Kirish I asosiy qisim "Ziji Kuragoniy" haqida Qozizoda Rumiy


G‘iyosiddin Jamshid Koshiy



Download 88,5 Kb.
bet4/6
Sana25.11.2022
Hajmi88,5 Kb.
#872592
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1459743410 64184

3.G‘iyosiddin Jamshid Koshiy
Ulug‘bek saroyining ikkinchi buyuk allomasi G‘iyosiddin Jamshid Ibn Ma’sud Ibn Mahmud al-Koshiy bo‘lib, u Koshon (Eron) da tug‘ilgan. Bu ulka Temur tomonidan 1387 yilda zabt etilgan edi. G‘iyosiddin Jamshid Samarqandga Koshondan tashrif buyurgan. Koshonda yaxshi ta’lim olib, Iroqning ko‘p shaharlarini kezgan va Samarqandga kelgunga qadar riyoziyot va astranomiyadan yetarlicha ma’lumotga erishgani, uning bu sohalar bo‘yicha yozgan asarlaridan ma’lum bo‘ladi. 1408, 1409 va 1410 yillarda ro‘y bergan Oy tutilishlarini kuzatib, ularning tafsilotlarini olimning Shoxrux (Ulug‘bekning otasi) ga bag‘ishlab 1414 yilda bitgan «Ziji Xakoniy» «Ziji Elxoniy» asarida keltirilgan. Shundan sharqshunos akademik Bartold, Koshiy Xirotda Shoxruxning saroyida ham ishlagan bo‘lsa kerak, deb taxmin qiladi. Mazkur Oy tutilishining haqiqatdan ro‘y berganligi nemis astranomi T.Oppolserning «Tutilishlar kanoni» (1887 yili chop etilgan) kitobi tasdiqlaydi.
Koshiy astronomiyaga doir 10 ta, matematikaga doir 3 ta ilmiy ish yozgan:
- «Haqqoniy astronomiya jadvallari» (1413) asarini N. Tusiyning «Elxoniy jadvallari» kitobi asosida yozadi. Asar fors-tojik tilida yozilgan bo‘lib, Mashhad va Istambul kutubxonalarida saklangan.
- «Osmon narvoni», «Vatar va sinus haqida risola», «Usturlob yasash haqida risola», «Aylana uzunligining diametriga nisbati» (1424) kitoblarini arab va fors-tojik tillarida yozdi.
Bulardan tashkari Koshiyning ikkita yirik asari bor:
- «Miftohul hisob», ya’ni «Arifmetikaning kaliti» asari. Bu asar o‘rta asr elementar matematika ensiklopediyasi hisoblanadi. 1427 yilda yozilgan bu kitob bir necha asr davomida Sharq mamlakatlarida talabalar uchun matematikadan asosiy o‘qish kitobi bo‘lib xizmat qildi. Xozircha bu kitobning 7 ta qo‘l yozmasi Sankt Peterburg, Berlin, London va Parij kutubxonalarida saqlanmokda. Koshi birinchi bo‘lib o‘nli kaerlar nazariyasini asoslab bergan olimdir. Evropada o‘nli kaerlar nazariyasi 150 yil keyin Simon Stevin (1548-1620) tomonidan ishlab chiqilgan. Koshiy va N. Tusiylar Nyuton binomini Nyutondan oldinroq o‘zlarining ilmiy ishlarida bayon etganlar.
- 1424 yilda Samarqandda Koshiy «Aylana haqida risola» nomli ikkinchi ilmiy ishini yozdi. Bu ish Istambulning harbiy muzeyida saqlanmoqda. Nemis olimi bu ishni 1953 yilda nashr qildi. Bu kitob 10 bo‘lim va xulosadan iborat. «Vatar va sinus haqida» Koshiy tomonidan berilgan usullar Ulug‘bek ilmiy maktabining a’zolari Rumiy, Mirim Chalabiy va Birjandiylarning ilmiy ishlarida ham bor. Qozizoda Rumiy bir gradus sinusini hisoblash masalasi Koshi tomonidan birinchi marta berilganligini va juda aniq ekanligini ta’kidlaydi.
Qozizoda Rumiy rasadxonaning ikkinchi rahbari Jamshid Koshiyga juda yuqori baho berib shunday deydi: "Mening faxrli ukam, davrimizning nodiri ... al-Koshiy nomi bilan dongi ketgan G‘iyosiddin Jamshid ibn Ma’sud xandasa va aljabrning ba’zi teoremalariga tayangan holda sinus 1 darajaning qiymatini aniq hisoblash usulini ixtiro qildi". Bu masalani hal qilish uchun ilgari ko‘p olimlar kirishganlar, biroq udda qilolmaganlar. "Ziji Kuragoniy"ning so‘z boshisida Koshiyga shunday ta’rif berilgan: " G‘iyosiddin olimlar dunyosining faxri, u fan asoslarini takomillashtirdi, murakkab masalalarni hal qildi, bu janob olamni aks qilgan oynai jahon edi".
Koshiyning Samarqand rasadxonasida o‘tkazgan astronomik kuzatishlari, «Ziji Kuragoniy»dan joy olgan jadvallar, kuzatish natijalarida aks qilgandan tashqari, astronomiya va matematikadan e’lon qilgan 19 ta risolasining mazmunidan ham o‘rin olgan. Bu asarlarining ro‘yxati G.P.Matviyevskaya va B.A.Rozenfeldlarning «Matematiki i astronomi musulmanskogo srednevekovya» (M., «Nauka», 1983) kitobida keltirgan. Bu asarlar ichida «Arifmetikaga kalit», «Bir gradus sinusining aniqlash haqida risola», Shoxruxga bag‘ishlangan «Xaqon ziji», «Elxon ziji»ning takomillashganidir, «Koshiy ziji», «Astronomiya haqida risola», «Astranomiya fanining qisqacha bayoni» risolalari uning nomini jahonga tanitdi.
G‘iyosiddin Koshiyning vafot etgan yili aniq emas. Sharqshunos X.Zuter (1848-1922) uzining «Arabskiye matematiki i astronomi i ix turdi» maqolasida Koshiyning o‘limi xijriy yil hisobida 840 yillar atrofida (yani taxminan, 1434 yilda) ro‘y bergan deb taxmin qiladi.
Sharqshunos B.Rozenfed Koshiy 1429 yilda vafot qilgan deb yozadi. Astronom G.Jalolov esa nemis olimi sharqshunos Brokkelman fikriga qo‘shilib, Koshiy 1440 yillarning boshida olamda o‘tgan, deb ma’lum qiladi.
4. Ali Qushchi
Malumki, Koshiyning vafotidan so‘ng ko‘p o‘tmay Qozida Rumiy ham vafot qildi. Shundan so‘ng Ulug‘bek rasadxona boshlig‘i qilib Ali Qushchini tayinlaydi.
U haqida «Ziji Kuragoniy»ning so‘z boshida shunday so‘zlar yozilgan: «Yoshlikning gullagan va navqiron davrini o‘tayotgan Ali ibn Muhammad al- Qushchi fan va bilimning jang maydonida xuddi qilichdek o‘tkir, uning ilmiy ishlarga rahbarlik qila olishga ishonch shu qadar kuchliki, u haqda gapirib, Ali Qushchining shuhrati, yaqin vaqt ichida, o‘z mamlakatimiz va dunyoning boshqa qisimlari bo‘ylab keng taraladi, deb bemalol aytish mumkin».
Olimning to‘la ismi sharifi Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi bo‘lgan. Ali Qushchi taxminan 1402 yilda Samarqandda to‘g‘ilib, yoshligida Ulug‘bekning tarbiyasida bo‘lgan va unda astronomiyaga qiziqish uyg‘otishda ustozning roli katta bo‘lgan. Ali ibn Muhammadga «Qushchi» taxallusi berilishining boisi dastlab u saroyda ovchi (burgut ovlovchi) lavozimida ishlaganidan deb ma’lum qiladi tarixiy manbalar. Ulug‘bek uni o‘ziga yaqin olib «o‘g‘lim» deb atagan. Astronomiyaga katta qiziqish bildirib, rasadxona ishlay boshlagach, vaqt o‘tishi bilan u Ulug‘bekning ilmiy hamkoridan yaqin do‘stiga aylangan. Karmanada qo‘shimcha ta’lim olib qaytgach, o‘z ishiga sadoqat bilan kirishib, Ulug‘bekning ishonchli shogirdi va yordamchisi bo‘lib qolgan. Astronomik kuzatishlarga moxirligi va chuqur bilimi evaziga «o‘z davrining Bitlimusi (Ptolemeyi)» degan taxallus olgan.
- «Hisob risolasi» va «Astronomiya risolasi» degan ilmiy risolalarni yozdi (1474 y). Bu asar Hind arifmetikasi (o‘nlik sistemasi), astronomlar arifmetikasi (oltmishlik sistema) va geometriyadan tuzilgan bo‘lib, Osiyo mamlakatlarida o‘quv qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan;
- «Kaerlar haqida risola» kitobida kaerlar bilan matematik amallarni bajarish haqida yozadi;
- matematik amallarni bajarish va tekshirish qoidalarini ishlab chiqqan;
- Ali Qushchi «AL-Muhammadiya» kitobining kirish qismida «Har bir son musbat va manfiy bo‘ladi» deb boshlab, musbat va manfiy sonlar haqida yozadi;
- uchburchak va doira sirt yuzini topish formulalarini chiqaradi;
- «Astronomiyaga oid risola» kitobida oldin matematik (geometrik) tushunchalar haqida yozib kitobning keyingi qismida moddalar to‘rt unsur: o‘t, havo, suv va tuprokdan tuzilgan, deb ta’lim beradi;
- Yulduz va sayyoralar harakatlari, perigey (past) va apogey (yuqori) masofalari, Quyoshdan uzoqligi, o‘rni haqida jadval tuzadi. Quyosh va Oy tutilishlarini hisoblaydi;
- Ulug‘bek vafotidan keyin 15 ming jild kitobdan tuzilgan kutubxonani Ali Qushchi boshqargan. Rivoyatlarga qaraganda bu kitoblarning bir qismi Hazrat Bashar qishlogidagi (Samarqand viloyati) tepalikka yashirilgan.
Ayrim tarixchilar, jumladan, akademik V.Bartold ham Ulug‘bek vafotidan (1449 yil) so‘ng rasadxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi, xususan Ali Qushchi ham Samarqandni tashlab ketdi, deb yozadilar. Biroq astronom G.Jalolov Samarqand rasadxonasi xodimlarning faoliyatini ko‘p yillar tadqiq qilib, o‘zining "Samarqand rasadxonasi astronomlarining ayrim e’tiborga loyiq fikrlari" maqolasida Ali Qushchi Ulug‘bek vafotidan keyin uzoq yillar Temurning evarasi, Samarqand xokimi Abdusaid Mirzoning davrida ham rasadxona ilmiy ishlarini davom ettirganini va Abdusaid Mirzoga bag‘ishlab "Sharx at-Tajrid al-Kalom" asarini yozganini ma’lum qiladi.
Abduraxmon Jomiyning shogirdi Jomiy tarjimai xolining mualifi Abdalvosi an–Nizomiy ham "Makomati madlaviy Jomiy" asarida, Ali Qushchi Xirotda Jomiy bilan uchrashib suhbat qurgani va suhbatda Ali Qushchi astranomiya bo‘yicha bir necha asarlar va sharxlar yozish rejasi borligining shuningdek Rumga ko‘chish niyati borligini ma’lum qiladi. Jomiy Ali Qushchiga keksaygan paytida bunday uzoq safarga otlanishiga e’tiroz bildirgan. Biroq Qushchi o‘z fikridan qaytmagan. "Uzoq yo‘l yurib Ali Qushchi Rumgacha yetib bordi biroq shundan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay, Xirotga uning o‘limi haqida xabar yetib keldi",- deb yozdi Abdalvosi an-Nizomiy. Shunday qilib, tarixiy manbalar Ali Qushchining 1474 yilda Istambulda vafot qilganligi va Abo Ayyub Ansoriy mozoriga dafn etilganidan dalolat beradi. Ali Qushchi "Astranomiya ilmi haqida risola", "Geometrik masalalar va astronomiya", ""Ulug‘bek ziji"ga sharh", "Samo pog‘onalari", "Astronomiyadan bosh (katta ) xulosa" kabi astronomik va turk sultoni Muhammad II ga bag‘ishlangan "Arifmetikadan Muhammad risolasi", "Arifmetikaning qaymog‘i", "Geometriya haqida risola", "Arifmetik qoidalar va geometriya haqida kursatmalar risolasi" kabi matematik asarlarining va "Xitoynoma" deyluvchi tarixiy asarning muallifidir. Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin- Alixon kabi Ali Qushchining boshqa shogirdlari ham ustoz ishlarini davom ettirib, ilmiy maktab ishlariga sharhlar yozib, yangi kashfiyotlar qildilar va asarlar yozdilar;

Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish