So‘z oxirida undosh jarangsizlashdi. Daryo qirg‘oqqa ta’sir qildimi yoki qirg‘oq daryoga?
Ertakda Yalmog‘iz paydo bo‘lganda, supurgi yo‘qolib qoladi. Supurgi paydo bo‘lganda yalmog‘iz yo‘q bo‘ladi. Ular almashib turar edi. Bola Yalmog‘izni qanday yo‘qotdi? Buni pozitsiya va tovushlar munosabatiga qanday bog‘laysiz?
Unli fonema yaxlit sistemani tashkil etib, bu sistema ham o‘z navbatida sistemachalarga bo‘linadi. [i] va [u] fonemalari “yuqori tor” belgisi ostida birlashib, bunday belgiga ega bo‘lmagan fonemalardan ajraladi. Quyida har bir unli fonemaning sistemaviy xususiyatlarini jadvalda aks ettiramiz:
Fonema
|
Sistema hosil
qiluvchi belgisi
|
Sistemada hosil
bo‘luvchi belgisi
|
Sistemaga
betaraf belgisi
|
[a]
|
Sof ovozdan iborat
|
Quyi keng, lablanmagan
|
|
[o]
|
Quyi keng,
lablangan
|
[e]
|
O‘rta keng,
lablanmagan
|
[o‘]
|
O‘rta keng,
lablangan
|
[i]
|
Yuqori tor,
lablanmagan
|
[u]
|
Yuqori tor,
lablangan
|
Unli fonemalar paradigmasi katta va kichik paradigmalardan iborat. Lablangan va lablanmagan unlilar ichki paradigmalarni hosil qiladi. Lablangan unlilar ichki paradigmasini jadvalda sistemaviy xususiyatlari asosida quyidagicha berish mumkin.
Lablangan unlilar paradigmasi:
Fonema
|
Sistema hosil qiluvchi belgisi
|
Sistemada hosil bo‘luvchi
belgisi
|
Sistemaga betaraf belgisi
|
[o]
|
Lablangan
|
Quyi keng
|
Sof ovozdan iborat
|
[o‘]
|
O‘rta keng
|
[u]
|
Yuqori tor
|
Lablanmagan unlilar paradigmasi:
Fonema
|
Sistema hosil qiluvchi belgisi
|
Sistemada hosil bo‘luvchi
belgisi
|
Sistemaga betaraf belgisi
|
[a]
|
Lablanmagan
|
Quyi keng
|
Sof ovozdan iborat
|
[e]
|
O‘rta keng
|
[i]
|
Yuqori tor
|
Keng/torlik xususiyatiga ko‘ra unlilar uchta ichki paradigmani tashkil qiladi: yuqori tor unlilar paradigmasi, o‘rta keng unlilar paradigmasi, quyi keng unlilar paradigmasi.
Yuqori tor unlilar paradigmasi:
Fonema
|
Sistema hosil
qiluvchi belgisi
|
Sistemada hosil
bo‘luvchi belgisi
|
Sistemaga
betaraf belgisi
|
[i]
|
Tor
|
Lablanmagan
|
Yuqori
|
[u]
|
Lablangan
|
O‘rta keng unlilar paradigmasi:
Fonema
|
Sistema hosil
qiluvchi belgisi
|
Sistemada hosil
bo‘luvchi belgisi
|
Sistemaga
betaraf belgisi
|
[e]
|
Keng
|
lablanmagan
|
O‘rta
|
[o‘]
|
lablangan
|
Quyi keng unlilar paradigmasi:
Fonema
|
Sistema hosil
qiluvchi belgisi
|
Sistemada hosil
bo‘luvchi belgisi
|
Sistemaga
betaraf belgisi
|
[a]
|
Кенг
|
lablanmagan
|
Quyi
|
[o]
|
lablangan
|
Aytish mumkinki, [i] va [u] kichik paradigmasi a’zolari farqlovchi belgilari ([i] – lablanmaganlik va [u]– lablanganlik
belgilari) asosida o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi va ziddiyatda turadi. [e]~[o‘] sistemachasi “o‘rta keng” belgisiga ko‘ra [i]~[u] sistemachasidan ham, [e]~[o] sistemachasidan ham farqlanadi.
Ma’lum bo‘ladiki, katta paradigma uchun sistema hosil qiluvchi belgi ichki paradigma uchun sistemaga betaraf belgiga aylanib qoladi. Bu sistemaning ichki sistemalarga bo‘linishlaridagi qonuniyatlardan biridir.
Demak, unli fonemaning har biri uch belgidan iborat: [i]– yuqori, tor, lablanmagan
[u] – yuqori, tor, lablangan
[e] – o‘rta, keng, lablanmagan [o‘] – o‘rta, keng, lablangan
[a] – quyi, keng, lablanmagan
[o] – quyi, keng, lablangan.
Tilning ko‘tarilish darajasi birlashtiruvchi belgi bo‘lganda (masalan, [i], [u] unlilari “torlik” belgisi ostida birlashadi) lablanganlik-lablanmaganlik farqlovchi belgi sanaladi: [i] – lablanmagan, [u]– lablangan. “Lablanganlik” birlashtiruvchi belgi bo‘lganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. Masalan, [i], [e], [a] unlilari “lablanmaganlik” umumiy birlashtiruvchi belgisiga ega, biroq “yuqori” ([i]), “o‘rta” ([e]), “quyi” ([a])lik belgilari bu fonemalarning farqlovchi belgilari sanaladi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Fonetik hazil Tilning tilsimoti – Haqning qudrati, Undagi har unsur hikmatga ega.
Har bitta birlikka vazifa tayin, Istalgan vosita qiymatga ega. Bilsangiz, unlilar tizimchasida Oltovlon birlashgan bir vujud erur. Ortiq yo kam degan kalom yo‘q bunda, Haqiqat amri-la u mavjud erur.
Har bitta unlida ikki belgi bor, Juftlik tamoyili ularga tandir.
Baqamti yashaydi zotiy belgilar, Bir unli u juftga ayni vatandir.
Lablangan har birlik lablanmagandan Farq qilib turadi o‘z borlig‘ida.
Quyimi, o‘rtami yoki yuqori – Faqat qo‘sh belgi bor til yorlig‘ida. Ikki va uch belgi ko‘paytmasidan Unlilar miqdori tayin bo‘lgandir.
Belgilarning soni o‘zgarsa, balki,
Miqdor saqlanishi qiyin bo‘lgandir.
Mantiqiy mushohada uchun
Ertakda yalmog‘iz bilan supurgi bir paytda paydo bo‘lib qoldi deylik. Bu bir fonetik pozitsiyaga o‘xshaydimi yoki ikkitaga? Nutq tovushlari asosida dalillang.
Unisi so‘zidagi [n], [i], [s] tovushlari [u] olmoshiga tegishlimi yoki [–i] egalik shakliga? Asoslang.
Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida uch (tor, o‘rta, keng) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan, lablanmagan), ikki belgi («tilning ko‘tarilish darajasi» va “lablanganlik-lablanmaganlik”) asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |