Sog‘lomlashtirish kompleksi bo‘yicha
Sog‘lomlashtirish kompleksi bir mavsumda 80 ta ishchi-xizmatchilarini sog‘lomlashtirishga hamda madaniy dam olishga muljallangan. Kompleksda 25 xodim xizmat ko‘rsatadi.
Shaboda dam olish oromgoxi asosan yilning ikkinchi yarmida ya’ni iyun, iyul, avgust oylarida faoliyat olib boradi. Bolalar oromgoxida asosan 3,5km uzoqlikdagi uzi okar 3ta er osti suv qudugidan suv kuvurlar orkali tortib kelingan, shu bilan birga shu xududdan 2dona er soti suv kudugi kazib ishga tushirilgan yil daomida 405ming m3suv ESV 8- 65 150 markali nasoslardan foydalaniladi. Xududda xosil bo‘ladigan okava suvlar sig‘imi 25-80m3li 4ta xavzaga yig‘iladi sezon vaktida maxsus mashinalar yordamida olib chiqib belgilangan joylarga tashlanib kelinadi.
O‘tga chidamli bo‘lgan bo‘yumlar ishlab chiqarish sexi bo‘yicha:
Jamiyatda ishlab chiqilgan o‘tga chidamli bo‘lgan bo‘yumlar ishlab chiqarilgan mahsulotlar jamiyatning ehtiyojiga ya’ni sovutgichlarga, siklonlarga hamda pechlarning ichki qismiga qoplama sifatida ishlatiladi.
Asbestsement maxsulotlari ishlab chiqarish sexi bo‘yicha
2010 yilning dekabr oyida qurilib ishchi komissiyasi dalolatnomasi bilan foydalanishga qabul qilingan “Asbestsement (shifer) maxsulotlari ishlab chiqarish №1 liniyasi” uchun “Atrof muxitga ta’siri to‘g‘risida”gi bayonot loyixasi (PZVOS) ishlab chiqilgan va 2011 yilning 14-martida №18/207-z –sonli Davlat ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi olingan. Ushbu ekologik xulosada ko‘rsatilgan talablarga asosan atrof muxitga ta’sirini baholashning yakuniy bosqichi “Ekologik oqibatlar to‘g‘risida” gi (ZEP) loyihasi 2013 yil 16 apreldagi №18/25z sonli hamda 2015 yil 10 iyundagi №18/588z-sonli Davlat ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi olingan.
Qo‘rg‘oncha gips koni bo‘yicha:
Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Tutli” qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, konning “G‘arbiy” uchastkasidan gips qazib olishda atrof muhitga ta’siri bayonnomasi loyihasiga (ZVOS) “Boshdavekoekspertizasi” tomonidan 2011 yil 20 yanvarda 18/49z-sonli, “11-Markaziy” uchastkasidan gips qazib olishda atrof muhitga ta’siri bayonnomasi loyihasiga (ZVOS) Boshdavekoekspertizasitomonidan 2011 yil 06-yanvarda 18/173 raqamli ,”I-Markaziy” uchastkasi dan gips qazib olishdan atrof muhitga ta’siri bayonnomasi loyihasiga (ZVOS) Boshdavekoekspertizasi tomonidan 2011 yil 20-yanvarda 18/473 raqamli ijobiy xulosalari olingan.
“Qizilqumsement” aksionerlik jamiyati Qo‘rg‘oncha gips koni”G‘arbiy” uchastkasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 199-sonli qaroriga asosan to‘lov hisoblari 2012 yil uchun 4741431.44 so‘m, 2013 yil uchun 4741431.44 so‘m, 2014 yil uchun 4741431.44 so‘m to‘lovlari 2015 yil 27-mayda hisoblanib, Samarqand viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining mahalliy jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan.
(Samarqand viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining “Qo‘rg‘oncha gips koni” bo‘yicha tekshirish dalolatnomasi ilova qilinadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |