46-
rasm. Baland-olis zarbaga burchakdagi ustunlar tomonga yo ‘naltirilgan javoblar.
Baland-olis zarbaning afzal variantlari: o‘ng tomondan raqibning markaziy olis burchagiga, chap tomondan chap olis
burchakka. Bunday zarbalarga to‘g‘ri javob qaytarish variantlari 50-51 -52-rasmlarda ko'rsatib o‘tilgan.
47-
rasm. Baland-olis zarbaga yon chiziq ustiga yo‘naltirilgan “yarim maydon ” hujumkor zarbasi bilan javob
qaytarish.
48-
rasm. Baland-olis zarbaga orqa chiziq burchaklariga yo‘naltirilgan baland zarba
bilan javob qaytarish.
Volanni oshirgandan keyin tezda maydon markazida asosiy o'yin holatini egallash zarur (53-rasm).
49-
rasm. Asosiy o ‘yin holati.
Zarbaning yakuni raketkani ushlab turgan panjani uchib kelayotgan volan tomonga qarab keskin tez chiqarish bilan
amalga oshiriladi, bunda zarba berilganga qadar tirsak panjadan oldinda, panja esa raketkaning kallagidan oldinda bo`lishi
kerak. Raketkani ushlab turgan qo‘l yuqoriga tik ko‘tarilgan bo‘ladi, Volan raketkaning simli yuzasiga kelib tegishi bilan
panja tezda yoziladi, bu esa zarba beruvchi harakatning kuchini oshiradi (35-rasm, 5-holat). Masalan, hujumkor
zarbada (smeshda) panja oxirigacha buriladi. O‘ng oyoq maydonchaga qo‘yilgandan, og‘irlik markazi unga o‘tkazilgandan
keyin darhol zarba berilsa, to‘g‘ri bo‘ladi.
Izoh: zarba berish chog‘ida qadamlar soni bar bir sportchining shaxsiy jismoniy ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi.
Shuni yodda tutish kerakki, butun zarba nisbatan yengillashgan holatda amalga oshiriladi, bosim esa faqatgina zarba
beriladigan paytning o‘zigagina xosdir.
Raketkaning yopiq tomoni bilan yuqoridan beriladigan zarbalarning turlicha trayektoriyada bo'lishidagi farqlar
zarbaning yakuniy bosqichida panjaning bukilish darajasiga va uning bilak atrofida buralishiga bog'liq bo‘ladi. Aynan
panjaning holati va harakati volanga uchishning kerakli trayektoriyasini beradi, uning bilak atrofida buralishi esa zarbaning
kuchli chiqishini ta’minlaydi. Demak, butun e’tiborni zarbani panjada yakunlashga qaratish kerak bo‘ladi.
Yuqori-olis zarbada
volan raketkaning simli yuzasiga kelib tegishi smeshdagidan ko‘ra ancha oldin boshlanadi,
bu yerda asosiy zarba harakati nisbatan oldinroqdagi bosqichda yakunlanadi va yuqoriga hamda to‘r tomonga oldinga
yo‘nalgan bo‘ladi. Shu bois, zarba berishning yakuniy bosqichida panjaning tirsakka nisbatan juda ham bukilishi sodir
bo‘lmaydi.
Yuqori hujumkor zarbada
ham xuddi shunday holatni kuzatish mumkin. Bunda volan deyarli qiyalab uchishi
kerak. Shu sababli, smesh bilan solishtirganda, zarbani yakunlashning nisbatan boshlang‘ich bosqichida volanga deyarli
uzunasiga zarba beriladi hamda bu holatda hampanjaning keskin bukilishi kuzatilmaydi. Zarbalarning har xil turlarida
raketkaning holati 36- rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |