Yo‘l-yo‘lakay bajarish uchun
O‘zbek tilida ham o‘zida tilning barcha birliklarini mujassamlashtirgan eng kichik birliklarni aniqlang.
Shunday qilib, fonema, morfema, leksema va qolip lisoniy birlik bo‘lsa, tovush, qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi va gap esa nutqiy birlikdir. Ma’lum bir qolip asosida vujudga kelgan birliklar hosila termini bilan ham nomlanadi.
Lisoniy va nutqiy birliklarning o‘zaro munosabati va o‘ziga xos belgilariga doir fikrlarni jadvalda quyidagicha berish mumkin (6- jadval):
jadval
BORLIQ
|
TIL
|
LISON
|
ME’YOR
|
NUTQ
|
Fonema
|
Tovush
|
Morfema
|
Qo‘shimcha
|
7 Энциклопедия. Языкознания. – Москва, 2001. – С. 30
Leksema
|
|
So‘z
|
Qolip
|
Hosila (yasama so‘z, so‘z birikmasi, gap
|
Demak, lisoniy va nutqiy birlik o‘zaro quyidagi dialektik munosabatda bo‘lsa (7-jadval):
jadval
LISONIY BIRLIК
|
NUTQIY BIRLIК
|
Umumiylik
|
Alohidalik
|
Mohiyat
|
Hodisa
|
Imkoniyat
|
Voqelik
|
Sabab
|
Oqibat
|
bir vaqtning o‘zida, quyidagi qarama-qarshi belgilarga ham ega bo‘ladi (8-jadval):
jadval
LISONIY BIRLIК
|
NUTQIYBIRLIК
|
Moddiylikdan xoli
|
Moddiylikka ega
|
Cheklangan
|
Cheksiz
|
Ijtimoiy
|
Individual
|
Barqaror
|
O‘tkinchi
|
Savol va topshiriqlar
Lisoniy birliklarнинг qanday turlari bor?
Eng kichik lisoniy birlik va uning nutqiy voqelanishi nima?
Morfema va qo‘shimchaning farqi nimada?
Leksema va so‘zning farqi nimada?
Qolip va hosila tilshunoslikda qanday tushuniladi?
Hosila birliklar qaysilar?
Biror matnni olib, unda qo‘llangan birliklarni lison va nutq bo‘linishi nutqtayi nazaridan tahlil qiling.
Test
Quyidagilardan qaysisi lisoniy birlik belgisi emas: A) mod- diylikdan xolilik B) cheksiz C) barqaror D) ijtimoiy.
Quyidagilardan qaysisi nutqiy birlik belgisi emas: A) mod- diylikdan xoli B) cheksiz C) o‘tkinchi D) individual.
Lison va nutq qaysi bosqichda izchil farqlandi? A) formal B) funksional C) substansial D) lingvopragmatik.
Lisoniy birlik mohiyati tilshunoslikning qaysi bosqichida tik- lanadi? A) formal bosqichda B) funksional bosqichda C) substansial bosqichda D) lingvopragmatik bosqichda.
Kitob leksemasida nechta fonema mavjud? A) 5 B) 4 C) 3 D) fonema mavjud emas.
Maktab leksemasi qaysi kelishikda? A) bosh kelishikda B) qaratqich kelishigida C) tushum kelishigida D) kelishikda emas.
Glossariy
fonema – nutqiy ko‘rinishi leksema va morfemalarni shakllantiradigan va ma’no farqlaydigan, faqat eshitilishi asosida mavjud bo‘lgan, eng kichik lisoniy birlik
tovush – fonemaning nutqda ovozli xususiyat kasb etib, so‘z va qo‘shimchalar tarkibida kelgan varianti
morfema – so‘z yasaydigan, so‘zlarning grammatik shakllarini vujudga keltirib, sintaktik qurilmalarni hosil qilishda qatnashadigan, ma’nosi so‘zlarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan, mustaqil holda ma’no bermaydigan nutqiy birliklarning lisoniy asosi
qo‘shimcha – morfemaning nutqda reallashgan, so‘z yasash va grammatik vazifa bajaradigan ko‘rinishi
leksema – atash mohiyatiga ega, mustaqil ma’no anglata oladigan, tugal shakllangan lisoniy birlik
so‘z – leksemaning nutqda reallashgan, borliq hodisalarini ifodalash uchun qo‘llangan, grammatik shakllangan ko‘rinishi
qolip – gap, so‘z birikmasi va yasama so‘z hosil qilish andozasi sifatidagi lisoniy birlik
hosila – muayyan andoza asosida hosil bo‘lgan nutqiy birlik
Do'stlaringiz bilan baham: |