, aks holda ular almashilmaydi, shuningdek ular o`rin almashib turadi. Nisbiy shakldagi tovar ekvivalent shakliga o`tadi va aksincha ham bo`ladi. Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to`la yoki kengaygan shaklga o`tilgan.Bunday ayirboshlashda ko`p tovarlar ishtirok etadi, bir tovarning o`zi bir necha tovarga ayirboshlanadi. Misol uchun Sudan negrlarida tuzga quyidagicha tovarlar ayirboshlangan:
10 qop tuz q 10-15 qo`y yoki 20-30 echki yoki 2 buqaga.
Tasodifiy ayirboshlashda bir tovarga qarama qarshi faqat bitta tovar turadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlashdagi mahsulotlar soni ham ortib boradi, binobarin ayirboshlashda qiyinchilik ham ko`payadi. Asta-sekin tovarlar orasidan hamma tovarlarga ayirboshlana oladigan va hamma tovarlar qiymatini o`zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi. Bunday tovar puldir. Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalentga aylanadi. Qiymatning kengaygan shakli asta-sekin qiymatning umumiy ekvivalent shakliga aylanadi. Endi bir necha tovarlar o`z qiymatini bitta tovarda ifoda etadi.
10 kg choy yoki 10 ta qo`y yoki 40 kg kofeq1 kop bug`doyga
Umumiy ekvivalent rolini tovarlardan faqat bittasi bajargan.
Qiymatning oddiy va kengaygan shakllari sharoitida ayirboshlashda qiyinchiliklar bo`lgan. Tovar ishlab chiqaruvchilar yashashi uchun o`z tovarlarini kerakli boshqa tovarga ayirboshlashlari yoxud uning evaziga har turli tovarlarga ayirboshlash mumkin bo`lgan tovar olishlari lozim bo`lgan.
Iqtisodiy zarurat ekvivalentning paydo bo`lishiga olib keladi, lekin u kishilar o`rtasidagi kelishuv natijasi emas.
Bunda oltin oddiy tovar emas, balki pul ko`rinishini oladi. Pul shaklidagi qiymat quyidagilar bilan farqlashadi. Birinchidan, umumiy ekvivalentlikni faqat bitta tovar (pul) tanho bajaradi, ikkinchidan, umumiy ekvivalentlik vazifasini bajaruvchi pul tor ichki bozordan chiqib, davlatlararo, hatto xalqaro miqyosda tarqaladi, kengroq hudud oladi. Shunday qilib, tovar ishlab chiqarishning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida pul vujudga keladi. Turli xalqlarda pul vazifasini turli xil tovarlar, masalan Qadimgi Yunoniston, Rimda, arab va hind qabilalarida chorva bajargan. XX asr boshlarida Afrikaning ba'zi bir xalqlarida chorva pul bo`lib xizmat qilgan. Markaziy Afrikada fil suyagi, Qadimgi Misrda-bug`doy, Xitoyda- tuz, Mo`g`ilistonda-choy ayirboshlash jarayonida pul vazifasini bajargan. Qimmatbaho metallar qadim zamonlardan beri pul vazifasini o`tab kelgan. Miloddan oldingi 3 minginchi yillarda Shumer davlatida asal va kumush pul vazifasini bajargan. Kumush pullar miloddan oldingi 2 minginchi yillari Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan.Rubl degan pul X11-X111 asrlarda paydo bo`lib, kumushni bo`lish, bo`laklarga ajratish (rubit) degan ma'no beradi. Mayda savdo rivoji mayda pulni zarur qilib qo`ygan. Tanga pulning (mayda pul) vatani qadimgi Lidiya davlati hisoblanadi. Bu davlatda birinchi tanga miloddan avvalgi VII asrda vujudga kelgan. Biroz keyin Yunonistonning Egina shahrida tanga ishlab chiqarish boshlanadi. Qadimgi Rimda tanga ishlab chiqaradigan joy monet deb atalgan ibodatxona bo`lgan. Bu yerdan «moneta» so`zi kelib chikkan. Muomalaga nodir metallar ya'ni oltin va kumushdan tayyorlangan pullar chiqarilgan. Savol tug`iladi. Nima uchun oltin pulga aylandi? Buning sababi oltinning tabiiy xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Birinchidan oltinning qiymati yuqori, hajmi kichik, ikkinchidan, oltinni bo`laklarga bo`linishidan qat'iy nazar uning sifati butunligiday qoladi. Uchinchidan, savdo sohasidagi mayda muomalalarni bajarish uchun oltinning katta qiymati bo`lagi may da qismlarga-tangalarga bo`lina oladi.
To`rtinchidan, oltin yaxshi saqlanadi. Beshinchidan, oltin olib yurishga qulay. Ammo oltinning pulga aylanishi uning tabiiy xossasidan emas, balki tovar bo`lishidan kelib chiqadi. Har bir mamlakatning o`z pul birligi bo`ladi. Hozir dollar, dinar, rubl, lira, rupiy, funt, marka, so`m, tanga va hakozo pullar mavjud. Demak pul tovar xo`jaligi mahsuli ekan, xo`jalik rivojlanishi bilan pulda ham o`zgarishlar sodir bo`ladi. Pul iqtisodiyotning muhim quroliga aylanadi. Hozirgi iqtisodiyotni pulsiz tasavvur etib ham bo`lmaydi. Pul paydo bo`lishi bilan jamiyatda pulga doir iqtisodiy munosabatlar kelib chiqadi. Pul muomalasini uyushtirish, pullarni ayirboshlash, ularni saqlash, taqsimlash, bo`sh pulni qarzga berish, ya'ni uni sotish pul vositasida moliyani tashkil etish kabi iqtisodiy aloqalar yuzaga keladi. Pulning iqtisoddagi ahamiyatini u bajaradigan vazifalar belgilab beradi. K.Marks pulning besh vazifasi borligini ko`rsatgan edi:
Qiymato`lchovi;
Muomala vositasi;
Jamg`arish vositasi;
To`lov vositasi;
Jahon pullari.
Pul umumiy ekvivalent bo`luvchi tovar ekan, u o`zida ijtimoiy
mehnatni mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o`lchay oladi. Tovarning qancha turishini pul bilan belgilab, u 50 so`m, 10 dollar, 50 dinar, 20 marka, 50 sent turadi deb aytamiz. Buyumning og`irligi, eni va bo`yiga qarab, kilogramm yoki metr bilan o`lchaganday tovarlar narx bilan o`lchanadi.
Narx esa qiymatga muvofiq qo`yiladi. Bundan tashkari, pul oldi-sotdida ishlatiladi. Pul yordamida tovarni xarid etish pulga tovar ayirboshlash P-T yoki tovarni sotish ya'ni tovarni pulga ayirboshlash T-P ko`rinishda yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik qiladi, u muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning bu vazifasini faqat real pullar va ularning muomaladagi qiymat belgilari bajaradi. Pul hamma tovarga ayirboshlangandan, hamma yerda qabul qilinadi. Agar pul bo`lmaganida edi, kerakli tovar topib olish uchun o`z tovarini boshqa tovarga, boshqasini va yana boshqasiga almashtirish ko`p marta yuz berib, nihoyat kerakli tovar uchraguncha davom etar edi. Pul bunday mushkullikni oson qiladi. Pul shuningdek jamg`arma vositasi vazifasini ham bajaradi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib, o`z egasi uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi bo`lib xizmat qila olishidir. Pul-qog`oz yoki tanga bo`lgani uchun boylik emas balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi.
Vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`laridan unumli foy-dalanish maqsadida banklarda saqlanadigan pullar jamg`arma vosi-tasini bajaradi. Tovarlar muddati kechiktirib tulanishi sharti bilan iste'molchilarga berilganda pul to`lov vositasi bo`ladi. Pul-jahon puli vazifasini ham bajargan XX asrning birinchi yarmiga qadar uning o`rnini sof oltin bajargan, ya'ni mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblar, tovarlar va xizmatlar uchun to`lovlar bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga sof quyma shakldagi oltinni ko`chirish yo`li bilan amalga oshirilgan. Iqtisodiy aloqalar davlatlararo doiraga chiqib, boynalminallashib boradi, pulni xalqaro iqtisodiy munosabatlar vositasiga aylantiradi. Bu bir pulni ikkinchi pulga aylantirishni taqozo etib, yagona jahon puli talab qilinmaydi. Masalan, AQSh va Germaniya o`zaro savdo qilganida qandaydir yangi pul kerak emas. Buning uchun dollar markaga ayirboshlansa bo`lgani. Milliy doirada amal qiluvchi, qadr-qiymati shu mamlakat boyligi bilan ta'minlangan pul valyuta deyiladi. Valyutalar bir-biriga ayirboshlanganda valyuta munosabati paydo bo`ladi. Pulning pulga sotilish narxi valyuta kursi deyiladi. Yuksak rivojlangan mamlakatlar valyutasining kursi yuqori bo`ladi. O`zga valyutaga talab davlatlararo iqtisodiy aloqalarning kengayishidan ham kelib chiqadi. Chet el tovarlarini sotib olish, chet eldagi transport va aloqa xizmatlaridan foydalanish, chetga kapital va ish kuchini chiqarish, boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan qarz olish, xorijiy turizm bularning hammasi boshqa valyutaga talabni keltirib chiqaradi. Shu sababli valyuta kursi pul qadr-qiymatiga bog`liq bo`lsada, undan anchagina farq qiladi. Iqtisodiy barqaror mamlakatlar pulining valyuta kursi ham barqaror bo`ladi, tez o`zgarmaydi.
Har bir mamlakatning o`z o`lchami bor, bu uning milliy pulidir. Birlik O`zbekistonda-so`m, AQSh da-dollar, Angliyada-funt sterling, Turkiyada-lira, Germaniyada-marka, Saudiya Arabistonda-riyol qabul qilingan va h.k. Har bir davlatning milliy puli o`sha davlatning valyutasidir.
Shuning uchun ham Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so`ng MDH dagi yangi mamlakatlarda yagona pul birligini saqlab qolishga aslo hojat qolmaydi. Ayni paytda mustaqil davlatlar alohida moliyaviy siyosat yurgiza boshlaydi. Yuzaga kelgan sharoit mustaqil davlatlarning, shu jumladan O`zbekistonning o`z milliy pulini ya'ni so`mini 1994 yil 1 iyuldan boshlab joriy etishni taqozo qildi. Shu tariqa o`zbek so`mi dunyoga keldi. Endi u milliy valyuta-o`zbek puli sifatida dollaru marka, funt-sterlingu lira, rubl va riyol, tangayu-frank kabi iqtisodiy hayotga mustaqil qadam qo`yishi, ular bilan tenglashishi, ba'zilaridan o`zib ketishi, dunyodagi qudratli valyutalardan biriga aylanishi lozim. So`mni joriy qilishda O`zbekiston o`zi tanlagan yo`lidan bordi. «Birga bir» nisbat iqtisodiy jihatdan eng arzon, ruhiy-psixologik jihatdan eng qulaydir. Shuning uchun ham milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`la almashadigan bo`lishiga erishish uchun bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur edi.
Prezidentimiz I.A.Karimov bu xaqda alohida to`xtalib, uning juda qiyin va murakkab vazifa ekanligini ta'kidlab, milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`la almashadigan bo`lishiga erishish uchun nimalar qilish kerakligini quyidagicha belgilab berdilar
1. So`mning xarid quvvatini oshirish uchun iste'mol bozorini kerakli mollar bilan to`ldirish, aholining ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o`z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo`r berish zarur bo`ladi.
2. Valyuta zahiralarini ko`paytirish, eksport qiladigan mollarni ko`paytirish.
3. Yonilg`i -energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlash.
4. Kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda, O`zbekistoning qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish bilan makrobarqarorlikka erishish.
Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o`z samarasini ko`rsatishi lozim.
Yuqorida aytganimizdek, xususiy mulkchilikning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z - o`zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorli xususiyatini ko`zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Natural xo’jalik — o’z ehtiyojlarini o’zi yaratgan mahsulot va xizmatlar bilan qondiradigan xo’jalik. Natural xo’jalik qo’l mehnatiga asoslanadi, mehnat unumdorligi past bo’lgan ko’hna mehnat qurollari ishlatiladi. Natural xo’jalikning kengayishi yangi resurslarni jalb etish, Mas, yangi yerlarni ochib, ekin maydonlarini kengaytirish, mollar sonini ko’paytirish, ishlovchilar sonini oshirish orqali amalga oshiriladi.
Natural xo’jalik sharoitidagi iqtisodiy munosabatlar ham sodda bo’ladi, ular uzok, vaqt, hatto asrlar davomida, hech bir o’zgarishsiz saqlanib qoladi. Mac, O’rta Osiyoda yerlarni og’zaki kelishuv asosida ija-raga berish, ijara haqini hosilning bir qismidan olish, hosildan kafsan tarqatish kabi munosabatlar uzoq saqlangan. Natural xo’jalikning eng muhim belgisi uning bozordan ajralgan bo’lishidir.
Bu xo’jaliqda pul munosabati bo’lmaydi, yaratilgan mahsulotni xo’jalikning o’zi xonaki qayta ishlaydi. Mas, natural chorvador xo’jaligida jundan matolar, gilam, palos va kigizlar, teridan esa oyoq kiyimlari, po’stin tayyorlanadi. Natural xo’jalik ibtidoiy davr va o’rta asrlarda rivoj topgan. Tovar xo’jaligiga asoslangan bozor munosabatlariga o’tilgach, u o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Natural xo’jalik miqyosini qisqartiradi, so’ngra amalda to’liq siqib chiqa-radi. Lekin uning ayrim unsurlari jahon iqtisodiyotida saqlanib kelmoq-da. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda uning ahamiyati katta emas Aholi turmush darajasi past, ilmiy-texnika potensiali yuqori bo’lmagan, ij-timoiyiqtisodiy munosabatlar rivojlanmagan mamlakatlarda Natural xo’jalik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, uy-joy qurilishi, hunarmandchilik va boshqalarda ham muayyan rol o’ynab kelmoqda.
Natural xo’jalikning ayrim ko’rinishlari 21-asr boshlarida ham Osiyoning tog’li hududlarida, Afrika va Lotin Amerikasining (Amazonka) o’rmonzor va chakalakzorlarida ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanadigan qabilalarda saqlanib qolgan.
Oldingi boblarda ishlab chiqarishning umumiy, hamma bosqichlariga xos bo’lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o’zgarib turishini ko’rib chiqdik. Lekin, ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo’lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko’’gina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo’ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.
Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o’rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko’’ jihatdan turlicha bo’ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli mavzuni ijtimoiy xo’jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllarini tahlil qilishdan boshlaymiz. Keyin tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo’lgan yondoshuvlar, Pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari yoritiladi

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish