Bog'liq Mavzu Milliy boylik va uning tarkibi Reja Kirish Milliy boyli-fayllar.org
I.BOB. Milliy boylikning kengaytirilgan konsepsiyasi: tabiiy va inson kapitali statistikasi muammolari.
1.1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari.
Milliy boylik - iqtisodiy statistikaning tayanch ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) - mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori esa -mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi haj-mini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug'ullan-ganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning haj-mini birinchi bor Angliyada (1664-yilda) U. Petti hisoblagan. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 1789-yilda, AQSh da 1805-yilda va Rossiyada esa, 1864-yilda hisoblangan.
XX asr oxirlarida kelib milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash. ularni yagona konsepsiyalar asosida qiymatini, tarkibini, dinamikasini hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish yanada dolzarb muammoga aylandi. BMT statistika komissiyasi hamda Jahon banki huzurida Dj. Dikson (AQSh) va K. Hamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997-yilda 92 mamlakat bo'yicha (1994-yil ma’lumotlari asosida) va 2000-yilda 10 mamlakat bo‘yicha (1997-yil ma'lumotlari asosida) milliy boylik elementlarining qiymatini, strukturasini va jon boshiga to'g'ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblashdi. 2000-yilning avgustidagi daromadlar va boyliklarning tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasining umumiy 26-konferensiyasida turli mamlakatlarning rivojlanishi to'g'risidagi yig'ma hisoblashlarning nati-jalari haqida ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Mazkur konfe-rensiyada K. Hamiltonning jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997-yildagijon boshiga to‘g‘ri keladigan darajasi va uning o‘sishi sur'atlari hisoblangan ma’ruzasini taqdim etdi. K. Hamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda ko'pgina mamlakatlarda (jon boshiga to'g'ri keladigan YalM darajasi o‘rtacha jahon darajasidan past bo'lganlarida) umumiy kapital hajmining o‘sish sur'ati aholi soniningo‘sishi sur'atidan pastligini, ya'ni bu mamlakatlarda aholi farovonligining pasayishi jarayoni yuz berayotganini ko‘rsatdi. Ma’lumotlari asosida milliy boylik tarkibini tahlil qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, “Yettilik” va Yevropa ittifoqi davlatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan milliy boylik hajmi dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan bir necha barobar yuqori. Bu davlatlarda inson kapitali qiymatining yuqoriligi mazkur davlatlami yuqori o‘rinda turishi-ga sabab bo'lmoqda. OPEK va MDH davlatlarida tabiiy boylikning milliy boylik tarkibidagi ulushi bu davlatlar ulushidan deyarli 10 barobarga yuqori bo:lsada, inson kapitalining ulushi 47,4% va 50% ni tashkil qiladi. Demak, shunday xulosa qilsa boMadiki, iqtisodiyotning taraqqiy etish darajasi yuksalib borishi bilan inson kapitaliga sarflar ortib boraveradi, bu esa milliy boylik hajmining ko'payishiga olib keladi. Hisob-kitoblar natijalari ma lum bo‘lgan “boylar boyimoqda, kambag‘allar qashshoqlashmoqda” iborasini tasdiqlaydi.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93ga tayanmoq zarur. Unga binoan, milliy boylik deganda ma'lum bir sanaga institutsional birliklar. ya'ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo‘lgankapital sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklaming aktivlari (nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi. Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli bo’lgan nomoliyaviy aktivlar va ulaming tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi.
Ma’lumki, iqtisodiy aktivlar - iqtisodiy obyekt bo‘lib, ular institutsi-onal birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat- bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba'zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko'rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega boiadi. Ba’zilari esa, masalan, raoliyaviy aktivlar - aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMTning MHT - 93 dagi konsepsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq. sektor, hudud)ning mulkiy holati - milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko'rsatkichni hisoblashda "Aktivlar va passivlar balansi" dan foydalaniladi