Kirish I bobXULOSA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
sherzodbek kurs ishi
KIRISH Ishlab chiqarish ikkita umumiy shaklda yuz beradi: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarish. Shunga ko`ra natural va tovar ishlab chiqarish xo`jaligi mavjud bo`ladi. Natural xo`jalik-umuminsoniy iqtisodning tarixan birinchi shakli bo`lib, bunda mehnat mahsullari ishlab chiqaruvchilarning o`z shaxsiy ehtiyojini qondirishga qaratiladi. Natural xo`jalik sharoitida mahsulot ayirboshlanmaydi va u ishlab chiqaruvchining o`zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Ishlab chiqarish hamda iste'mol vositalari sifatida uning har kungi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Natural xo`jalikning asosi avval yer, keyinchalik xonaki sanoat bo`lgan. Natural xo`jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo`lib kelgan. Qadimgi Yunonistonda natural xo`jalikni mustahkamlash, rivojlantirish g`oyasini ilk bor Platon, Aristotel ilgari surganlar. Natural xo`jalik sharoitida har bir yirik mulkdorning o`zining alohida xo`jaligi bo`lgan. Mayda dehqon xo`jaligi ham natural xarakterda bo`lgan. Natural xo`jalik barcha iqtisodiy jarayonlarni tor doira bilan cheklaydi. Ishchi kuchi va moddiy resurslar muayyan xo`jalikka juda qattiq biriktirib qo`yiladi va ko`chib yurishidan mahrum bo`ladi. Natural xo`jalik iqtisodiy o`sish yo`llarini ham to`sib qo`yadi. Mehnat unumdorligi deyarli o`smaydi. Bu uning o`ziga xos belgilarida ham ko`rinadi. Natural xo`jalik-konservatizm, ya'ni eskilikka moyil bo`lib, yangilikni yarata olmaydi.Iqtisodiy avtarkizm- ya'ni o`zini ta'minlab, boshqalar bilan kamdan-kam aloqaga kirishishdir. O`zini-o`zi mahsulot bilan ta'minlab, iste'mol sarf-xarajatlarini tejaydi, shu sababli natural xo`jalikning ba'zi bir sarqitlari nisbatan rivojlangan iqtisodiyotda ham saqlanadi. Natural ishlab chiqarish qonuniy ravishda tovar ishlab chiqarishga aylanadi, lekin bu jarayon ancha uzoq davom etadi. Natural ishlab chiqarish iqtisodiy ravnaqni ta'minlay olmaganidan uning o`rniga tovar ishlab chiqarish keladi va mahsulotning natural shakli tovar shakli bilan o`rin almashadi. Tovar xo`jaligi natural xo`jalikdan farqli o`laroq, mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste'mol qiluvchilarning bozor orqali, o`zaro tovarlarni oldi-sotdi orqali aloqa qilishni taqozo etadi. Demak, tovar ishlab chiqarish deganda mahsulotni bozor uchun, ya'ni uni pul vositasida oldi-sotdi qilish uchun yaratilishini tushunish kerak. Tovar ishlab chiqarish ob'ektiv tarzda ikki asosga tayanadi, ya'ni uni ikki shart-sharoit yuzaga keltiradi: Mehnat taqsimoti; Ishlab chiqaruvchilarning bir-biridan ajralib, mustaqil faoliyat yuritishi. Mahsulotni tovar shaklida ishlab chiqarish-bu ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tuzilishi bo`lib bunda kishilar o`rtasida iqtisodiy munosabatlar bozor orqali, ularning mehnati mahsullarini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo`ladi. Tovarni sotishdan maqsad uning o`rniga boshqa tovarni sotib olib, ehtiyojni qondirishdir. Tovar ishlab chiqarish umuminsoniy iqtisodiy hodisa, u hamma yerda mavjud. Mehnat mahsuli tovarga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanishi hamma jamiyatlar uchun muqarrar hodisadir. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |