Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari


Mavzu: Hadislar va ota-onaga hurmat hissi



Download 265,5 Kb.
bet16/25
Sana11.07.2022
Hajmi265,5 Kb.
#774750
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
fe6faa3e0a1034b7f2b4fb6f33d2afdb BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mavzu: Hadislar va ota-onaga hurmat hissi
Darsning maqsadi: o‘quvchilarning Qur’on va Hadis haqidagi bilimlarini boyitish, ularni insonparvarlik, mehr-oqibatlilik, ota-onaga hurmatda bo‘lish kabi ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalash, vijdoniga hilof ish tutmaslikni uqtirish.
Darsning jihozlanishi: Qur’oni karim, Hadisu sharif kitoblari, axloq-tarbiyaga oid manbalar, savol javob uchun tayyorlangan tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar.
Mavzuning qisqacha bayoni:
Hadis nima? Imom al-Buxoriy kim? Uning nomi nima uchun dunyoga mashxur? O‘qituvchi mavzuning bayonnomasida avvalo mana shu savollarga javob berishi kerak. Hadis so‘zi - arabchada «xabar», «rivoyat» kabi ma’nolarni ifodalaydi. Hadislar islom shariatida Qur’oni karimdan keyin turadigan ikkinchi manba hisoblanadi.
Hadislarda Islom dinining imon-e’tiqod, axloq-odob, halollik, rostgo‘ylik, insof-adolat, izzat-hurmat kabi g‘oyalari ulug‘langanini ko‘ramiz.
Kibr havo, hasad-adovat, baxillik, g‘iybat, manmanlik, yolg‘on-xiyonat, fitna-fasod, zulm, dilozorlik kabi illatlar Xadislarda keskin qoralanadi. Hadislar Payg‘ambarimiz Muhammad Alayhisalomning turli sharoitlarda, turli voqealarga nisbatan aytgan so‘zlari, ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari, o‘gitlaridan iboratdir.
Hadislarni yig‘ib kitob qilish Payg‘ambarimizning vafotlaridan so‘ng amalga oshirila boshladi. Ayniqsa bu harakat hijriy III asrda keng quloch yoydi, hayotga tadbiq etildi.
Turkistondan etishib chiqqan buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy xadislarni to‘plashda ayniqsa ulkan xizmat ko‘rsatgan. U melodiy 810 yilda Buxoro shaxrida tug‘ilgan. O‘tkir zehnli, irodasi, Hadis ilmiga, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga mehri tufayli yoshligidanoq Islom olamida mashxur bo‘ldi va chuqur iz qoldirdi.
Madina, Hijoz, Basra shaharlarida tahsil oldi. Bir necha yil Nishopur va Iroqda yashadi. Uzoq yillar musofirlikdan so‘ng ona yurti Turkistonga qaytgan Xoja Ismoil al-Buxoriy 62 yoshida Samarqand shahri yaqinidagi Xartang qishlog‘ida vafot etadi (871 y.).
Ismoil Buxoriy ko‘plab Hadis to‘plamlari yaratdi, lekin ularning eng mashxur asari «Al-Jome-as-sahih», (ishonarli to‘plam) kitobidir. Bu kitobga muhaddis barcha Hadislar ichida eng ishonarlilarini kiritgan.
«Al-Jome’-as-sahih» kitobidagi juda ko‘p hadislarda insonlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ota-ona va farzandlarining haq-huquqlarini e’zozlash, mehr-oqibatlilik ulug‘lanadi.
Hadislardan namunalar keltiramiz:

  1. Abdulloh ibn Umar (r.a) rivoyat qiladi. U kishi: «Olloh Taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo‘lishiga va uning g‘azabi ham otaning g‘azabiga bog‘liqdir», - dedilar.

  2. Muoviya ibn Hayyida (r.a) aytadilarki, Rasulullohdan: «Ey Rasululloh, men kimga yaxshilik qilsam bo‘ladi?» - deb so‘radim. «Onagga», - dedilar. Men yana shu savolni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: «Onangga», - deyaverdilar. To‘rtinchi marotaba so‘raganimda: «Otangga va yana yaqin bo‘lgan qarindoshlaringa», - dedilar.

  3. Abdullo ibn Abbosdan rivoyat qilindi: «Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini hafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Olloh Taolo undan rozi bo‘lmaydi», - dedilar. SHunda bir kishi: «Agar ota-onalar bolalarga zulm qilsa bola nima qilishi kerak?» - deb so‘radi. Abdulloh: «Agar ular bolalarga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak»,- dedilar.

  4. Abu Hurayra (r.a) aytadilar: «Rasululloh: Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin!» deb uch marotaba takror qildilar. SHunda sahobalari: «YO Rasululloh kimni aytayapsiz?» - deb so‘rashdi.

Rasululloh: «Ota-onasining ikkalasi, yohud bittalari keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o‘zini do‘zaxga tushishiga mubtalo qilgan kishini», - dedilar.
O‘qituvchi bu hadislardan namunalar keltirgandan so‘ng uning mazmun mohiyatini tushuntirib beradi. O‘quvchilar bilan ushbu hadislar haqida savol javoblar qilinadi. Ular mana shu mavzuga doir sahna ko‘rinishlarini ham ijro etishadi. Ular bu sahna ko‘rinishida ham har xil salbiy va ijobiy timsollarni maromiga etkazib ijro etishga intiladilar.
Xulosa shuki, yosh avlodni ma’naviy barkamollik, go‘zal axloq-odob, mehr-shavqat ruhida tarbiyalash borasida Hadislarning tutgan o‘rni beqiyosdir.
O‘qituvchi yana bir bor mavzuning mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirib o‘tadi. Darsni mustahkamlash maqsadida o‘rtaga mavzuga oid turli savollar tashlashi mumkin. Nihoyat, o‘quvchilarga hadislarni mustaqil o‘qishni tavsiya qiladi.

Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish