1.1-jadval
XXI asr boshida dunyoning milliy boyligi va tarkibi
Davlatlar
|
Milliy boylik
|
Shu jumladan, kapital turlari bo'yicha
|
inson
|
tabiiy
|
jismoniy .
|
jami, trln. doll.
|
aholi jon boshiga, ming doll.
|
trln.
doll.
|
%
|
trln.
doll.
|
%
|
trln.
doll.
|
%
|
Dunyo bo'yicha jami
|
550
|
90
|
365
|
66.4
|
90
|
16.4
|
95
|
17,3
|
Yettilik va Yevropa ittifoqi davlatlari
|
275
|
360
|
215
|
78.2
|
10
|
3.6
|
50,
|
18,2
|
OPEK davlatlari
|
95
|
195
|
45
|
47,4
|
35
|
36,8
|
15
|
15,8
|
MDH davlatlari
|
80
|
275
|
40
|
50,0
|
30
|
37,5
|
10
|
12,5
|
Boshqa davlatlar
|
100
|
30
|
65
|
65,0
|
15
|
15,0
|
20
|
20.0
|
Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93ga tayanmoq zarur. Unga binoan, milliy boylik deganda ma'lum bir sanaga institutsional birliklar. ya'ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo‘lgankapital sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklaming aktivlari (nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi. Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli bo’lgan nomoliyaviy aktivlar va ulaming tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi.
Ma’lumki, iqtisodiy aktivlar - iqtisodiy obyekt bo‘lib, ular institutsi-onal birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat- bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba'zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko'rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega boiadi. Ba’zilari esa, masalan, raoliyaviy aktivlar - aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMTning MHT - 93 dagi konsepsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq. sektor, hudud)ning mulkiy holati - milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko'rsatkichni hisoblashda "Aktivlar va passivlar balansi" dan foydalaniladi
1.2-jadval
Aktivlar va passivlarning davr boshi (oxiri)dagi balansi
Aktivlar (talablar)
|
Passivlar (majburiyatlar)
|
Nomolivaviy aktivlar
|
Moliyaviy majburiyatlar
|
Moliyaviy aktivlar
|
O'ziga tegishli kapitalning sof qiymati (nl+n2-n3)
|
BMTning MHT-93 dagi konsepsiyasiga binoan milliy iqtisodiyot va uning sektorlari bo‘yicha mulkiy holatni - boylikning hajmini hisoblash mumkin. Aktivlar va passivlar balansining yil boshi va oxiridagi ko'rsatkichlarining solishtirilishi natijasida sof aktivlar - milliy boylik hajmining o‘zgarishi (mutlaq va nisbiy)ni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy statistikada sof aktivlar - milliy boylikning hajmini hisoblashda moliyaviy aktivlar (talablar) va moliyaviy passivlar (majburiyatlar) faqat tashqi mamlakatlarga nisbatan olinadi, chunki ichki talablar va majburiyatlar mamlakat miqyosida bir-biri bilan qoplanib ketadi.
M amlakatning sof aktivlari - milliy boyligi - mamlakatning mulkiy holati ko‘rsatkichi zaxira ko‘rsatkichlari turkumiga kiradi. U mahsulot, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad ko'rsatkichlari (bular “oqim” ko‘rsatkichlari deb ataladi)dan farq qiladi. Zaxira ko‘payishi (kamayishi) hajmini va unga ta’sir etgan omillarni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
Bu yerda: A0, A. - yil boshi va oxiridagi aktivlarning qiymati; Ajq -iqtisodiy harakatlar (ishlab chiqarish, sotish — sotib olish, in’om etish) natijasida aktivlar qiymatining o‘zgarishi; Ab- aktivlar qiymatining iqtisodiy harakatlarga bog'liq boimagan boshqa faoliyatlar tufayli o‘zgarishi (foydali qazilmalarning ochilishi, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida); A - aktivlar nominal qiymatining inflyatsiya (deflyatsiya) natijasida o’zgarishi.
Barcha sabablarga ko'ra aktivlar qiymatining o‘zgarishi (amaldagi baholarda): AA = A-A0; agar aktivlar fizik hajmining o‘zgarishini, ya'ni dinamikasini o‘rganmoqchi boisak, unda baho (narx) faktorining ta’sirini e’tiborsiz qoldiramiz. Bunda aktivlar dinamikasi indeksi J~Af> : A ; bunda A f • =Zqjp0 - solishtirma narxlarda baholangan aktivlarning yil oxiridagi qiymati.
Iqtisodiy aktivlarning hajmi dinamikasi va boshqa jihatlarini toiaroq o‘rganish uchun statistika amaliyotida, birinchi navbatda, ular tasniflanadi, ya'ni klassifikatsiya qilinadi. Tasniflashda turli-tuman aktivlar u yoki bu muhim belgisi - xususiyati, xossasiga binoan oldindan belgilangan guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar BMTning statistika komissiyasi tomonidan barcha mamlakatlar uchun standart holida tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |