D vitamini
Manbalari baliq va baliq mahsulotlari, sariyog‘, tuxum sarig‘i hisoblanadi. U baliq yog‘ida, ikrasida, tovuq tuxumlarida, kam miqdorda qaymoq va smetanada mavjuddir. Tunes, treska va boshqa baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi. Lekin, organizmlarda ularning provitaminlari — xolesterol, ergosterollar uchraydi, ular quyosh nuri ta’sirida tegishli vitaminlar shakliga aylanishadi.Quyosh nuri yog‘li moddalar bilan birgalikda bu vitaminning paydo bo‘lishi va teri orqali ichkariga so‘rilishiga yordam beradi.
E vitamini
Asosiy ozuqaviy manbalar bu — o‘simlik yog‘lari (asosan rafinadlanmagan), jigar, tuxum, yormalar va dukkaklik o‘simliklar. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar orasida tuxum E vitaminining bulog‘i hisoblanadi. Tokoferol o‘simliklar tarkibida ham bor, eng boyi bug‘doy, o‘simlik yog‘i, soya, ismaloq, barglari ko‘katlar va boshoqli o‘simliklardir. Agar ovqatlaringizda mana shu mahsulotlar bilan birgalikda jonzotlar yog‘laridan foydalansangiz, E vitamini organizmga yaxshi singgadi. Tokoferol organizmda qisqa vaqt saqlanadi, shuning uchun ushbu mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni har kuni iste’mol qilish maqsadga muvofiq.Kunlik talab — 29-30 mg.ni tashkil qiladi.
Vitamin K — ushbu vitamin ayniqsa karam hamda gulkaramlar, shpinat, qovoq, tomatda ko‘pdir. Undan tashqari u lavlagi, kartoshka, sabzi, yormalarda va dukkaklik o‘simliklarda ham mavjuddir. K vitamini ichak mikroflorasida ishlab chiqariladi. Bakteriyaga qarshi dori-darmonlar ishlatilishi (antibiotiklar) oqibatida foydali bakteriyalar kamayib ketsa, tarkibida K vitamini mavjud bo‘lgan ozuqalar tavsiya etiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ilk kunlarda ushbu vitaminning yetishmovchiligi kuzatiladi. Ushbu vitamindagi kunlik talab 0,1-0,3 mg. ni tashkil qiladi.K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar –yashil bargli sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari. Muzlatilgan mahsulotlarda K vitamini o‘lgan bo‘ladi. Bundan tashqari yogurt, beda, tuxum sarig‘i, soya, baliq moylari tarkibida ko‘p bo‘ladi. Unga bo‘lgan ehtiyoj, ko‘pincha, ichak florasi orqali ta’minlanadi.
F vitaminiga boy mahsulotlar.
Ko‘pgina kerakli yog‘li kislotalar quyidagi o‘simlik yog‘lar tarkibida bo‘ladi: zig‘ir, soya, kungaboqar, yong‘oq. Shuningdek, yong‘oq, yeryong‘oq, pista, bodom ham F vitaminiga boy. Ammo bularning hammasi ochiq idishlarda saqlanishi shart, issiqda F vitamini buzilib ketadi.Sutkalik organizm talabi kattalarga 1000 mg atrofida, bu 20-30 gr o‘simlik yog‘i deganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |