ASOSIY FONDLARNING JORIY HARAJATLARI VA ISTIQBOLDAGI DAROMADLARINI ANIQLASH
MUNDARIJA:
KIRISH ………………………………………………………………………….3 I.BOB. ASOSIY FONDLARNING MOHIYATI VA ULARNING KORXONA FAOLIYATIDAGI O’RNI
1.1. Asosiy fondler haqida tushuncha…………………………………………..4
1.2.Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni…...6
II.BOB. ASOSIY FONDLAR VA ULARNI TASNIFLASH 2.1. Asosiy fondlarni baholash usullari………………………………………..11 2.2. Daromadni aniqlash usullari………………………………………………….....21
XULOSA………………………………………………………………………...32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………33
KIRISH
Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish lozim.
O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi - ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan o’zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog’liq (7.1 rasmga qarang).
70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo’llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko’rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko’rsatkichlari esa "turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |