Kirish I bob keyns modeli


ΔU= -Inflyatsion uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori



Download 276,84 Kb.
bet7/23
Sana19.04.2022
Hajmi276,84 Kb.
#564136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
KEYNSNING MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI

ΔU= -Inflyatsion uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori.Keynsning makroiktisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini kiska muddatli makroiktisodiy siyosat maksadlarida aniklashtirgan bo`lib, uning xususiy xoli xisoblanadi. YAlpi talab va yalpi taklif modelidan farkli o`larok bu modelda baxolar darajasi va ish xaki o`zgarmas mikdorlar xisoblanadi. Ayni shu sababga ko`ra tovar moddiy zaxiralarining o`sishi kiska muddatda makroiktisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo`ladi.
1.2 J.M.KEYNS TA’LIMOTI

Jon Meynard Keyns (1883-1946) - hozirgi zamonning buyuk olimi-iqtisodchisi. Uning dunyoqarashi o‘zi oldin bilim olgan, keyin o‘qituvchilik qilgan Kembridj universitetida shakllandi. U bu yerda ikkinchi bir atoqli olim Kembridj iqtisodiy maktabining asoschisi A.Marshall qo‘lida ta’lim oldi. Ammo uning izidan bormadi, o‘ziga xos yo‘nalishda nazariya yaratdi.


Birinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta bilan almashtirish g‘oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir ko‘rsatish dastagiga ega bo‘lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo‘lgan. U shunday yozadi: «Ulyanov Lenin kapitalistik tizimni yo‘qotishning eng yaxshi usuli – bu inflyatsiya vositasida uning valyutasini obro‘sizlantirish va kuchsizlantirish deb tasdiqlagan edi. Lenin mutlaq haq bo‘lgan. Amal qilib turgan jamiyatni to‘ntarishning bundan nozik va to‘g‘ri usul yo‘q».
Ingliz iqtisodchisi inflyatsiya keltirib chiqaradigan «inflyatsiya solig‘i» (pul qadrsizlanganda uning egasi o‘z jamg‘armasi qiymatining bir qismini yo‘qotadi) va jamg‘armaning kamayishi kabi salbiy oqibatlarni ajratib ko‘rsatib berdi. Jamg‘arma darajasining pasayishi pirovard natijada investitsiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada «kapitalning kyemirilishi» sodir bo‘ladi. Surunkali inflyatsiya sharoitida ishlab chiqarish faoliyati bilan, ayniqsa uzoq muddatli investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanish, oddiy qilib aytganda, befoyda: pul juda sekin aylanadi va o‘zining sotib olish qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun chayqovchilik faol tadbirkorlik faoliyati sohasiga aylanadi. U turli bozorlarda baholar o‘rtasidagi farq hisobiga foydani ko‘paytirishga imkon beradi.
J.M.Keyns o‘z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular
«Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1921), «Erkin tadbirkorlikning tugatilishi» (1926), «Pul to‘g‘risida traktat» (1930) va boshqalar. Uning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yili chop etildi.
J.M.Keyns ilmiy ishlar bilan birga faol amaliy va siyosiy faoliyat bilan ham shug‘ullandi. U yirik sug‘urta kompaniyasining raisi, investitsiya kompaniyasining boshqaruvchisi, «Iqtisodiy jurnal» muharriri, davlat chinovnigi, moliya vazirligining iqtisod bo‘yicha maslaxatchisi lavozimlarida ishladi.
Buyuk turg‘unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqtisodiy inqiroz va ish bilan bandlik savollari bilan yaqindan shug‘ullana boshladi. 1929 yili u ishsizlik muammolari bo‘yicha iqtisodiy kengash raisi etib tayinlandi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1940) u Britaniya xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 1941 yili uni AQSh hukumati bilan lend-liza kelishuvi bo‘yicha materiallarni va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash uchun ingliz hukumati delegatsiyasi tarkibiga kiritdi. 1942 yil Angliya banki direktorlaridan biri etib tayinlandi. J.M.Keyns 1944 yil Xalqaro valyuta fondi va xalqaro tiklanish va rivojlanish bankini tashkil etish rejasini ishlab
chiqqan Bretton-Vud valyuta konferentsiyasiga o‘z mamlakatining bosh vakili qilib tasdiqlandi. Keyin esa ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv a’zolaridan biri etib tayinlandi.

Download 276,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish