Kirish I bob. Qisqa muddatli harajatlar



Download 73,2 Kb.
bet1/18
Sana13.02.2022
Hajmi73,2 Kb.
#446020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
$RUL5RPN



Farg’ona – 2022
MUDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………… 3


I BOB. Qisqa muddatli harajatlar

1.1.Qisqa muddatli harajatlar haqida ma’lumotlar………………..…6
1.2. Qisqa muddat ichida ishlab chiqarish……………………………19
1.3. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati ……........................24
II BOB.Uzoq muddatli harajatlar
2.1 Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi...............................34

Xulosa va takliflar…………….……………………………………….45


Foydalanilgan adabiyotlar………….…………………………………46
KIRISH
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. U resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al’ternativ foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma’lum ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan biron-bir resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarni chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o`zida biror bir narsadan vos kechishni anglatadi. Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni yetkazib beruvchilarga to`lov, shuning deb ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo`llanishini ta’minlovchi ichki xarajatlardir. Yuqorida berilgan tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga bo`linishini ko`rishimiz mumkin. Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ya’ni ish haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi. Ichki xarajatlar bu xususiy korxona egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga qo`ygan bo`lsa, bankga qo`ygan taqdirdagi protsentini olmaydi. Ammo firma egasi normal foyda oladi. Aks holda bu ish bilan shug`ullanmas edi. Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyotga berilgan e’tibor bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan bo’ldi. Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining asarlarida ko’p o’rinda iqtisodiyotda islohotlarning bosh tamoyillari va yo’nalishlari haqida aytib o’tgan. Obyektiv voqelik shundayki, respublika barcha yetilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni birdaniga hal qilishga qodir emas edi. Ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi iqtisodiy islohotlar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida bir xil jadallik bilan amalga oshmasligini ko’rsatmoqda edi. Resurslar cheklangan sharoitda hamma muammolarni bir yo‘la hal qilishga urinish hech qanday samara bermasdi.
Shu sababli islohot yo‘nalishlarini belgilab olish chog‘ida shunday asosiy bo‘g‘inlarni topish muhimki, ularga asoslanib jamiki muammolarni hal qilish mumkin. Respublikada amalga oshirilayotgan tub bozor islohotlarining butun dasturi eng muhim vazifalarni izchillik bilan hal etishga asoslangan.
Bozor asoslarini vujudga keltirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy vazifasi bo‘lib, ular mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, bozor tuzilmalarini shakllantirish, moliya va bank tizimini qayta tashkil etish, barcha darajalardagi boshqaruvning mutlaqo yangi tizimini barpo etish kabi eng muhim jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy islohotlarning butun zanjirida agrar sohadagi o‘zgartirishlarga g‘oyat katta ahamiyat berildi. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda hayotiy muhim muammolarni hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Iqtisodiyotning agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega edi. Bu imkoniyatlardan foydalanib, aholini oziq-ovqat va sanoatni xom ashyo bilan ta’minlashni yaxshilabgina qolmay, respublika qishloq aholisining turmushini farovon qilish ham mumkin.
Qishloq - milliy daromadning juda muhim manbai, valuta asosan qishloq xo‘jaligi hisobiga olinadi. Lekin eng muhimi - qishloq iqtisodiyotda va ijtimoiy turmushda, binobarin siyosatda ham shunday bir bo‘g‘inki, shu bo‘g‘in orqali butun respublika farovonlik va to‘kin-sochinlikka erishadi. Dehqon badavlat bo‘lsa, butun respublika badavlat bo‘ladi. Hozir biz hammamiz qishloq hisobidan yashayotganimizni tan olishimiz kerak.
So‘nggi yillarda agrar sohaning iqtisodiyotdagi ahamiyati hisobga olinib, unga e’tibor kuchaytirilmoqda. Qishloq xo‘jalik xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxini belgilashdagi nomutanosiblikni tugatish maqsadida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari barcha turlarining xarid narxlari muntazam oshirib borilmoqda. Chunonchi, so‘nggi uch yilda asosiy mahsulot - paxtaning xarid narxi ko‘p marta ko‘paytirildi. Don mahsulotlarining narxi ham ancha ko‘tarildi. Kartoshka, meva, sabzavot, chorva mollari va parranda, sut va tuxum, qorako‘l teri va junning xarid narxlari ham oshirildi. Bugungi kunda paxta va g‘alladan bo‘lak qishloq xo‘jalik mahsulotlari erkin narxlarda sotilmoqda. Ayni paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish yo‘liga muvofiq davlatga sotish majburiy bo‘lgan qishloq xo‘jalik xom ashyosi va mahsulotlari hajmi ancha qisqardi. Paxta, g‘alla va boshqa don ekinlariga davlat buyurtmasi 80 foizgacha kamaydi, davlatga sotilishi shart bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka 50 foiz darajasida saqlab qolindi.
Dastlabki yillarda paxta maydonlarini kamaytirish hisobiga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni va dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish siyosati o‘tkazildi. Bu siyosat qishloqdagi oilalarning moddiy ahvolini yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Aslida bu davlat yerlarini dehqonlarga topshirish yo‘lidagi dastlabki qadamlar edi. 720 ming gektarga yaqin unumdor yerlar dehqonlarga muddatsiz shaxsiy foydalanish uchun topshirildi. So‘nggi ikki yilda bu yerlarning umumiy maydoni ikki baravar ko‘paydi. Respublikada tomorqalarning o‘rtacha miqdori 1989 yildagi 0,12 gektarga nisbatan 0,20 gektarni tashkil etmoqda, bir qancha viloyatlarda esa har bir oilaning tomorqasi 0,25 gektardan oshib ketdi.
Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalarini va fermerlarni chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga rag‘batlantirish uchun maxsus qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlar jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklari zimmasiga aholiga chorva mollari va parranda sotish hamda ularni ozuqa bilan ta’minlash vazifasini yukladi. Qishloqda ishbilarmonlikni, fermer xo‘jaliklarni va kichik korxonalarni rivojlantirishga amaliy-moliyaviy madad berish uchun "Tadbirkor" degan maxsus aksionerlik tijorat banki tuzildi. Bu bank asosan imtiyozli shartlarda qarz berish yo‘li bilan dehqon (fermer) xo‘jaliklarining, qishloq xo‘jalik ijarachilarining, shaxsiy tomorqa uchastkalarining, qishloq xo‘jalik 
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan kichik, shu jumladan, xususiy korxonalar va firmalarning oyoqqa turib olishiga yordam berishi lozim edi.
Fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi, shaxsiy tomorqalarning kengaytirilishi qishloqdagi bir qancha o‘tkir muammolarni hal qilishga yordam berdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari, birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi ko‘paydi. Qishloqda, ayniqsa, ayollar va yoshlar uchun mehnat qilish sohasi kengaydi. Qishloq aholisining daromadlari ko‘paydi. Yakka tartibda uy qurish ko‘lamlarini kengaytirish hisobiga uy-joy muammosini hal qilishda katta siljish bo‘ldi. Bularning hammasi bozor munosabatlari vujudga kelayotgan murakkab davrda katta madad, barqarorlashtiruvchi qudratli omil bo‘ldi
I BOB. Qisqa muddatli harajatlar


Download 73,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish