Tarkibi
|
Mavhum sistema
|
Muayyan sistema
|
[a↔o↔u↔o‘↔i↔e]
|
[ko‘rdim]
|
Element
|
a, o, u, o‘, i, e
|
k-o‘-r-d-i-m
|
Munosabat
|
o‘xshashlik va zidlanish
|
farqlanish va
bog‘lanish
|
Bu sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari:
Mavhum sistema
|
Muayyan sistema
|
[a, o, u, o‘, i, e]
|
[ko‘rdim]
|
Nomoddiy
|
Moddiy
|
Ongda
|
Ongdan tashqarida
|
Elementlari gomogen, ya’ni
bir xil (faqat unli)
|
Elementlari geterogen, ya’ni har
xil (unli va undosh)
|
Elementlari orasida o‘xshashlik va zidlik munosabati mavjud
|
Elementlari orasida bog‘lanish munosabati mavjud
|
Yana badiiy sistema sanaladigan [ruboiy] abstrakt sistemasini uning nusxasi bo‘lgan “G‘urbatda g‘arib...” muayyan sistemasi bilan ham qiyoslab ko‘rish foydadan xoli emas:
Bu sistemalarning tarkibi quyidagicha:
Tarkibi
|
Mavhum sistema
|
Muayyan sistema
|
[ruboiy]
|
“G‘urbatda g‘arib...”
|
Element
|
1)vazn (hazaj bahri)
|
1)hazaj bahri axram
|
|
2)qofiya (a-a-b-a yoki
|
shajarasi
|
|
a-a-a-a)
|
2)a-a-b-a
|
|
3)hajm: (to‘rtlik)
|
3)to‘rtlik
|
|
4)g‘oya: (falsafiy,
|
4)erk
|
|
axloqiy, ta’limiy)
|
|
Munosabat
|
Bog‘lanish
|
Bog‘lanish
|
Farqlar asosida sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari kelib chiqadi:
Mavhum sistema
|
Muayyan sistema
|
[ruboiy]
|
“G‘urbatda g‘arib...”
|
Nomoddiy
|
Moddiy
|
Ongda
|
Ongdan tashqarida
|
Elementlari geterogen (har xil)
|
Elementlari geterogen (har xil)
|
Elementlari orasida bog‘lanish
munosabati mavjud
|
Elementlari orasida bog‘lanish
munosabati mavjud
|
Ko‘rilganidek, ayrim mavhum sistemalarning borliqda nusxasi bo‘lsa (masalan, kitob leksemasining nusxasi kitob so‘zi, ruboiy sistemasining nusxasi muayyan bir ruboiy), boshqasi nusxasiz bo‘ladi (masalan, kelishik sistemasi, adabiy turlar sistemasi). Aniqrog‘i, nutqda kitob so‘zi mavjud, lekin oltita kelishik yaxlitligidagi nutq hodisasi, adabiy turlar sistemasining nusxasi bo‘lgan badiiy hodisa yo‘q. Nusxali mavhum sistemani prototipli
sistema, nusxasiz sistemani prototipsiz sistema sistemasi) deyish ham mumkin.
Tilda assosiativ munosabat. Sistemadosh (bir sistemaga mansub) lisoniy birliklar bir-birini eslatib turadi. Shu boisdan ular jamiyat a’zolari ongida bir tizimga birlashgan holda yashaydi. Masalan, [a] fonemasi [o] fonemasini, [u] fonemasi [o‘] fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Umuman olganda, bir unli boshqa unlini eslatadi. Bu ushbu unlilarning bir sistemaga kirishi tufayli sodir bo‘ladi. Bu fikr undosh fonеmalarga ham taalluqli. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini eslatmaydi. Chunki ular ikki sistema – unlilar va undoshlar sistemasiga kiradi. Unlilar bir-birini unlilar sistemasida, undoshlar esa undoshlar sistemasida eslata oladi. Hatto [u] fonemasining [a] fonemasini eslatishi o‘z sistemadoshi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari ichki, mikrosistema hosil qilib, birgalikda boshqa fonema juftliklarini eslatadi. Bir-birini eslatib turish assosiativ munosabat deyiladi.
Eslatish ikki tomonlama bo‘lishi ham mumkin. Masalan, [yuz] leksemasi, bir tomondan [bet], [chehra], [jamol], [oraz] kabi birliklarni, ikkinchi tomondan, [burun], [ko‘z], [quloq], [qosh], [lab] leksemalarini eslatadi va bunda u ikki sistemaning a’zosi ekanligini namoyon qiladi.
Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy, o‘xshash belgi- xususiyatga ega bo‘ladi. Ana shu o‘xshashlik va umumiylik ularni birlashtiruvchi, bir sistemada “ushlab turuvchi” belgilari sanaladi. Masalan, unlilar “sof ovozga egalik” umumiy belgisi ostida birlashadi. Ammo ular farqli belgiga ham ega bo‘lishi shart. Masalan, bu sistemada [a] “lablanmaganlik”, [o] “lablanganlik” farqlovchi belgisiga ega, “kenglik” belgisi esa ularni birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |