XULOSA
Xulosa qilib aytganda, olib borilgan izlanishlar va tahlillarimiz natijasida energiya samarali va tejamkor uylarni qurish va ulardan foydalanish borasida to’plangan ilg’or xorijiy tajribalarni qiyosiy o’rganish va ulardan butun O’zbekiston va uning hududlarida joriy etish samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
energiya samaradorli va energiya tejamkorli binolarni qurishni qo’llab quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini shakllantirish va uni doimiy takomillashtirib borish;
aholi o’rtasida energiya samarali va energiya tejamkor resurslar asosida uy- joylarni qurish va ulardan foydalanish istiqbollari to’g’risidagi targ’ibot va tashviqot ishlari samaradorligini oshirish;
energiya samarali va energiya tejamkor binolarni qurish va ulardan foydalanish borasida to’plangan ilg’or xorijiy tajribalarni tanqidiy o’rganish va ulardan mahalliy sharoitlarda foydalanish istiqbollarini tadqiq etish borasida ilmiy- amaliy konferensiyalar, seminar treninglar va davra suhbatlarini tashkil etish;
energiya samaradorligiga ega qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarini qo’llab-quvvatlash va ular orasida sof raqobatchilik mexanizmlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy qilish;
zamonaviy energiya samaradorligiga ega qurilish materiallarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan innovasion-investision loyihalarni amaliyotga joriy etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va h.k.lar.
ishlab turgan qozonxonalar va nasos stansiyalarini zamonaviylashtirib, ularga foydali ishlash koeffisienti (FIK) 92 % dan kam bo’lmagan yuqori unumli uskunalar o’rnatish;
noan’anaviy energiya manbalari (issiqlik nasoslari, biogaz, geotermal suv, quyosh energiyasi, shamol energiyasi va boshqalar)dan foydalanish;
Umuman xulosa o’rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki, passiv energiya samaradorligiga ega binolar konsepsiyasi o’zida kompleks yondashuvni namoyon
etadi. U o’zida nafaqat energiya-resurslarni tejashni, balki atrof-muhit bilan hamkorlikdagi g’oyaga asoslangan butun bir falsafani namoyon etadi. Bugungi kunda insoniyat tomonidan uning tabiiy resurslardan ayovsiz va nooqilona tarzda foydalanishi natijasida kelib chiqayotgan tabiiy ofatlar va ekologik ziddiyatlar oqibatlarining oldini olish zarurligini anglab yetishi faoliyat yuritishning ko’pgina sohalarida, shu jumladan qurilishda ham burilish nuqtasi bo’ldi. Natijada bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar asosida energiya samaradorligiga ega va tejamkor zamonaviy uylarni qurish - bu hayotiy zarurat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |