tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy davri. Bu davrda til sistemalarining kelib chiqishiga asosiy urg‘u berilib, til yaxlit olinib, uning birliklarini lisoniy va nutqiy turlarga ajratish masalasiga e’tibor qaratilmadi;
tilshunoslikning sistem-struktur davri. Bu davrda tillarning sistemaviy xususiyatlariga, til birliklarini lisoniy va
nutqiy turlarga ajratishga asosiy urg‘u berilib, lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishiga e’tibor qaratilmadi;
tilshunoslikning antroposentrik davri. Bu davrda til sistemalarining amal qilish xususiyatlariga, lisoniy imkoniyatlardan kishilarning nutqda amaliy foydalanish samaradorligiga e’tibor qaratila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |